Noyer "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 16:45
"Bavariya" darvozaboni va sardori Manuel Noyer katta barmog'idagi jarohatidan qutilmagani tufayli "Bayer"ga qarshi Bundesliganing 20-tur uchrashuvida (1:3) ishtirok etmadi.

Nemis klubi posboni shikastlanish tufayli "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Noyer qachon safga qaytishini bilmasligini aytdi.

"Aniq bir nima deya olmayman. U 5 oy maydonga tusha olmaydi desam vahima boshlanadi. Agar Noyer 5 kundan qaytishini aytsam vaziyat yaxshi deb o'ylashadi. Manuel og'riq his qilyapti" - deydi Kovach.

"Liverpul" - "Bavariya" uchrashuvi 19 fevral kuni Liverpulda bo'lib o'tadi. Javob o'yin 13 mart kuni Myunxenda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo