OAV vakillarini O'zbekiston Kubogi finaliga ro'yxatga olish jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2017, 10:47
Shu yilning 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O'zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining final bellashuvi bo'lib o'tadi.

Final o'yinida poytaxtning ikki jamoasi – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o'zaro bahs olib boradi. Bellashuv 15:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Final o'yinida media tribunada sharoit yaratish va stadionda xavfsizlikni taminlash maqsadida OAV vakillari mavsum boshida berilgan akkreditatsiya kartochkalari bilan ro'yxat bo'yicha stadionga kiritiladi.

Shu sababli, O'zbekiston Kubogi–2017 final o'yiniga tashrif buyurmoqchi bo'lgan OAV tashkilot nomidan media@the-uff.com elektron manziliga jurnalistlar ro'yxatini taqdim etishlari so'raladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia