"Nyukasl" xo'jayini: "Benites uchun pul birinchi o'rinda turadi"
27 iyu 2019 14:14
Yangiliklar


"Nyukasl" xo'jayini: "Benites uchun pul birinchi o'rinda turadi"
"Nyukasl" xo'jayini Mayk Eshli klubning sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites jamoadan nima uchun ketganini aytib o'tdi.
"Rafa uchun pul birinchi, klub esa oxirgi o'rinda turadi. U eng oddiy variantni tanladi va pul uchun Xitoy ketdi. Agar u "Real" yoki APLdagi biror top-6 klubiga ishga o'tsa tushunardim. Ammo hamma ish pulga taqaldi. Benites darhol gap nimada ekanligini aytishi kerak edi. U bizdan maoshini 50%ga oshirishni so'radi. Vaholanki u bunday bo'lmasligini bilardi", - deydi Eshli.
Benites ingliz klubidan ketganidan so'ng Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi va uning yillik 12 million funtni tashkil etadi.
"Nyukasl"ni esa hozirgi kunda Stiv Bryus boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar