So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  2 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  1 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  5 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  16 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  5 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  2 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Noyob Germaniya terma jamoasi Yangiliklar

Noyob Germaniya terma jamoasi

Navbatdagi maqolamizda “Noyob Germaniya terma jamoasi”ni ko'rib chiqishga qaror qildik.

Franciya terma jamoasidagi deyarli har bir asosiy o'yinchi boshqa mamlakat jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega edi, Germaniyada esa ularning soni unchalik ko'p emas. Ammo shunga qaramay, ular etarlicha topiladi. 

 

Bernd Lenoning ota-onasi Viktor va Roza. Ular o'z oilalari bilan 1989 yilda SSSRdan Germaniyaga kelishgan. Viktorning o'zi o'g'liga murabbiylik qilgan va uning har bir o'yinida ishtirok etgan.

Antonio Ryudigerning otasi Mattias - nemis, lekin Serra-Leoneda yashagan va ishlagan, u erda bo'lajak rafiqasi yani Antonioning onasi - Lili bilan tanishgan. Ular 1991 yilda boshlangan fuqarolik urushi tufayli mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'lishgan. Ular Berlindan qo'nim topishdi, Antonio Ryudiger shu erda dunyoga keldi.

Ryudigerdan farqli o'laroq, Jonatan Ta oilasida  onasi - nemis, otasi - ivuarlik bo'lib, yaxshi hayot izlab Germaniyaga yo'l olishgan.  Ta afrikalik ekanligidan faxrlanadi va tatilda o'z vataniga tez-tez borib turadi.

Mustafi Germaniyada tug'ilgan, ammo taxmin qilganingizdek, nemis oilasida emas. Onasining ismi - Fotima Mustafi, otasining ismi esa Kujtim Mustafi. SHkodranning ota-onasi albanlardir, lekin uning tug'ilishidan oldin ular Makedoniyaning Gostivar shahrida yashashgan. Aytgancha, Mustafi aynan shu erda 2016 yilning iyul oyida uylangandi.

Germaniyalik himoyachi Niko SHulcning onasi - nemis, otasi - italyan. Nikoda onasining familiyasi, lekin o'zi otasining familiyasida yani D’Abundo bo'lishini xohlaydi: "Otamning familiyasi – D’Abundo. Bu SHulc familiyasidan ancha yoqimliroq eshitiladi.  Ukamning ism-familiyasi - Jan Luka SHulc. Qandaydir g'alati tuyuladi ”, - hazillashadi Niko.

Leon Goreckaning otasi Germaniyada tug'ilgan va Opel zavodida muhandis bo'lib ishlasa-da, uning ota-onasi Polshadan kelgan muhojirlar bo'lib, 1995 yilda Leon tug'ilgan Boxumga kelib joylashgan. 

Ilkay Gyundogan Gelzenkirxenda turk oilasida tavallud topgan.  Otasining ismi - Irfon, onasiniki esa Ayten.  Ilkayning bobosi birinchi bo'lib Balikesirdan Gelzenkirxenga ko'chib o'tgan va Nordshtern konida ishlagan. U yaxshi pul ishlashni boshlaganidan so'ng, Gyundoganning ota-onasi ham shu erga ko'chib kelgan.

Ilkay Gyundoganning ota-onasi singari, Emre Janning ota-onasi 90-yillarning boshlarida yaxshiroq hayot kechirish uchun Germaniya tomon yo'l olishgan. Ular Emre tug'ilgan Frankfurtga joylashgan edilar.

Serj Gnabrining onasi - nemis millatiga mansub, otasi esa Kot-d’Ivuardan. Angliyadagi dastlabki yillarida futbolchiga otasi katta yordam bergan. "Arsenal"da o'ynagan Serj bu haqda shunday degandi: "Dadam menga yordam berish uchun ko'chib keldi. U ingliz tilini o'rganadi va bu unga men bilan yaqin bo'lishga yordam beradi. Bazi odamlar uyini sog'inishi mumkinligi haqida bilaman, biroq, bu men uchun muammo emas".

Leroy Sane Germaniya va Franciya fuqaroligiga ega. Leroyni otasining ismi Sulaymon Sane, u Senegal milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi bo'lib, faoliyati davomida 150dan ortiq to'p kiritgan. Onasi - Regina Veber, francuz ayolibadiiy gimnastika bo'yicha 1984 yilgi Olimpiada bronza medali sohibasi hisoblanadi.

Karim Bellarabining hayoti juda hayratlanarli. Uning onasi Marokashdan, otasi esa nemis. Ammo, uning ota-onasi ajrashib ketishdi. Natijada, Karim asli ganalik bo'lgan o'gay otasi bilan yashadi. Hujumchi Germaniya U20 va U21 yoshlar terma jamoalarida o'ynaganida, Gana va Marokash futbol uyushmalari uni o'z terma jamoalarida o'ynashga ishontirishga harakat qilishdi, lekin Karim nemislarni tanladi, ular uchun atigi 11 ta o'yin o'tkazdi.

Garchi Mesut O'zil Germaniya futbol ittifoqinining irqchiligi tufayli milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan bo'lsa-da, u haqida ham aytib o'tishimiz kerak. Mesutning kelib chiqishi turk bo'lib, kambag'al oilada o'sgan. Uning onasi kuniga ikki mahal maktab tozalovchisi bo'lib ishlagan. Otasi turli ishda ishlagan.  Fabrikada, kafeda, shuningdek, bilyardxona ochishga harakat qilgan, "Opel" avtosalonida faoliyat ko'rsatgan. Taniqli o'yinchining ota-onasi Turkiyaning Zonguldak shahridan. Onasi Mesutning Turkiya terma jamoasida, otasi esa Germaniyada o'ynashini istar edi. SHu tariqa, Mesut otasiga quloq tutib, o'z tanlovini amalga oshirdi. Unda jahon darajasidagi o'yinchi bo'lish orzusi  bor edivabu orzuni ro'yobga chiqarishga harakat qildi. 

Jerom Boateng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.  JCH-2018dan keyin Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Boateng, Myuller va Xummelsni terma jamoaga boshqa chaqirmaslikka qaror qildi. Boatengning otasi ganalik, onasi esa - nemis. Jerom qaysi jamoada o'ynashi haqida uzoq o'ylanib o'tirmadi: "Men boshidanoq, faqat Germaniya uchun o'ynashni xohlardim".

Yuqorida siz bilgan va bilmagan malumotlar bilan tanishtirib chiqishga harakat qildik. Etiboringiz uchun rahmat!

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика