So’nggi yangiliklar

15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  1 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  3 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  14 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  4 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6

Nurillo To'xtasinov: "Turnir davomida mukofot puli haqida o'ylamadik. Mavsumni sovrin bilan boshlash yoqimli" Yangiliklar

Nurillo To'xtasinov: "Turnir davomida mukofot puli haqida o'ylamadik. Mavsumni sovrin bilan boshlash yoqimli"

"Bunyodkor" jamoasi Farg'onada tashkillashtirilgan "Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" turnirida bosh sovrinni o'ziniki qildi.

Qiziqarli kechgan final uchrashuvidan so'ng musobaqada ajoyib harakatlari bilan yodda qolgan "Bunyodkor"ning mahoratli yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Yakunda "Bunyodkor"ning g'olibligi bilan yakunlangan "Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" turniri haqida dastlabki fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

Ushbu musobaqa har yili o'tkazilishi Farg'onada odat tusiga kirgan. "Bunyodkor" bunday turnirda ilk bor ishtirok etdi. Yaxshi taassurotlar va bosh  sovrin bilan ortga qaytdik. Taklif uchun Farg'ona viloyati hokimiga minnatdorchilik bildiraman.

- "Bunyodkor"ning g'olib chiqishini ko'pchilik kutmagan edi...

- "Hokim kubogi" kabi turnirlar doim qiyin kechadi. CHunki, o'yinlar orasida ko'p vaqt bo'lmaydi. Har bir uchrashuvda raqiblar yaxshi qarshilik ko'rsata olishdi. Yilni sovrin bilan boshlayotganimizdan xursandman. 

- Sovrindorlarga mukofot pulining berilishi ham jamoalarga qo'shimcha motivaciya bo'ldimi? Agarda moliyaviy rag'batlantirish bo'lmaganida balki, kurash bunchalik kechmasdi...

- To'g'risini aytsam biz mukofot puli haqida o'ylamadik. SHunchaki maydonga chiqib o'z o'yinimizni ko'rsatdik. 

- Mavsumni sovrin bilan boshlash jamoaga qo'shimcha kuch va g'oliblik ruhini berishi tabiiy...

- Har qanday holatda ham mavsumni shunday kayfiyatda boshlash yoqimli. Qanday musobaqa bo'lsa ham muhimi g'oliblik. 

- Musobaqadagi tashkilotchilikdan  jamoa qay darajada qoniqish hosil qildi?

- Bizga juda yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi, deya olaman. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика