Oblak Sloveniyada ketma-ket 4-marta yil futbolchisi bo'ldi

4 yanv 2019, 09:49
“Atletiko Madrid” posboni o'z vatanida tengsiz bo'ldi.

Yan Oblak 2018 yil yakunlariga ko'ra, Sloveniyaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 25 yoshli darvozabon bu nomga ketma-ket 4-marta munosib ko'rildi. Ungacha “Inter” posboni Samir Xandanovich (2009, 2011, 2012) uch marta g'olib bo'lgandi.

O'tgan mavsum Oblak “Atletiko” safida 50 ta o'yinda, 36 ta gol o'tkazib yubordi. U jamoasi bilan Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ekipa