Gvardiola "Manchester Siti"ning qimmat futbolchisida yarim himoyada o'ynash uchun zarur bo'lgan muhim fazilatni ko'rmayotganini aytdi
08 apr 16:20
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ning qimmat futbolchisida yarim himoyada o'ynash uchun zarur bo'lgan muhim fazilatni ko'rmayotganini aytdi
"Siti"ning MYU bilan "Old Trafford"da 0:0 hisobida durang o'ynagan o'yinidan so'ng Nunes yana o'ng qanot himoyachisi poziciyasida maydonga tushgandi. Gvardiola matbuot anjumanida yarim himoyachi uchun zarur bo'lgan muhim fazilatni aytib o'tdi va uning fikricha, bu narsa Nunesda yo'q.
Pepning aytishicha, Mateus Nunesda maydon markazida to'p tepish uchun sovuqqonlik etishmayapti, biroq o'ng qanot himoyachisi o'rnida istiqboli borligini takidlamoqda.
"U jismoniy tayyorgarligi tufayli yaxshi o'ng qanot himoyachisiga aylanishi mumkin. Menimcha, u markazda o'ynashi kerak bo'lgan futbolchi emas, chunki u etarlicha aqlli va ziyrak emas", – dedi Gvardiola.

"Siti" Nunesni 2023 yilda 53 mln funt sterlingga yarim himoya uchun sotib olgandi. So'nggi o'yinlarda u yanvar oyida Italiyaning "Milan" klubiga ijaraga berilgan o'ng qanot himoyachisi Kayl Uokerning o'rnini egallamoqda.
"Manchester derbisi"dan keyin "shaharliklar" 52 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar