Noyer: “Bu juda muhim uch ochko edi”
27 may 2020 08:16
Yangiliklar


Noyer: “Bu juda muhim uch ochko edi”
“Bavariya” darvozaboni “Borussiya D” ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
“Safarda g'alaba qozona olganimizdan baxtliman. Ahamiyatli muvaffaqiyat. Bunday o'yinlarga doim ishtiyoq bilan tayyor bo'laman. Bu yaqqol ko'rinib turganiga ham ishonaman. Kimmixning goli hech narsani hal qilmaganini tushunib turardik. Ikkinchi bo'lim og'ir kechdi. “Borussiya D”da ham bir qancha vaziyatlar bo'ldi. SHuningdek, bizda ham. Bu juda muhim uch ochko edi”, — deydi Noyer.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar