OCHL-2014. Ertaga "Lokomotiv"ning raqibi aniqlanadi
01 fev 2014 15:31
Yangiliklar

OCHL-2014. Ertaga "Lokomotiv"ning raqibi aniqlanadi
Ertaga, 2 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi pley-offi birinchi bosqichi doirasida to'rtta o'yin bo'lib o'tadi.
Ular orasida o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun muhim o'yin bor. "Al Quvayt" va "Al SHorta" o'rtasidagi uchrashuv g'olibi 8 fevral kuni Toshkentda "Lokomotiv" bilan to'qnash keladi. Quvayt va Iroq klublari o'rtasidagi bahsni BAA mamlakatidan kelgan hakamlar boshqarib borishadi. Ularga Muhammad Abdulla Hassan Muhammad boshchilik qiladi. O'yin 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.
29 fevral kuni SHarqiy mintaqada pley-off birinchi bosqichi doirasida ilk uchrashuv bo'lib o'tgandi. Hindistonda bo'lib o'tgan bahsda "Puna" Vetnamning "TT Xanoy" klubiga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. Endi "TT Xanoy" ikkinchi bosqichda Tailandning "Muantong Yunayted" klubi bilan kuch sinashadi.
2 fevral kungi barcha o'yinlar bilan tanishib oling:
16:30 - "Tampines Rovers" (Singapur) - "Saut CHayna" (Gonkong)
20:00 - "Al Suvayq" (Ummon) - "Al Qodisiya" (Quvayt)
20:00 - "SHabab Al Ordun" (Quvayt) - "Al Xidd" (Bahrayn)
21:30 - "Al Quvayt" (Quvayt) - "Al SHorta" (Iroq)

Fikrlar