So’nggi yangiliklar

Obameyang "Marsel"dan ketishini elon qildi. Hujumchi Saudiya Arabistoniga yo'l oladi Yangiliklar

Obameyang "Marsel"dan ketishini elon qildi. Hujumchi Saudiya Arabistoniga yo'l oladi

Futbolchi Evropadan Osiyo tomon yo'l oladi.

Per-Emirik Obameyang "Marsel" klubidan ketadi. Bu haqda hujumchining o'zi malum qildi. 

35 yoshli hujumchi endi Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubiga yo'l oladi. Futbolchi "Al Qodisiya" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. 

Malumot uchun, "Al Qodisiya" yaqindagina "Real" sobiq o'yinchisi Nacho bilan shartnoma imzolagandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Per-Emirik Obameyang "Marsel" safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 11 ta assist qayd etgandi. U Evropa ligasining eng yaxshi futbolchisi nomiga ham loyiq ko'rilgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика