OCHL 1-turiga nazar. Dastlabki 4 ochko va guruh haqida
26 fev 2015 16:35
Yangiliklar


OCHL 1-turiga nazar. Dastlabki 4 ochko va guruh haqida
"Paxtakor" - "Naft" (Eron) 2:1
Avvalo guruh favoriti sifatida "Al Ayn"ni aytsak. Garchand, Abu Dabi jamoasi o'z maydonida "Al SHabab"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan bo'lsada, ularni guruh favoriti sifatida takidlab o'tishdan charchamasam kerak. Amirliklarni OCHLda yaxshi ishtirok etmasliklari sababi ularning kuchidan emas, shunchaki OCHLga BAA Pro Ligasidan past nazar bilan qarashlari sabab. "Al Ayn"ni BAA chempionatidagi asosiy raqibi "Al Jazira" OCHLdan chiqib ketganligi uchun, endi "Al Ayn"ni ishini biroz og'irlashtiradi. "Al Ayn" OCHLdan ko'ra ko'proq BAA chempionatini yutishga harakat qiladi. SHuning uchun asosiy etiborni "Al Jazira"ga qaratishi aniq. SHuning uchun ham jamoa tarkib jihatidan favorit bo'lsada, musobaqada qanday ishtirok etishi qolgan uchta klub uchun qorong'u. Agar ular guruhdan chiqishni rosmana istasalar, ishoning bu ularning qo'llaridan keladi.
"Naft"ga kelsak, "Paxtakor"ni o'yindagi ustunligi, eronliklarni kuchsizligidan dalolat bermaydi. Eron jamoasi jismonan baqquvat. "Paxtakor"ning yutug'i, "Naft" chiqsa, chiqmasa Eronga borib jamoani kuzatgani bo'ldi. O'yindan avval raqib murabbiyiga savol bergan edim:
- Jamoaning jismoniy holati yuqori, ikkita markaziy himoyasi va tayanch yarim himoyachisiga tayanib o'ynaydi. Jismoniy kuchga tayanadigan jamoa, texnik salohiyatga ega klubga qarshi o'yinda imkoniyatni boy bermaydimi?
Aynan shu savolga javob berar ekan, murabbiy ertangi o'yin barchasiga oydinlik kiritishini aytib o'tdi. "Paxtakor" esa, aynan mana shunday texnik qobiliyatga ega futbolchilar bilan g'alaba qozondi. Jamoaning asosiy kuchi, tarkib 3 yildan beri o'zgarmay kelayotganida bo'ldi. Karimov qizil kartochka olgach Samvel Babayan o'yinni yaxshi o'tkazayotgan ikkinchi qanot yarim himoyachisi Stanislav Andreevni almashtirishga qaror qildi. Bu bilan Stas yomon o'ynayotgan deb o'ylaganlar adashishadi, shunchaki SHerzodni o'rniga qanotni kuchaytira oladigan o'yinchi zaxirada yo'q edi. Natijada ikkinchi qanotni ham olib, o'rtaga kuch tashlandi. Maxaradze, Kozak, Iskanderov. Ko'p o'tmay, o'rtada yana o'zgarish bo'ldi va Masharipov tushdi. Bu orada hisob 1:1 ko'rinish olib bo'lgan edi. Aynan mana shu taktik o'zgarishlar va jamoani g'alabaga bo'lgan tashnaligi hisobni vakillarimiz foydasiga o'zgarishiga sabab bo'ldi.
Lekin Eronda bo'lib o'tadigan o'yin, "Paxtakor" uchun guruhdagi eng qiyini bo'ladi. Agar "Al Ayn" OCHLni emas, chempionatini tanlasa.
Keyingi o'yinlar. 3 mart.
"Naft" (Texron) - "Al Ayn" (BAA)
"Al SHabab" (Saudiya Arabistoni) - "PAXTAKOR" (O'ZBEKISTON)
"Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Bunyodkor" 1:1
Saudiya Arabistonining bu klubi, amaldagi chempion hisoblanadi. Ar Riyodning bu jamoasi ayni paytda ham chempionatida birinchi o'rinda qayd etib turibdi. Futbolda brend degan narsa bor. "Manchestr Yunayted"ni bugungi holidan qatiy nazar u ECHLda ishtirok etsa, u turnir favoriti bo'lib qolaveradi. "Bunyodkor"da bugun avlodlar almashinuvi davom etayotgan bo'lishi, avvalgidek yulduzlari bo'lmasligi mumkin. Ammo nom bor, bu "Bunyodkor". Aynan shu narsa Saudiya Arabistonida bo'lgan o'yinda jamoaga foyda berdi. "Al Nasr" raqibi "Bunyodkor" ekanligi uchun ham hujumga o'tib ketmadi. Statistikaga qarasangiz, "Nasr"ni so'nggi 5ta o'yinda 14ta gol urganini ko'rasiz. Bor yo'g'i 3ta gol o'tkazib yuborgan.
"Bunyodkor" juda aqilli o'yin ko'rsatdi. Bu borada Lushanni etirof etmay ilojimiz yo'q. U Rashidov va Satodan ancha unumli foydalana olishi bilan ajralib turibdi. Javlon Ibrohimovni ko'pchilik zo'r o'yinchi sifatida bilmaydi. CHunki biz futbolda gol urmaydigan futbolchini nazarda chetda qoldiramiz. Bugungi "Bunyodkor"dan Ibrohimovni olib qo'ying, orqadagi parokandalikni ko'rasiz. Mavsumga ajoyib tayyorlanibdi. Bejizga u yangi mavsumda jamoasini sardor sifatida olib tushmayapti. Avvalgi o'yinga solishtirganda Zuagi ko'rinmadi. Eng muhimi Akbar To'raev ajoyib o'yin ko'rsatdi. "Bunyodkor"ni hujumlarida tajriba etishmagan bo'lsa, "Al Nasr"ning hujumlarini bartaraf etishda Akbarning harakatlari etirofga loyiq. Bugungi "Bunyodkor", 3 yil avvalgi "Paxtakor"ni eslatyapti. Yoshlarga imkon berilyapti, ular ishonchni oqlashyapti. Tez orada Akrom Komilovni MTJda ko'rsak ham ajablanmaymiz.
"Bunyodkor"dan farqli ravishda "Paxtakor" OCHLda kuzgi bosqichga borishni niyat qilgan. "Bunyodkor" esa imkon qadar yaxshi qatnashishni reja qilyapti. Tarkib jihatidan, buni to'g'ri tushunamiz va ikki jamoamizga keyingi turda omad tilaymiz.
Keyingi o'yinlar. 3 mart.
"BUNYODKOR" (O'zbekiston) - "Persipolis" (Eron)
"Lahviya" (Qatar) - "Al Nasr" (Saudiya Arabistoni)
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar