Obameyang "Inter"ga o'tishni tanladi
23 fev 2020 17:43
Yangiliklar


Obameyang "Inter"ga o'tishni tanladi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang yozgi transferlar oynasi vaqtida "Inter"ga o'tishga tayyor.
"ESPN" xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. "Kanonirlar" katta ehtimol bilan kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etmaydi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Kelasi mavsumda "Inter" futbolchisi Lautaro Martines jamoasini tark etishi mumkin. Obameyang aynan argentinalikning o'rnini egallashi kutilmoqda.
30 yoshli Obameyang ushbu mavsumda "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 29 o'yinda qatnashib, 17 gol va 1 assistentlik qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar