So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  2 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Obid Jo'raboev: "CHaqirilmagan joyga borgandan foyda yo'q. Alam qilgani shuki..." Yangiliklar

Obid Jo'raboev: "CHaqirilmagan joyga borgandan foyda yo'q. Alam qilgani shuki..."

"Buxoro" jamoasi qishki transferlar vaqtida "Dinamo" futbolchisi Obid Jo'raboevni o'z safiga qo'shib oldi.

Biz o'z navbatida yangi klub bilan shartnoma imzolagan Obid Jo'raboevning fikrlari bilan qiziqdik. 


“Kuni kecha “Buxoro” jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Aslida ushbu jamoaga bizni Hakim Fuzaylov taklifi bilan tashrif buyurgandim. U inson bilan o'tgan yilda “Dinamo”da birgalikda ishladik va jamoani Superligaga qaytara oldik. SHu o'rinda menga katta ishonch bildirgan Fuzaylovga minnatdorchilik bildiraman. 

- Siz “Dinamo” bilan Superligada to'p tepish istagida ekaningizni takidlagandingiz. Bu jamoani tark etishingizga nima sabab bo'ldi?

- Bilasizmi, “Dinamo” bilan shartnomamiz bir mavsumga mo'jallangan bo'lib, dekabrda poyoniga etdi. Biz klub bilan qo'yilgan vazifani uddasidan chiqib, Superligaga chiqdik. SHu o'rinda bir jihatni aytib o'tishim kerak. O'tgan mavsumni oxirlariga borganda, aytaylik, 3 tur qolganida vazifa bajarilganidan so'ng rahbariyat xorijlik mutaxassislar bilan muzokara o'tkazishga kirishgandi. Bu holatdan Hakim Fuzaylovning ham xabari bor edi. Tayyorgarlik boshlanish arafasida hech kim bilan aloqaga chiqqani yo'q. O'tgan yilgi tarkibdan bir nechtasini saqlab qolishdi va qolganlarga javob berishdi. CHaqirilmagan joyga borgandan nima foyda bor? Alam qilgani shuki, Superligaga chiqish yo'lida mehnat qilindi, oxirigacha kurashdik. Hech bo'lmasa tarkibda shulardan 10 nafari qolsa kerak degan taxmin bor edi. Ming afsuski, taxminimiz o'zini oqlamadi. 

- “Dinamo”dan ketishingizni baribir kutmagan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. CHunki menda jamoada qolsam kerak degan taxmin bor edi. Har holda mehnat qilib, Pro-ligadan Superligaga chiqishimiz oson bo'lgani yo'q. Rahbariyat shularni hisobga olgan holda tarkibda tajribali yigitlarni saqlab qolsa kerak deb o'ylagandim. Bunday bo'lishini birgina men emas, qolgan futbolchilar uchun ham kutilmagan xol bo'ldi. Har bir futbolchi elitada to'p tepishni istaydi. Bundan fojea yasamaslik kerak. Taqdirga yozilgani bo'ladi.

- Hakim Fuzaylov yaxshi ishlagan holda samarqandliklarga yordam berdi. Uning istefoga chiqarilishiga munosabatinngiz qanday bo'ldi?

- Hakim Qayumovichning tark etishi ham kutilmaganda ro'y berdi. Samarqandda katta byudjet bo'lmasa-da, yaxshi jamoani shakllantirdi. Aslida “Dinamo”ni Superligaga chiqishiga hech kim ishonmagandi. Lekin mutaxassis buni bajara oldi. Rahbariyat qo'ygan vazifani uddasidan chiqdi. Lekin rahbariyat kutilmaganda xorijlik mutaxassis izlashga tushdi. Bundan albatta Fuzaylovning ham xabar topdi. Nima bo'lsa ham unga ishonch bildirilsa yomon bo'lmasdi. Har holda yangi murabbiy kelib, u futbolchilarni chaqirib, jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yishiga ko'p vaqt talab qiladi.

Maqsadimiz “Buxoro”ni Superligaga qaytarish hisoblanadi. Klub o'z mavqeiga ega bo'lgan jamoalardan biri. Muxlislari klubni faqat elitada ko'rishni istaydi. Bu yildan rahbariyat barcha sharoitlarni yaratmoqda. Bu orqali jamoani Superligaga qaytarish hisoblanadi. Ishonamanki, Pro-ligada ijobiy natijalar namoyish qilib, jamoani kuchlilar qatoriga qaytara olamiz. 

- 2022 yilgi Pro-liga o'yinlaridan nimalarni kutmoqdasiz?

- Nazarimda, yangi mavsum yanada qiziqarli bo'ladi. CHunki “Andijon”, “Mashal” va “Turon” jamoalari Superligadan tushib ketishdi. Kuchlilar qatoriga qaytish uchun davogarlar soni ko'paydi. O'yinlar qiziqarli va murosasiz kechadi. Biz nasib qilsa, 2022 yilgi mavsumni muvaffaqiyatli tugatamiz degan maqsad bor.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика