So’nggi yangiliklar

19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  0 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  4 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  13 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  20 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  23 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  8 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8

Obid Jo'raboev: “Kanchelskis Lobanovskiy va Aleks Fergyusondan o'rganganlarini bizga singdirishga harakat qilmoqda” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Kanchelskis Lobanovskiy va Aleks Fergyusondan o'rganganlarini bizga singdirishga harakat qilmoqda”

Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi o'tgan yilgi tarkib o'zagini deyarli saqlab qoldi.

Jumladan, tajribali himoyachi Obid Jo'raboev yangi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qiladi. Xabaringiz bor, namanganliklar ayni paytda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Turkiyada o'tkazishmoqda. Mazkur safar oldidan Obid Jo'raboev bilan suhbat uyushtirib, unga o'zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida tajribali himoyachining fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

“Navbahor”ning maqsadi, o'z o'yini, Turkiyadagi yig'in borasida

- Yangi mavsumda jamoamizning oldiga yuksak maqsad, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilmoqda. Buni amalga oshirish uchun bu yil o'tgan mavsumdagidan ko'ra, yaxshiroq to'p surib, maydonda bor imkoniyatimni ishga solaman.

Fursatdan foydalanib, menga yangi mavsumda ham imkoniyat berishga qaror qilib, jamoada olib qolgan klub rahbariyati, jumladan, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, “Navbahor” klubi vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskisga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Takidlaganimdek, bu yil ularning ishonchlarini oqlashga intilaman.

O'tgan mavsumda maydonda “ikkinchi yoshligim”ni boshdan kechirdim. Bunda murabbiylar shtabi vakillari, shu jumladan, Andrey Kanchelskisning hissasi katta bo'ldi. U menga ishonch bildirdi, imkoniyat berdi, mashg'ulotlarda astoydil ishlashimni uqtirdi. Bu esa yakunda o'z samarasini berib, o'tgan mavsumda sport formamni tiklab, ajoyib o'yin namoyish etishga muvaffaq bo'ldim.

Turkiyada tabiiy chimli maydonlarda mashg'ulotlar olib borib, kuchli sparring-raqiblarga qarshi maydonga tushamiz. Bu esa yangi mavsumda albatta, o'z samarasini beradi, degan umiddaman.



Ustozlari va Kanchelskis to'g'risida

- Futbolchilik faoliyatim davomida ko'plab murabbiylarning mashg'ulotlarida qatnashganman hamda boshqaruvida o'ynaganman.

Albatta, har bir murabbiyning o'z o'yin uslubi bo'ladi va ulardan nimadir o'rgandim. O'tgan mavsumda rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning qo'l ostida to'p surib, mashg'ulotlarida astoydil shug'ullandim.

Andrey Antanasovich menga o'z ustimda ko'proq ishlashim lozimligi, shunda maydonga tushirishini takidladi. Uning aytganlariga amal qilib, o'tgan mavsumda o'z sport formamni tiklashga muvaffaq bo'ldim.

Kanchelskis mashg'ulotlarni evropacha uslubda olib boradi. Andrey Antanasovich futbolchilik davrida ko'plab mashhur mutaxassislar, shu jumladan, Valeriy Lobanovskiy va ser Aleks Fergyusondan ko'p narsani o'rgangan hamda ushbu saboqlarni biz – futbolchilarga singdirishga harakat qilmoqda. Biz esa buni yangi mavsum davomidagi o'yinlarda qo'llashga harakat qilamiz.



Havas qilgan futbolchilari, jamoa tarkibi to'g'risida


- Bolaligimda himoyachi bo'lganligim uchun Davron Fayziev va Baxtiyor Ashurmatovlarning o'yinlariga havas qilardim. Ular o'z paytida O'zbekistonning eng kuchli himoyachilari bo'lishgan.

Ayni paytda o'tgan yilgi tarkib o'zagi saqlab qolindi. SHuningdek, tarkibga ancha mahoratli futbolchilar qo'shilishdi. Ular bilan Xudo xohlasa, o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga etamiz, deb o'ylayman. Asosiysi, niyat yaxshi bo'lsa bo'lgani. SHunda o'z maqsadingizga etasiz. Axir, aytishadiku, sendan harakat, mendan barakat, deb.

Albatta, jamoa etakchisi sifatida yosh futbolchilarga o'z maslahatimni beraman. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsad yo'lida birlashamiz va muxlislarga quvonch ulashamiz, degan niyatdaman. Futbolchilik faoliyatimni “Navbahor”da yakunlashni niyat qilganman. Muxlislardan esa jamoamizni yangi mavsumda ham munosib qo'llab – quvvatlashlarini tilayman. Bu bizga qo'shimcha kuch-quvvat va ruh beradi. Baxtimizga barcha ishqibozlar doimo sog'-salomat bo'lishsin hamda “Navbahor”ni qo'llashdan charchashmasin.



Malumot uchun
Obid Jo'raboev
– 1986 yil, 17 fevralda Namangan viloyatining CHortoq shahrida tug'ilgan.
Futbol bilan 10 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi – Komiljon Abduboev.
Namangandagi 15-sonli futbol maktab-internatini tamomlagan.
Ampluasi – himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Xorazm” (Urganch, 2010 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv” (Toshkent, 2010 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2011 yil), “SHo'rtan” (G'uzor, 2012 – 2013 yilning 1-davrasi, 2017 yil), “Olmaliq” (Olmaliq, 2013 yilning 2-davrasi, 2014 yil, 2015 yilning 2-davrasi), “Bunyodkor” (Toshkent, 2015 yilning 1-davrasi), “Navbahor” (Namangan, 2016 yilning 1-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2016 yilning 2-davrasi), “Istiqlol” (Farg'ona, 2018 yil). 2019 yildan yana “Navbahor”da.

Uylangan, Bunyodbek va Hayotbek ismli o'g'illari bor.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика