So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  5 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Obid Jo'raboev: “Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q”

Bugun Andijonning “Andijon” klubi safarda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuvdan oldin “Andijon” klubi futbolchisi Obid Jo'raboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bizni 29 avgust kuni klub bazasiga chaqirib olishgan edi. Deyarli tanaffus bo'lmadi. Faqat ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazdik. Ko'proq jismoniy holatga etibor qaratdik. 6 sentyabr kuni Toshkentga kelganimizdan so'ng mashg'ulotlar bir mahaldan o'tkazila boshlandi.

Bugun “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Jizzax jamoasi kuchli o'nlikda bo'lmasa ham o'z uyida har qanday raqibga kuchli qarshilik ko'rsata oladi. Bundan avvalgi turda Farg'onaning “Neftchi” jamoasini mag'lub etdi. Biz ham shunga yarasha kuchli tayyorgarlik ko'rdik. Ularga ham bizga ham 3 ochko juda muhim. Biz ko'proq ochko jamg'arishimiz kerak. Deyarli musobaqaning ohirgi pog'onasida boryapmiz.

Agarda bugun mag'lub bo'lsak keyingi o'yinlarda ochko ishlab olish juda ham murakkablashadi. “Nasaf”, “Mashal” kabi kuchli klublarga qarshi to'p tep tepishimiz kerak. Bu uchrashuvlar juda qiyin bo'ladi. Uyimizda “Qo'qon-1912” va “Buxoro” jamoasiga mag'lub bo'lganimizdan so'ng juda ham og'ir bo'ldi. Nasib qilsa bugungi o'yinda g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan urinib ko'ramiz. Lekin, ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q”, - deydi “Andijon” klubi futbolchisi Obid Jo'raboev.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика