So’nggi yangiliklar

14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  0 14:36Хато "Челси" билан шахсий шартларни келишиб олди  1 14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  8 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  1 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  1 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  1 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  15 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3

OCHL-2014 pley-offi. "Nasaf"ning raqibi "Al Jayish" haqida Yangiliklar

OCHL-2014 pley-offi. "Nasaf"ning raqibi "Al Jayish" haqida

Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-offi doirasida 8 fevral kuni Qatarning "Al Jayish" klubiga qarshi o'ynaydi.
Ushbu klub haqidagi asosiy malumotlarni sizlarga taqdim etishga qaror qildik.

"Al Jayish" klubi 2007 yilda tashkil etilgan. Klub Doxadagi 12000 tomoshabinga mo'ljallangan "Qatar SK" stadionida o'z o'yinlarini o'tkazadi. "Al Jayish"ni ruminiyalik murabbiy Rezvan Luchesku boshqarmoqda.

Jamoa Qatar yulduzlar ligasida uchinchi mavsumni o'tkazmoqda. Debyut mavsumda kumush medallariga ega bo'lgan, o'tgan mavsumda esa uchinchi o'rinni egalladi. O'tgan mavsum shuningdek Qatar yulduzlar kubogi qo'lga kiritildi.

"Al Jayish" o'tgan mavsum OCHLda birinchi bor ishtirok etdi. "Al SHabab" (Saudiya Arabistoni), "Traktor Sozi" (Eron) va "Al Jazira" (BAA) klublari bilan bir guruhdan o'rin olgan klub 11 ochko to'plab "Al SHabab"dan keyingi o'rinni egallab 1/8 finalga yo'llanma olgandi.  Bu bosqichda "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:1 hisobida "Al Jayish" ustidan zafar quchgandi.

"Ajadarlar" raqibi bu mavsumda 10ta turdan so'ng 24 ochko bilan Qatar yulduzlar ligasida peshqadam bo'lib turibdi. Jamoa 7ta o'yinda g'alaba qozongan va 3ta o'yinda durang o'ynagan. Tushunarliki mag'lubiyat yo'q. Qatar yulduzlar ligasining bu yilgi musobaqa jadvali bilan saytimizdagi maxsus bo'limda tanishib olish mumkin.

Jamoa safidagi legionerlar bilan tanishing: Ivanildo (Braziliya), Anderson Martins (Braziliya), Vagner Ribeyro (Braziliya), Seul Ki Go (Janubiy Koreya), Kalu Uche (Nigeriya), Kembo Ekoko (Franciya), Diogo Sodre (Braziliya), Ahmad Xadid (Ummon), Muhammad Matnani (Tunis), Rami Fayoz (Iordaniya).

"Al Jayish" Qatar yulduzlar ligasidagi so'nggi o'yinni 29 noyabr kuni o'z uyida "Al Garafa"ga qarshi o'tkazib 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. "Jayish" safida Vagner Ribeyro dublga erishgandi. Klub keyingi o'yinni 6 dekabr kuni "Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.

Qatar yulduzlar ligasi 2013/2014 musobaqa jadvali.

 
Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика