So’nggi yangiliklar

10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  1 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3

"Nyukasl" tomonidan amalga oshirilgan g'alati xarid Yangiliklar

"Nyukasl" tomonidan amalga oshirilgan g'alati xarid

Saudiya arabistonilik shayxlar nazoratiga o'tgan "Nyukasl" tarkibni kuchaytirishga katta etibor qaratmoqda.

Avvalroq jamoa "Zenit" hujumchisi Sardor Azmunga qiziqish bildirdi, ammo yakunda 30 yoshni qarshilagan, oxirgi 3,5 yil davomida "Byornli"da to'p tepgan Kris Vudni tanladi. Futbolchining o'zi ham "Byornli"dan yuqori darajadagi jamoaga o'tishini tasavvur qilmagan bo'lsa kerak. 

Kris Vud aslida qanday futbolchi?

Gap Jeymi Vardi tufayli "Lester"ga kerak bo'lmay qolgan va eng yuksak natijasini CHempionshipda qayd etgan (to'purar bo'lgan) hujumchi haqida ketmoqda. "Nyukasl" qahramonimiz Kris Vud uchun 11-klub hisoblanadi. Oklend (Yangi Zelandiya)da tug'ilgan futbolchi 18 yoshida "Vest Bromvich" nazariga tushdi. Biroq bu klubda o'zini ko'rsata olmasdan, ketma-ket ijarada yurdi. Vud shu tomonlama ingliz futboliga moslashib oldi. U "Barnsli", "Brayton", "Birmingem", "Bristol" va quyi liganing boshqa jamoalarida ham to'p tepdi. Bu esa unga ulkan tajriba berdi. "Lester" yangi zelandiyalik hujumchini "Vest Bromvich"dan ijara kelishuvi asosida oladi. Bu esa uning ijaradagi beshinchi va transferini xarid qilgan birinchi jamoasi bo'lgandi. Vud 2012/2013 yilgi mavsumni alo darajada boshlab, "tulkilar" uchun yarim yil ichida 11 ta gol urdi. Keyinchalik “Lester”ga havaskorlar futbolidan Jeymi Vardi keldiyu, Krisning oyog'iga bolta urdi. APLni portlatib yuborgan Vardi bilan raqobatlasholmagan hujumchi kelgusi mavsumni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Natijada, Vud avvaliga ijara shartnomasi, keyin to'laqonli transfer asosida "Ipsvich" tomon yo'l oldi.

Biroq u "Lester"da to'p tepgan vaqtida bir kichik hikoyaning qahramoniga aylanadi. Gap muntazam ravishda otasiga qiyoslanadigan Kasper SHmeyxel haqida bormoqda. "Yovil" bilan bellashuvning so'nggi daqiqasida daniyalik darvozabon hujumga chiqib, darvoza tomon zarba yo'llaydi. To'p esa darvoza to'siniga tegib, chiziq ustiga tushadi. Vaziyatni kuzatib turgan Vud esa to'pni to'rga yo'llaydi. Biroq gol SHmeyxelning hisobiga yoziladi. Ertasi kuni CHempioship mutasaddilari vaziyatni qayta ko'rib chiqib, xatoni to'g'rilashadi. Lekin Vud o'sha vaziyatda to'pga teginmaganida, gol Kasperning hisobiga yozilgan va u "Rotor" darvozasini ishg'ol qilgan otasiga tenglashib olgan bo'lardi. 

Qahramonimizning CHempionship darajasidagi yulduz bo'lishi "Lids"da kuzatiladi. U 2016/2017 yilgi mavsumda to'purar bo'ladi. Mavsum yakunida "Lids"ning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. O'shanda Kris 44 ta gol urishga muvaffaq bo'ladi. Diqqat qiling, Vud "Lids" safida ikki mavsum o'ynaydi va jamoaning oxirgi 10 yillikdagi goleadorlari ro'yxatida 3-o'ringa chiqib oladi. 

U ko'p noaniq zarba yo'llaydi, yutug'i esa bosh bilan yaxshi o'ynashida

"Wood" iborasi inglizchadan tarjima qilganda "yog'och" manosini anglatadi. Odatda u o'z nomiga yarasha o'yin namoyish qiladi. Texnik salohiyati yuqori darajada emas, vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida APLning oxirgi 3 yillikdagi yaqqol etakchilaridan biri. Yutuqlari ham yo'q emas. Aytaylik, 2009/2010 yilgi mavsumda bosh bilan gol urish bo'yicha APLda eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi – 5 ta gol. Taqqoslash uchun, Evropaning kuchli 5 ligasi orasida faqat Edin Jeko va Robert Levandovski qahramonimizning natijasini takrorladi. Bu borada faqat "Union" hujumchisi Sebastyan Andersson Vuddan o'zib ketdi. 

U APLDa bir nechta rekordlarni o'rnatishga erishib, yangi zelandiyalik futbolchilar ichida o'z o'rniga ega bo'lib ulgurdi. "Vulverxempton" darvozasiga 3 ta gol urib, APLda xet-trikka erishgan dastlabki zelandiyalik futbolchiga aylandi. Yaqinda esa eng nufuzli musobaqada 50 ta gol urgan birinchi Yangi Zelandiya vakiliga aylandi. Bundan tashqari, 2021 yilning avgustida APL tarixidagi 30000-gol aynan Kris Vud nomiga yozildi. 

Vud transferi — "Nyukasl"da malaka yo'qligi natijasi

Bu hujumchida ustun jihatlari qancha bo'lishidan qatiy nazar, ko'pchilik nazarida ajablanarli xarid. Ekspertlarning xulosalariga ko'ra, transfer eng badavlat sohiblar ixtiyoriga o'tgan klub ambiciyalariga muvofiq emas va kutilgan samarani bermaydi. The Telegraph nashri oktyabr oyida "Nyukasl" o'z tarkibini yanvarda kuchaytirish uchun kamida 50 million funt sterling sarflashi borasida malumotlar paydo bo'lgandi. Hozirgi kunda 50 mln funt – kamtarona sarmoya. 

Kiran Tripper va Kris Vud transferi esa kamtarona sarmoyaning qanchadir qismini egallaydi. Tushunarliki, 30 yoshli hujumchi va 31 yoshli qanot himoyachisi jamoaga qandaydir manfaat keltirishi mumkin, lekin ular saviya jihatdan Gabigol, Aaron Remzi va Jyul Kunde bilan tenglasha olmaydi. CHunki "Nyukasl" yuqorida aytilgan uch nafar futbolchini ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Etibor bering, Filippe Koutino "Aston Villa" safiga qo'shildi. Holbuki, birmingemliklar byudjet borasida maqtana olishmaydi. Aftidan, "hakkalar" elitada jon saqlab qolish uchun asosiy raqobatchilarini zaiflashtirishni o'ylayotgandek taassurot qoldirmoqda. 

"Byornli" taxminan 60 ming aholisi bor shaharchaning asosiy klubi hisoblanadi. Klub SHon Daych bilan rivojlanmoqda. Klub CHempionshipga ravona bo'lsa ham, Daych xizmatidan voz kechilmaydi. Bu mutaxassis jamoani elitaga olib chiqib, salkam 5 yil davomida samarali faoliyat yuritdi. Kamtarona byujdet bilan top-klublarni zir titrata oldi va o'zi shahar uchun afsonaga aylandi. Masalan, mahalliy qahvaxonaga uning nomi berilgan, "Byornli"ning ayrim futbolchilari CHempionship davridan buyon shu murabbiy bilan hamkorlikda ishlab keladi. Etakchisini asosiy raqobatchiga sotib yuborgani ham jamoada badavlat rahbar yo'qligini ko'rsatib beradi. "Byornli" tizimi o'z oyog'iga bolta urayotgandek. Jamoaning CHempionshipga tushib ketishi odatiy darajasiga qaytish sanaladi. Klub CHempionshipga shunchaki emas, balki hech bo'lmasa 25 million funt bilan birga yo'l olishni xohlaydi.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика