So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

“Obod”, “Bunyodkor-Geofizika”, “G'ijduvon” va “Mashal-Akademiya” - I liganing yangi azolari Yangiliklar

“Obod”, “Bunyodkor-Geofizika”, “G'ijduvon” va “Mashal-Akademiya” - I liganing yangi azolari

Kuni-kecha kelasi mavsumda birinchi ligada to'p tepadigan to'rt jamoa nomi malum bo'ldi.
Bunday muvaffaqiyatga Toshkentning “Obod”, Toshkent viloyatining “Bunyodkor-Geofizika”, Buxoro viloyatining “G'ijduvon” hamda Muborakning “Mashal-Akademiya” jamoalari erishishdi.

“Obod” jamoasi yo'llanma masalasini 30 noyabr kuni hal etgan bo'lsa, kecha “A” guruhidan o'z maqsadiga “Bunyodkor-Geofizika” ham etdi. Andijonning “O'z-Don Ju” klubiga qarshi kechgan uchrashuvni Sergey Ni shogirdlari avvaliga yaxshi boshlashmadi. 32-daqiqada mehmonlar vakili Bunyod Sultonov “O'z-Dong Ju”ni oldinga olib chiqdi. Harchand urinishmasin, mezbonlar tanaffusgacha vaziyatni o'nglay olishmadi. Biroq ikkinchi bo'limda “Bunyodkor-Geofizika” uchun hammasi joyiga tushdi. 57-daqiqada bu miqyosdagi musobaqalar uchun tajribali sanalgan Yashar Mutalibov o'tkir zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada andijonliklar o'z jarima maydonchalari ichida Elyor Abdulloevni chalib yiqitishdi. Va bosh hakam Vadim Agishev haqli ravishda penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Ilyos Pardaev bexato bajarib, jamoasi joniga oro kirdi. SHu tariqa, 2:1 hisobida g'alaba qozonib, “Bunyodkor-Geofizika” ochkolari soni bo'yicha “Bunyodkor”ga etib oldi. Ammo musobaqa reglamentiga ko'ra, o'zaro o'yin natijasidan kelib chiqib, 2-o'rinni o'ziga taminladi.

“A” guruhidagi bugungi o'yinlar turnir jadvaliga hech qanday o'zgartirish kirita olmaydi.

“B” guruhida, jamoalarning mablag'ni iqtisod qilish taklifidan kelib chiqib, aslida 3 dekabr kuni o'ynalishi kerak bo'lgan 5-tur uchrashuvlarini tashkilotchilar turnirning dam olish kuni – 30 noyabrda o'tkazib bo'lishgan ekan. Biroq bu haqda O'zPFLga tashkilotchilar kech xabar berishgan. SHu bois biz ham muxlislarga bu 5-tur natijalarini kechroq etkazayapmiz.

5-turni oldinga surishgani uchun, “B” guruhida bahslarga kechayoq yakun yasalgan. Bu erda mezbonlar hech kimga imkoniyat qoldirishmadi va 100 foizli ko'rsatkichga erishishdi. 9 ochko jamg'argan “Mashal-Akademiya” 1-ligaga beriladigan ikkinchi yo'llanmaga ega chiqdi.

Ulug'bek Mirzaev

O'zbekiston chempionati. II liga. Final bosqichi
“A” GURUHI
4-tur. 2 dekabr
Dinamo – Bunyodkor 0:1
Bunyodkor-Geofizika – O'z-Dong Ju 2:1
Turnir jadvali            O'   O   T-N
1. Obod                            3   9   5-1
2. Bunyodkor-Geofizika     3   6   3-3
3. Bunyodkor                      4   6   5-3
4. O'z-Dong Ju                   3   1   5-7
5. Dinamo                         3   1   1-5

Izoh: “Bunyodkor-Geofizika” o'zaro o'yin natijasiga ko'ra (3:2) “Bunyodkor”dan oldinda turibdi.

5-tur. 3 dekabr
Bunyodkor-Geofizika – Dinamo
Obod – O'z-Dong Ju
------------------------------------------------------
“B” GURUHI
5-tur. 30 noyabr
Mashal-Akademiya – NDPI 1:0
G'ijduvon – Bahor-Geolog 3:2
3-tur. 1 dekabr
Tolachi – Bahor-Geolog 1:2
Mashal-Akademiya – G'ijduvon 1:3
4-tur. 2 dekabr
Bahor-Geolog – Mashal-Akademiya 1:3
NDPI – Tolachi 2:1

Turnir jadvali          O'   O   T-N
1. G'ijduvon                   4   12   10-3
2. Mashal-Akademiya     4   9   10-5
3. NDPI                         4   6   6-4
4. Bahor-Geolog              4   3   5-11
5. Tolachi                        4   0   3-11
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика