Obid Jo'raboev: "Durang natijaga mos o'yin bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2024
Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa a'zosi Obid Jo'raboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida


- Har ikki jamoa yaxshi harakat qildi. Jamoamiz uzoq yo'l bosib kelgani bois ozroq qiyinchilikka duch keldi. Yutishimiz ham mumkin edi. Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi. Durang natijaga mos o'yin bo'ldi deb o'ylayman.


- Qizil kartochkaga munosabatingiz?


- Ochig'i vaziyatni unchalik tushunmay qoldim. Shahzod Turopov raqibga nisbatan noto'g'ri harakat qilganini aytishdi. Buni ko'rib chiqishadi. Futbolchilar keyingi o'yinlarda bugungi holatdan xulosa qilishlari kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia