“Obod” yig'inida bir qator yangi futbolchilar
13 jan 2016 12:58
Yangiliklar
“Obod” yig'inida bir qator yangi futbolchilar
Oliy liga debyutanti “Obod” mashg'uotlariga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shildi.
Bular Mirzakamol Kamolov, Abdulatif Abduqodirov va Dilshod Hamroevdir. Kamolovning aytishicha, u sport formasini yo'qotmaslik maqsadida vaqtinchalik jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etib turishini murabbiylardan so'ragan. Mirzakamolga ayni damda oliy liganing bir qator klublaridan takliflar bo'layotgani aytilayotir. Ammo futbolchi aniq bir to'xtamga kelmadi. O'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan Abduqodirov esa “burgutlar” bilan xayrlashgach, “Obod”dan taklif olgan ko'rinadi. Xuquqiy jihatdan “Bunyodkor”ga tegishli bo'lgan darvozabon Dilshod Hamroev esa aftidan joriy masumni ijara asosida “Obod”da o'tkazadigan bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar