Noyer "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
04 fev 2019 16:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/475599_original.jpg)
![](/upload/storage/475599_220.jpg)
Noyer "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Bavariya" darvozaboni va sardori Manuel Noyer katta barmog'idagi jarohatidan qutilmagani tufayli "Bayer"ga qarshi Bundesliganing 20-tur uchrashuvida (1:3) ishtirok etmadi.
Nemis klubi posboni shikastlanish tufayli "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Noyer qachon safga qaytishini bilmasligini aytdi.
"Aniq bir nima deya olmayman. U 5 oy maydonga tusha olmaydi desam vahima boshlanadi. Agar Noyer 5 kundan qaytishini aytsam vaziyat yaxshi deb o'ylashadi. Manuel og'riq his qilyapti" - deydi Kovach.
"Liverpul" - "Bavariya" uchrashuvi 19 fevral kuni Liverpulda bo'lib o'tadi. Javob o'yin 13 mart kuni Myunxenda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar