Nunes qaysi jamoaga o'tishni xohlayotgani malum bo'ldi
22 apr 2022 21:54
Yangiliklar


Nunes qaysi jamoaga o'tishni xohlayotgani malum bo'ldi
Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish borasida qaror qabul qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, urugvaylik hujumchi "Manchester Siti" yoki "Atletiko Madrid"ga o'tishni xohlaydi.
Avvalroq Nunes "Manchester Yunayted"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ekanligi xabar qilingandi. Nunesga Londonning "Arsenal" jamoasi ham davogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nunes joriy mavsum Portugaliya chempionatida 25 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar