So’nggi yangiliklar

19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  4 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  3 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3

"Obod" - "Olmaliq" uchrashuviga keling va Sirojiddin Sayfievga yordam bering! Yangiliklar

"Obod" - "Olmaliq" uchrashuviga keling va Sirojiddin Sayfievga yordam bering!

Toshkentning "Obod" klubi ham xayrli akciyaga qo'shildi.

2014 yil "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvida oyog'idan jiddiy jarohat olib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan Sirojiddin Sayfiev ayni paytda og'ir hastalikka chalingani va unga ham ruhan, ham moddiy jihatdan dalda bo'lish maqsadida championat.asia sayti tashabbusi bilan maxsus akciya o'tkazilayotganidan xabaringiz bor.

“Obod” futbol klubi ham ushbu hayriya akciyasidan chetda turgani yo'q. Jamoamiz azolari Sirojiddinni qo'llab-quvvatlab, unga sog'liq tilagan holda moddiy yordam berishga ulgurishdi.

Xayrli ishni davom ettirishni maqsad qilgan jamoamiz Sirojiddinga siz aziz muxlislarning ishtirokida yana yordam berishni niyat qilgan. "Obod" 14 aprel kuni oliy liganing 6-tur doirasida "Olmaliq" bilan kuch sinashadi. Bilasiz, jamoamiz uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Jar" stadioniga kirish doim bepul bo'lgan. Ertangi bahsda ham bu anana davom etadi. Faqat avvalgi o'yinlarimizdan farqli ravishda ertaga Sirojiddin Sayfievni qo'llab-quvvatlash maqsadida stadionimizda maxsus quti bo'ladi. Bellashuvni bevosita o'yingohda tomosha qilish uchun tashrif buyurgan ishqibozlar o'z imkoniyati doirasida Sirojiddinga yordam berishi mumkin.

Demak, 14 aprel kuni "Jar" stadioniga keling, "Obod" - "Olmaliq" uchrashuvida futbolchilarni qo'llab-quvvatlang va Sirojiddinga yordam bering!


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика