OAV: Ronaldu "Yuve"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashdi!
28 may 2021 01:15
Yangiliklar
OAV: Ronaldu "Yuve"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashdi!
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Sport.es xabariga ko'ra 36 yoshli portugaliyalik allaqachon jamoadoshlari bilan xayrlashgan va shu yil yozda ketishini malum qilgan.
Qayd etilishicha, Ronaldu 2003 yildan 2009 yilgacha to'p tepgan klubi – MYUga qaytishi mumkin.
Ronaldu "Yuventus" safida 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda. SHu vaqt ichida u 133 ta o'yin o'tkazib, 101 ta gol urgan.
Fikrlar