So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  7 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  11 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  16 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  49 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  30 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  517 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9

Nosir Otaqo'ziev: "Futbolchilarning keyingi taqdiri bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasiga murojaat qilmoqchimiz" Yangiliklar

Nosir Otaqo'ziev: "Futbolchilarning keyingi taqdiri bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasiga murojaat qilmoqchimiz"

Xabaringiz bor, PRO-Liganing o'tgan mavsumdagi so'ngi o'yini, yani "Neftchi"-"Turon" bahsida yuz bergan to'polondan so'ng Farg'ona jamoasi futbolchilari Jamshid To'raqulov va Doston Toshmatovlar hibsga olingan edi.

Kuni kecha ushbu futbolchilar ozodlikka chiqarildi. Bu haqida saytimizda ham alohida xabar elon qilindi.

Saytimiz muxbiri yuqoridagi va jarayonga oid boshqa masalalar yuzasidan Farg'ona futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan suhbat tashkil etdi.

- Nosir aka, o'tgan yili dekabr oyining ilk kunida bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Turon" bahsidagi tartibsizliklardan so'ng, farg'onaliklarning ikki hujumchisi Doston Toshmatov va Jamshid To'raqulovlar hibsda saqlanayotgan edi. Endilikda oradan deyarli 3 oy vaqt o'tib ushbu futbolchilar ozodlikka chiqarildi. Mazkur jarayonlarga bevosita guvoh sifatida qanday fikrlarni ayta olasiz?

- Haqiqatdan ham PRO-Liganing so'ngi turidan o'rin olgan "Neftchi"-"Turon" uchrashuvi so'ngida yuz bergan xolatlardan so'ng Doston Toshmatov va Jamshid To'raqulovlar hibsda saqlanayotgan edi. Bilasiz, PRO-Liga tashkilotchisi O'zbekiston professional futbol ligasi hisoblanadi. Mazkur voqea yuz berganidan so'ng keyingi jarayonlardan  o'zimizni chetga olmagan xolda Farg'ona viloyati futbol associaciyasi nomidan tegishli tartibda tergov va sud jarayonlarida ishtirok etdik. Ungacha bo'lgan vaziyatlarda Jamshid To'raqulovning oilasi bilan ko'p bora gaplashdik, jarayon yuzasidan suhbatlashdik. Ularga vakolatimiz doirasida mumkin bo'lgan barcha jihatlar bo'yicha yordam berishimizni aytdik. Ayni masala bo'yicha viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovning qabulida bo'ldim. Hammaning xabari bor, Xayrullo Xayitbaevich futbolsevar inson. U kishi menga viloyat hokimligi hibsda bo'lib turgan futbolchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlanishini aytib o'tdilar. SHuningdek, bu borada viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Xurshid Ahmedov bilan ham ko'p bora gaplashdik. Viloyat hokimligining boshqa masalalar bo'yicha ham ish hajmi ko'p bo'lsa-da, biz ko'tarayotgan masalalar bo'yicha shug'ullanishdi, qo'llab-quvvatlashdi.

Mazkur haftada ushbu futbolchilarning ishi yuzasidan so'ngi sud majlislari o'tkazildi. Ushbu jarayonda men ham guvoh sifatida qatnashdim. O'zimga berilgan savollarga Farg'ona futbol associaciyasi nomidan ushbu futbolchilar yoshliklarini hisobga olib kechirishlarini so'radim. O'zim futbol ichida ulg'ayganligim, futbolchilardagi mavjud kechinmalarni his qilishimni aytib o'tdim.  Bundan tashqari viloyat Yoshlar Ittifoqi kengashi bilan xamkorlikda yosh futbolchilarni qilmishidan pushaymonligi, kelajakda bu kabi nomaqul ishlarga qo'l urmasliklari yuzasidan kafolat xati tayyorlandi. SHukrki, kuni kecha so'ngi sud majlisidan so'ng ushbu futbolchilar ozodlikka chiqarilib, oilalari bag'riga qaytishdi.

- Hozirda ko'pchilikda tabiiy xolda bir savol mavjud. Ushbu futbolchilarning keyingi taqdiri nima bo'ladi?

- Bu savolni sud jarayonida ham menga berishgandi. Jamshid To'raqulov va Doston Toshmatovni yaxshi bilaman, ko'z o'ngimda futbolchi bo'lib etishishgan. O'sha kuni ularda yuz bergan emocional xolatlar evaziga shunday xato ishni qilishdi. Aslida bu yigitlarning birov bilan janjallashgani, tortishganini ko'rmaganman. Hozirda ushbu masala yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi nomiga murojaat xati yo'llamoqchimiz. Xususan ushbu futbolchilarga berilgan jazolarni engillashtirishlarini so'ramoqchimiz, lozim bo'lsa kafilligini olishga tayyormiz. CHunki bu yigitlar hali yosh va kelajagi oldinda. O'zim futbolning ichida ulg'ayganim sababli ulardagi kechinmalarni tushunaman, taqdiriga befarq qaray olmayman.

- Nosir aka, ayni damda Farg'ona futbol associaciyasi qoshida "Futbol markazi" tashkil etilganidan ko'pchilikning xabari bor. Eshitishimizcha, bu erda avval futbol mahorat maktabi (akademiya) tashkil etish rejalangan ekan. Mazkur xolatga ham oydinlik kiritib ketsangiz.

- To'g'ri, avval bu erda futbol mahorat maktabi tashkil etish haqida harakatlar bor edi. Lekin futbol mahorat maktabini tashkil etishning ham o'ziga yarasha talablari bor. Masalan, futbol mahorat maktabi tashkil etilayotgan binoning quvvati kamida 150 o'ringa mo'ljallangan bo'lishi kerak. Hozirgi "Futbol markazi" binosi 50 o'ringa mo'ljallab qurilgan. SHu kabi omillar sabab bu erda futbol mahorat maktabini tashkil etib bo'lmaydi. Balki, kelajakda bu natijaga ham erisharmiz, umuman olganda yomon g'oya emas.

Bilasizmi, hozirgi kunda "Futbol markazi"mizda Aziz Alijonov, Iqbol Akromov kabi o'tmishning yorqin futbolchilari tomonidan futbol to'garaklari tashkil qilingan. SHuningdek, bu erda bolalar, yoshlar hamda korxona va tashkilotlar xodimlari uchun turli musobaqalar muntazam tashkillab kelinmoqda. Bu o'z navbatida aholi o'rtasida sport targ'ibotini yanada rivojlantirishga, sog'lom turmush tarzini targ'ib etilishiga xizmat qiladi.

- Yaqinda Farg'onada "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi. SHu musobaqa jarayonida bergan intervyularingizdan birida keyinchalik "Viloyat associaciyasi kubogi" turniri ham tashkillanishi xususida aytib o'tgandingiz. Aytingchi, bu musobaqani qachon o'tkazish rejalashtirilgan?


- Joriy yildan boshlab "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasida to'liq bo'lmasa ham professional klublar ishtirokini taminladik. Bu musobaqada o'zimizning viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan mahalliy 2-liga klublari qatnasha olishmadi. Bilasiz, bu kabi musobaqalar futbol klublariga mavsumoldi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. SHuni inobatga olgan xolda endilikda "Viloyat associaciyasi kubogi" musobaqasini ham tashkil etmoqchimiz. Bu o'z navbatida "Viloyat hokim kubogi" musobaqasidan chetda qolib ketgan klublar uchun mavsumoldi tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi norasmiy turnir hisoblanadi. O'tkazish vaqtini esa "Navro'z" bayrami arafasiga reja qilganmiz.

SHuningdek, ayni kunlarda Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan o'zbek futboli rivoji uchun xizmat qiluvchi yangi loyiha ishlab chiqilmoqda. Bu loyiha futbol klublariga, muxlis va mutaxassislarga birdek maqul kelishi tayin. Yaqin kunlarda ushbu loyiha taqdimotini futbol jamoatchiligiga elon qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика