Noyer ettinchi golli uzatmasini amalga oshirdi
03 noy 2021 20:52
Yangiliklar
Noyer ettinchi golli uzatmasini amalga oshirdi
35 yoshli germaniyalik posbon 84-daqiqada hujumchi Robert Levandovskiga assistentlik qildi. Polshalik forvard Manuelning uzoq masofadan oshirgan uzatmasidan so'ng jarima maydoni chizig'i ustida to'pni egallab oldi va portugaliyaliklar darvozaboni ustidan tashlab qo'ydi.
Bu germaniyalik darvozabonning ettinchi va UEFA CHempionlar ligasining 122-o'yindagi birinchi golli uzatmasi hisoblanadi.
Bungacha oxirgi marta Noyer 2020 yilgi Germaniya kubogi finalida "Bayer"ga qarshi o'yinda (4:2) jamoadoshiga gol urishda yordam bergan – u o'shanda ham Levandovskiga assistentlik qilgan.
Manuel 2006-2011 yillar oralig'ida yana beshta golli uzatmani amalga oshirdi: to'rttasi Bundesligada "SHalke" tarkibida, bittasi Germaniya terma jamoasi safida 2010 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Angliyaga qarshi o'yinda (4:1) sodir bo'lgan.
Fikrlar