So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

OCHL. 2-tur. "Lokomotiv" turnirdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi Yangiliklar

OCHL. 2-tur. "Lokomotiv" turnirdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi

OCHL "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" jamoalari o'rtasidagi bellashuv sharhini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

OCHL. 2-tur. "S" guruhi.

LOKOMOTIV (O'zbekiston) - FULAD (Eron) 1:1

Hakamlar: Ryuji Sato (Yaponiya), Toru Sagara (Yaponiya), Akane Yagi (Yaponiya), Timur Fayzullin (Qirg'iziston)

Nazoratchi: Hassune Avni (Iordaniya)

Komissar: Park Seong Kyun (J.Koreya)

Gol: Zoteev (6), Jamaati (32)

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 7.Ruslan Koryan (77.Jasur Hasanov, 69), 8.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (97.Alisher SHog'ulomov, 58), 13.Lutfulla To'raev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze (9. Dilshod Rahmatullaev, 85), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev. 

Zaxira: 30.Sardor Qobuljonov, 3.SHavkat Mullajonov, 9.Dilshod Rahmatullaev, 10.Marat Bikmaev, 16.Jasur Hasanov (kichik), 77.Jasur Hasanov (katta), 97.Alisher SHog'ulomov. 

"Fulad": 1.Alirizo Salimi, 2.Ahmad Al Nameh, 3.Leonard Mesarich, 8.Sasan Ansari, 10.Ismoil SHarifat, 15.Matias CHago, 17.Aloys Nong (29. Ali Sina Rabani, 74), 21.Omid Holidi (99. Muhammad Gazi, 46), 24.Mehrdod Jamaati, 40.Yusuf Vakia (19. Bahman Kamel, 83), 77.Muhsin Mosalman.

Zaxira: 21.Milad Humoyuni, 19.Bahman Komil, 25.Muhammad Ahleshakeh, 27.Rizo Ahmadi, 29.Ali Sina Rabani, 32.Xodi Xabibinzoda, 99.Muhammad Gazi.

Ogohlantirishlar: Lutfulla To'raev (16), Salim Mutafoev (76), Vakia (79)



                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH




- "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!



90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.



90`
Sardor Mirzaevning jarima to'pidan amalga oshirgan zarbasini Salimi ushlab oldi.



89`
"Lokomotiv" jamoasi jarima zarbasi tepadi.



89`
Rasman: Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Oleg Zoteev topildi.



88` Vaqt tobora oz qolmoqda. Qani olg'a "Lokomotiv"!!!



87`
"Fulad" pozicion hujumda o'ynamoqda.



86`
"Lokomotiv" burchak to'pini amalga oshirdi. "Fulad" darvozaboni ushbu vaziyatda to'pga chiqishda xato o'ynadi. Lekin futbolchilarimiz ham ushbu vaziyatda to'pga zarba bera olishmadi.



85` O'zgarish. "Lokomotiv".
Timur Kapadze o'rniga Dilshod Rahmatullaev tushirildi.



84`
"Lokomotiv"ning ketma-ket hujumlari! Oleg Zoteev to'pni SHog'ulomovga oshirishda biroz kech qoldi. Keyinchalik Jasur Hasanovning bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.



83`
O'zgarish. "Fulad". Vakia o'z o'rnini Bahman Kamelga bo'shatib berdi.



82`
"Fulad"ning hujumi. Sasan Ansari jarima maydonchasi ichiga kirdi va darvozaga zarba berdi. Mamur Ikromov o'z o'rnida.



81`
Sardor Mirzaev jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Lutfulla To'raev boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi. Bu vaziyatda Salimi yaxshi o'ynadi.



80`
Jasur Hasanov faol! Bu safar uni qo'pollik ishlatib to'xtatib qolishdi. Yusuf Vakia ogohlantiridi.



79`
Jasur Hasanov o'z qanotidan faollik bilan hujum tashkil etdi va to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Biroq to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.



78`
"Lokomotiv" jamoasi raqib himoyasini yorib o'ta olmayapti.



77`
Vaqt o'tib bormoqda. "Loko"ga gol kerak.



76`
Salim Mustafoev raqib hujumini fol ishlatib to'xtatib qoldi. Ogohlantirish.



75`
"Lokomotiv" katta kuch bilan oldinga bormoqda.


74` O'zgarish. "Fulad".
Aloys Nong o'rniga Ali Sina Rabani tushdi.



73`
"Fulad"ning xavfli hujumi. Mamur Ikromov yaxshi harakat qildi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.



72`
Islom To'xtaxo'jaevning jarima zarbasidan tepgan to'pi to'g'ri Salimining qo'liga borib tushdi.



71`
Sanjar SHoahmedovga qarshi qoida buzildi. Jarima zarbasi. Xavfli nuqta. Ajoyib imkoniyat.



70`
Endi "Lokomotiv" jamoasining hujumlari asosan chap qanotdan uyushtirilsa ajab emas.



69` O'zgarish. "Lokomotiv".
Ruslan Koryan o'rniga Jasur Hasanov maydonga tushdi.



67`
Katta Jasur Hasanov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.



66`
Lutfulla To'raev maydon markazidan turib Ruslan Koryanga chiroyli to'p uzatishni amalga oshirdi. Koryan birozgina to'pga etib kelolmadi.



65`
Bugungi uchrashuvni stadiondan turib 7456 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.



64`
Ruslan Koryan!!! Koryanni Mirzaev to'p bilan taminladi. Ruslan esa jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni jamoadoshiga uzatmoqchi bo'ldi. Biroq Salimi ushbu vaziyatda ham faollik ko'rsatdi va to'pni qaytarib yubordi.



63`
"Lokomotiv"ning hujumlari soni ko'p. Biroq ushbu tashkil etilayotgan hujumlarni yakunlaydigan futbolchi hozircha topilmayapti.



61`
Ruslan Koryan bu safar zarba yo'lladi. Alirizo Salimi bu vaziyatda ham ishonchli o'ynadi.


60`
"Lokomotiv"ning hujumi "Fulad" himoyasini biroz tinchini buzdi.



59`
Sanjar SHoahmedov jarima maydonchasi oldidan to'pni darvozaga yo'lladi. Salimi o'z o'rnida.



58` O'zgarish. "Lokomotiv".
Temurxo'ja Abduholiqov o'rniga Alisher SHog'ulomov tushirildi.


57`
Oleg Zoteev! Oleg, maydonda faqat o'zing harakat qilayotganing yo'q. To'pni jamoadoshlaringa ham oshir.



56`
"Lokomotiv" futbolchilari oddiy vaziyatlarda to'pni bir-birlariga oshirishda xatoga yo'l qo'yishmoqda.



55`
Ruslan Koryan offsaydda qolib ketdi.



54`
Oleg Zoteev raqiblaridan o'tib ketdi va jarima maydonchasi oldida to'pni o'zida ko'p ushlab qoldi. Natijada esa raqib futbolchilari to'pni undan olib qo'yishdi.



53`
"Fulad"ning navbatdagi hujumini Mamur Ikromov bartaraf etdi.



52`
"Fulad" to'pni ishonch bilan nazorat qilmoqda.



51`
"Lokomotiv"ning hujumi paytida qanot hakami o'yindan tashqari qayd etilganini bildirdi.



49`
"Lokomotiv" o'ng qanot bo'ylab hujum tashkil etmoqda. Abduholiqovning jarima maydonchasi uzatgan to'pini Salimi ushlab oldi.



47`
"Fulad" bosh murabbiyi himoyachi o'rniga hujumchini maydonga tushirdi.


46` O'zgarish. "Fulad".
Omid Holidi o'rniga Muhammad Gazi tushdi.



- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!



45`
Temurxo'ja Abduholiqovning uzoqdan bergan zarbasini Salimi ushlab oldi.



45`
Birini bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.



45`
Mamur Ikromov darvozasi tomon zarba yo'llandi. Mamur Ikromov o'z o'rnida.



44`
Bu vaqtga kelib esa stadion muxlislar bilan deyarli to'lib qoldi.



43`
Birinchi bo'lim so'nggida mehmonlar ancha jonlanib qolishdi.



42`
"Fulad" jarima zarbasi ishlab oldi va uni amalga oshirdi. Biroq "Loko" futbolchilari himoyada ishonchli o'ynashdi. 



41`
Jarima maydonchasi ichida oshirib berilgan to'pni raqib himoyachilari bartaraf etishdi.



40`
"Lokomotiv" burchak to'pi ishlab oldi.



39` RUSSSSSLAN KORYAN!
Ajoyib va chiroyli zarba! Biroq Salimi ham yaxshi harakat qildi va darvozaning "to'qqizligiga" borayotgan to'pni ushlab oldi.



38`
"Fulad" tezlik bilan qarshi hujumda harakat qildi. Nong bu vaziyatni to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va natijada Mamur Ikromov to'pga birinchi bo'lib chiqib keldi va ushlab oldi.



37`
"Lokomotiv" "Fulad" jarima maydonchasi oldida katta bosim uyushtirmoqda.



36`
Islom To'xtaxo'jaevning oshirib bergan to'pini Koryan darvozaga tepgandi. Biroq zarba mo'ljalga aniq bormadi.



35`
Jarima zarbasini jabrlanuvchining o'zi tepdi. Koryan yo'llagan zarba "jonli-devor"ga tegib qaytdi.



34`
Ruslan Koryan xavfli nuqtadan jarima to'pi ishlab oldi. "Loko" uchun qulay imkoniyat!


32` GOOL! Mehrdad Jamaati. Burchak to'pidan so'ng Mehrdad Jamaati jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qilib oldi va Mamur Ikromov qo'riqlayotgan darvozaga zarba yo'lladi. To'p esa yo'l-yo'lakay futbolchimizga tegib darvozadan o'rin oldi, 1:1!



32`
"Fulad" burchak to'pi tepadi.



31`
Ismoil SHarifatning boshi qonab ketibdi.



30`
Ismoil SHarifat raqibi bilan qattiq to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.



28`
Salim Mustafoev juda yaxshi harakat qildi va SHarifatdan to'pni olib qo'yib, raqib hujumini to'xtatib qoldi.



26`
"Fulad" jamoasining markaziy yarim himoya chizig'ida to'p surayotgan Matias CHago yaxshi o'ynamoqda.



25`
Oleg Zoteevga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishdi.



24`
Mamur Ikromov to'pga chiqishda yaxshi harakat qildi va xavfni oldini oldi.



23`
Nong jamoasi foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.



22`
Islom To'xtaxo'jaev Nongni o'z vaqtida zararsizlantira oldi va xavfni bartaraf etdi.



21`
"Lokomotiv"ning uzoq o'ylangan hujumini Salimi "o'qiy" oldi va to'pga o'z vaqtida chiqib, vaziyatni yumshatdi.



19`
Oleg Zoteev raqib futbolchilari boshini qotirishda davom etmoqda. Aynan ushbu futbolchi "temiryo'lchilar"ning o'yiniga o'zgacha joziba va shiddat bag'ishlamoqda.



17`
"Fulad"ning tashkil etgan hujumi besamar yakunlandi.



16`
Lutfulla To'raev o'z uslubida. Hakam unga qarab, uch marotaba qoidani buzding dedi va sariq kartochkani ko'rsatdi.



15` MA'MUR IKROMOV!!!!! "Fulad"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli chiqdi. Nongning boshi bilan yo'llagan aniq zarbasini Mamur Ikromov mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi. Ikkinchi urinishda esa havodagi to'pni ushlab oldi.  Yashavor, Mamur!


14`
Lutfulla To'raev maydon markazida SHarifatga qarshi qo'pol o'ynadi.



13`
Temurxo'ja Abduholiqov ishlab bergan burchak to'pidan "temiryo'lchilar" unumli foydalana olishmadi. Aniqrog'i, raqib futbolchilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashdi.


12`
Oleg Zoteev hozircha maydonda faol harakat qilayotgan futbolchilardan biri.


11`
Sasan Ansari Mamur Ikromov qo'riqlayotgan darvozaga uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


10`
"Fulad" futbolchilari vakillarimizga qarshi pressing uyushtirishmoqda.


9`
"Fulad" vaziyatni o'nglashga harakat qilmoqda.


8`
O'yin tempi ancha yuqoriladi.


7`
"Fulad" darxol hujumga o'tdi. Lekin "Loko" himoyachilar ishonchli harakat qilishdi. Hammasi joyida.


6` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZOTEEV!!!
"Fulad" darvozaboni avvaliga to'pga chiqishda xato o'ynadi va o'z jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Biroq Oleg Zoteevning bo'sh qolgan darvozaga yo'llagan zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi. Lutfulla To'raev o'ziga kelib tushgan to'pni jarima maydonchasi oldida turgan Oleg Zoteevga uzatdi. Zoteev esa o'zining aniq zarbasi bilan Salimini dog'da qoldirdi, 1:0! Yashavor!



6`
"Temiryo'lchilar" raqib hujumini bartaraf etishdi va o'zlari oldinga o'tishmoqda. Sanjar SHoahmedovning harakatlarida biroz aniqlik etishmadi.



5`
Oleg Zoteev "Loko"ning hujumini rivojlantirish mumkin edi. Biroq uning Sardor Mirzaev tomon uzatgan pasi noaniq ketdi.



4`
Salim Mustafoev maydon chetida tibbiy yordam oldi va endi maydonga qaytdi.



3`
O'yin biroz tinchlandi. Jamoalar bir-birlarini o'rganib olish jarayonini boshlashdi. Yakka kurashlar davom etmoqda va tabiiyki kichik follar qayd etilmoqda.


2`
"Loko" futbolchilari o'yinni hujumkor ruhda boshlashdi.





1` UCHRASHUV BOSHLANDI! "OLG'A" "LOKOMOTIV"!


- Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Stadionga taxminan 4-5 mingga yaqin futbol ishqibozlari tashrif buyurishgan.


- Ushbu uchrashuvni "Sport" kanali orqali Zafar Imomxo'jaev sharhlab boradi. "Lokomotiv" stadionida esa Davron Fayziev suhandonlik qilmoqda. 



"Lokomotiv" - "Fulad" o'yiniga chiqarilgan uchrashuv dasturi...



Jamoalar chigalyozdi mashqlarni bajarish bilan bandlar...


- Vadim Abramov bugun Abror Karimovni uchrashuv qaydnomasiga ham kiritmagan. Bugun "Metallurg" jamoasining sobiq posboni Mamur Ikromov o'zining "Lokomotiv" tarkibidagi hamda OCHLdagi debyut o'yinini o'tkazadi.


- Stadionga muxlislar tashrifi boshlandi. Hali bo'sh o'rindiqlar ko'p. Agarda siz ushbu bo'sh o'rindiqlarni to'ldirishni istasangiz, unda bemalol TTZ tarafga yo'l oling va "Lokomotiv" jamoasi stadiondan turib qo'llab-quvvatlang! Ishdamisiz? Unda "Sport" kanaliga oshno tutuning. Ishxonada TV yo'qmi? Unda siz adashmadingiz! Ha, aynan ushbu sayt orqali uchrashuv tafsilotlarini kuzatib boring :-)


- Har ikkala jamoa futbolchilari o'yin oldi chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga chiqib kelishdi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! TTZdagi "Lokomotiv" stadionidan o'z reportajimizni boshlashmiz! Bugun klublarimiz OCHLdagi o'zlarining navbatdagi o'yinlarini o'tkazishadi. Vadim Abramov boshchiligidagi "Lokomotiv" jamoasi Eronning "Fulad" klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика