Noyer Konfederaciyalar Kubogida ishtirok eta olmasligi mumkin
19 apr 2017 16:41
Yangiliklar
Noyer Konfederaciyalar Kubogida ishtirok eta olmasligi mumkin
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Konfederaciyalar Kubogida o'z jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Futbolchi "Bavariya" safida "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida chap oyog'ini sindirib oldi.
"Bavariya" rasmiy sayti bergan malumotga ko'ra, Noyer Myunxenda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shunday so'ng uning safga qaytish muddati elon qilinadi.
Darvozabon 17 iyundan 2 iyulgacha davom etadigan Konfederaciyalar Kubogida ishtirok eta olmasligi mumkin.
Fikrlar