“Obod” bir qator etakchi o'yinchilari bilan shartnomani uzaytirdi
12 jan 2016 10:30
Yangiliklar


“Obod” bir qator etakchi o'yinchilari bilan shartnomani uzaytirdi
Oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi ham yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda.
Ertalabki mashg'ulotlar “NBU-Osiyo” stadionida o'tayotgan bo'lsa, tushlikdan keyin jamoa o'z maydonida shug'ullanayotgani aytilayotir.
Murabbiylarning rejasiga ko'ra, o'tgan yilgi tarkibning o'zagi saqlab qolingan. Faqat unga ayrim qo'shimcha qilish ko'zda tutilgan. Aytishlaricha “Obod” rahbariyati bir qator etakchi o'yinchilari bilan shartnoma muddatini uzaytirishga qaror qilgan. Bular – Sanjar To'raqulov, G'ayrat Umirov va SHoxruz Norxonovdir.
Malum muddat jamoa ko'rigida bo'lgan “Qo'qon-1912”ning sobiq futbolchisi Hasanboy Ergashev klub lagerini tark etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar