Oblak: "Miyam chayqalgani uchun "Atletik" bilan o'yindagi hech narsa esimda yo'q"
22 okt 2022 12:50
Yangiliklar
Oblak: "Miyam chayqalgani uchun "Atletik" bilan o'yindagi hech narsa esimda yo'q"
"Atletik" bilan Primeraning 9-tur uchrashuvini jarohati tufayli yakunlay olmagan "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak shikastlanishdan keyingi holati haqida gapirdi.
"Miyam chayqalgani uchun "Atletik" bilan o'yindagi hech narsa esimda yo'q. Biroq endilikda asta-sekin tiklanib boryapman", – dedi Oblak.
Darvozabon raqibi bilan to'qnashib ketdi, shundan so'ng sloveniyalikka tibbiy yordam kerak bo'ldi va birozdan keyin u bahsni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. 69-daqiqada Oblak o'rniga Ivo Grbich maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
13:03
O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizdan yangi "Husanov"larni qidirishmoqda" 3
Fikrlar