"Nyukasl" Lingarda haftasiga 100 ming funt to'lashga tayyor
06 dek 2021 11:01
Yangiliklar
"Nyukasl" Lingarda haftasiga 100 ming funt to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard "Nyukasl"dan taklif oldi.
Klub 28 yoshli futbolchini xarid qilmoqchi va u bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi.
Agar angliyalik rozi bo'ldi, uni "Nyukasl" tarixidagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishadi. U haftasiga 100 ming funt sterling oladi.
Lingard joriy mavsum MYU tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning "Yunayted" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikrlar