So’nggi yangiliklar

20:20Суперлига. ОКМК – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Қизилқум" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  4 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  11 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  1 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  6 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  2 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  12 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  13 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

OCHL-2016. "Paxtakor"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi? Yangiliklar

OCHL-2016. "Paxtakor"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi?

"Paxtakor" klubi 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "Al Hilol" va "Traktorsozi" klublari bilan o'ynaydi.
Biz "Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari haqida malumot beramiz. Guruh taqvimi bilan tanshimaganlar uchun havola.

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

Saudiya Arabistoning "Al Hilol" klubi OCHL-2016da Qirol kubogi sohibi sifatida ishtirok etadi. Greciyalik Georgis Donis murabbiylik qilayotgan jamoa bu mavsumda milliy chempionatda 9ta turidan so'ng 24 ochko to'plagan holda 1-o'rinni egallab turibdi.

"Hilol" 13 karra Saudiya Arabistoni chempioni, 7 karra Qirol kubogi sohibi, 12 karra SHaxzoda kubogi sohibi, 1 karra Superkubok sohibi, 7 karra Federaciya kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoa 2014 yilgi Osiyo chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan.

Ushbu klub safida braziliyalik uch nafar futbolchi o'ynaydi. Bular Karlos Eduardo, Ailton Almeyda, Digao. SHuningdek Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Kvak Tae Xvi ham faoliyat olib boradi.



"Traktorsozi" (Eron)

Ushbu klub Eron kubogi sohibi sifatida 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasid ishtirok etadi. Jamoa o'tgan mavsum Eron chempionatida 2-o'rinni egallagandi.

Amir Galeoni boshchiligidagi "Traktorsozi" bu mavsum "Traktorsozi" 13ta o'yindan 18 ochko to'plab 9-o'rinda bormoqda.

Jamoa 3 marta Eron vice chempioni bo'lgan. Bir bor Hafzi kubogini qo'lga kiritgan.

Klub safida braziliyalik Karlos Kardoso va Augusto, tunislik  Hamza Yunus, filippinlik Iain Ramsay kabi legionerlar o'ynashadi.



"Al Jazira" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)

"Al Jazira" BAA pro ligasida ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offda ishtirok etadi. Braziliyalik Abel Braga bosh murabbiy sifatida ishlayotgan klub ayni paytda 10ta o'yindan 11 ochko to'plab 11-o'rinda bormoqda.

Klub 2011 yil BAA chempioni, 2007 yil Federaciya kubogi, 2010 yil BAA kubogi, ikki karra BAA prezidenti sohibi bo'ldi.

"Jazira" safida janubiy koreyalik Park Jung Vu, braziliyalik Tiago Neves, perulik Jefferson Farfan va chernogoriyalik Mirko Vuchinich kabi legionerlar faoliyat olib borishadi.  

"Al Sadd" Qatar Amir kubogi sohibi sifatida pley-offda ishtirok etadi. Jamoa o'tgan yil Qatar Yulduzlar ligasida ikkinchi o'rinni band etgandi. Portugaliyalik Jezualdo Ferreyra boshchiligidagi jamoa bu mavsum 11ta o'yindan 21 ochko jamg'arib chempionatda 5-o'rinda bormoqda.

"Al Sadd" 13 marta Qatar chempioni bo'lgan, 15 marta Qatar Amiri kubogi, 5 marta Qatar SHaxzodasi kubogi, 13 marta SHayx Jassim kubogi, 1 marta Qatar Yulduzlar kubogini qo'lga kiritgan. 2011 yil Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. 2011 yil klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bronza medali sohibi.

Ushbu klubda ispaniyalik mashhur Xavi o'ynashi haqida xabar berdik. Undan tashqari koreyalik Li Jung Su, yamanlik Ahmad Al Hardi, jazoirlik Nodir Belxaj, braziliyalik Muriki va liviyalik Aladin Yunus kabi legionerlar faoliyat olib borishmoqda.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика