So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  2 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   1 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Norvegiyada super-avlod etishmoqda yoxud hamma gap yangi tizimda: olis qishloqdagi to'garaklar va texnikaga etibor haqida Yangiliklar

Norvegiyada super-avlod etishmoqda yoxud hamma gap yangi tizimda: olis qishloqdagi to'garaklar va texnikaga etibor haqida

Futboldan zavq olish natijadan ustunroq qo'yilganida...

Norvegiyada futbolga munosabat butkul o'zgacha. Mamlakatdagi havo ko'proq chang'i sportiga oshno bo'lish va aysberglarni o'rganishga ko'proq mos tushardi. Mamlakat futbol termasi haqida esa o'tgan asrning deyarli 90 yillaridan buyon eshitmasdik. Ammo kutilmaganda Norvegiyada superiqtidorli avlod etishib chiqdi. Edegor va Xoland haqida siz shundoq ham etarlicha malumotga egasiz. Biroq ular faqatgina aysbergning eng yuqori nuqtasiligidan xabaringiz bormi? Super yulduzlarning ortida norvegiyalik iqtidorlarning bir guruhi turibdi va ular yaqin yillarda katta sahnaga chiqadilar: “Seltik”dagi Kristoffer Ayer, “SHeffild Yunayted”dagi Sander Berge, “Milan”da Yens Xeuge va boshqalar. Tasodifmi? Yo'q, o'ziga xos trend desak to'g'riroq bo'lsa kerak. Har ikki yilda biz yangicha yondashuvga ega tayyorgarlikning samarali tizimini kashf qilamiz: Germaniya-2010, Belgiya-2014, Islandiya-2016. Navbat endi Norvegiyaniki.

O'tgan asrning oxirgi dekadasida ham Norvegiya “krutoy” termalardan hisoblanardi: FIFA reytingida 2-pog'ona, Braziliya ustidan qozonilgan g'alaba. Keyin u qaergadir “yo'qolib qoldi”

Ko'pchilikning yodidan ko'tarilgan yoxud kimlardir hali u payt futbol ko'rishni boshlamagan ham bo'lsa kerak, lekin o'tgan asrning so'nggi dekadasida Norvegiya kuchli futbol jamoasiga ega mamlakat bo'lgan. Terma jamoa yirik musobaqalarda “yo'qolib” qolmas, “Rusenborg” esa ECHLda ancha ishonchli harakat qilar, norvegiyalik yulduzlar APL va Evropaning boshqa top-ligalarida muvaffaqiyatli ishtirok etardi. Termani mashhur Egil Olsen boshqarardi: Norvegiya 1998 yilgi JCHning 1/8 bosqichiga chiqqan va o'sha kezlari Braziliyani mag'lub etgan. O'sha jamoada Sulsher, Ture-Andre Flu, Ronni Yonsen o'ynagan.

"Rusenborg" 1997 yil sensacion ravishda ECHL chorak finaliga qadar etib boradi. Norvegiyalik futbolchilar Evropa bo'ylab tarqalishadi ("Yunayted", "CHelsi", "Valensiya", "Selta"), "Bavariya"ga qarshi o'sha mashhur finalda MYU tarkibida uch nafar norvegiyalik maydonga tushgan. Hal qiluvchi golni kim uragnini yana eslatishning hojati bo'lmasa kerak.

2000 yil mamlakat termasi tarixda ilk bor Evropa chempionati final bosqichiga chiqdi va guruhda uchinchi o'rinni egalladi. Undan keyin Norvegiya futboli birdan "yo'q" bo'lib qoldi.

"Rusenborg" istalgan raqibga yutqaza boshladi, Norvegiya barcha yirik musobaqalarni o'tkazib yubordi va qaysidir pallada hattoki Albaniyaga ham mag'lub bo'ldi. Norvegiya futbolining tom manodagi tanazzuli 2009 yil sodir bo'ldi: "Rusenborg" Evropa Ligasi saralash doirasida "Qorabog'"ga sensacion ravishda mag'lub bo'ldi, terma jamoa esa FIFA reytingida 54-pog'onaga sho'ng'idi. 

Futbol federaciyasi shoshib qoldi va muammoni norvegiyaliklarga xos bo'lmagan usulda echishga urinib ko'rdi — legionerlarga limit. Bir yilda ligadagi legionerlar soni 8,5dan 6,5 tagacha kamaydi, ammo bu mahalliy yosh iqtidorlarni ko'paytirib qo'ygani yo'q.

Norvegiyaliklar limit bilan ish bitmasligini tezda tushunishdi va muammoga boshqa tomondan echim topishga urinib ko'rishdi.

Norvegiya futbolini Edegorni kashf qilgan skaut "qayta jonlantirdi"

Barchasi yoshlar futboliga yangi koordinator tayinlanishidan boshlandi. Bu inson Xokon Grettlan edi.

Bir qarashda Grettlan biografiyasi havas qilgudek emasdi. U hech qachon professional darajada futbol o'ynamagan (jarohat bunga yo'l qo'ymagan), ammo murabbiylik faoliyatini ancha erta boshlagan. 25 yoshda Xokon Norvegiya sport fanlari maktabida futbol magistri darajasiga loyiq ko'rildi, keyinroq uchinchi liga vakiliga va ayollar jamoalariga murabbiylik qiladi. 2006 yildan Grettlan NFF (Norvegiya futbol Associaciyasi)da futbolchilarni rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlay boshlaydi. Ish vazifasi tufayli Grettlan iqtidorlarni izlab Norvegiyaning olis qishloqlariga ham boradi va tasodifan Martin Edegorni "topadi".

Grettlan uni ilk bor 2010 yil yanvar oyida Buskerud provinciyasida uchratadi. 11 yoshli "Drammen" yarim himoyachisi harakatlari haqidagi hisobotida Xokon: "G'aroyib salohiyat. Ustiga-ustak u jamoadagi qolganlardan ikki yosh kichik. To'pni ajoyib tarzda o'zida ushlab turadi, maydon bo'ylab aql bilan harakatlanadi va o'yinni boshqara olish hislatlari mavjud".

Aynan Grettlanning maslahati bilan Edegorni o'n uch yoshlilardan iborat mahalliy termaga qabul qilishadi. O'sha jamoaning etakchisi Bersant Celin edi (oradan ikki yil o'tib, uni "Manchester Siti" xarid qiladi). Edegor voqeasidan keyin Grettlanni Norvegiya yoshlar futboli koordinatori etib tayinlashadi.


Norvegiyada har bir qishloqda maydon va murabbiylar bor. SHuning uchun bolalar faqatgina chang'i sporti bilan cheklanmaydi

Norvegiyaning hududi anchagina katta, lekin aholisi u qadar ko'p emas (5 million — Moskvaning o'zida bundan ko'proq odam istiqomat qiladi). Xokonning rejasi oddiy edi — futbolga imkon qadar ko'proq odamni jalb qilish, buning uchun esa infratuzilmani yaxshilash va qishki sport turlari bilan raqobatda g'olib chiqish.

Ko'plab mamlakatlardan farqli ravishda Norvegiyada davlat sportga deyarli mablag' sarflamaydi. U faqatgina homiylar va investorlar hisobida mavjud (bazi klublarda, uning azolari ko'chalarni aylanib, atributika sotib olishni yoki xayriya qilishni so'rashadi). SHu sababli Grettlan mahalliy klublar vakillari bilan uchrashdi va ularni akademiyalarini kengaytirishga ko'ndirdi. Har bir klub o'z shahrida qo'shimcha sekciyalar ochdi va u erga xohlovchilarni qabul qildi. Bu kabi ko'plab to'garaklar umumtalim maktablari qoshida ochildi. Bolalar darslari tugadi deguncha, mashg'ulotga chopardilar. 

NFF klublarni teletranslyaciyadan tushgan mablag'ning malum qismini akademiyani rivojlantirishga yo'naltirishlarini majburiy qilib qo'ydi va ko'chalardagi maydonchalar hamda suniy qoplamalali manejlar sonini ko'paytirdi. Norvegiyadagi ob-havoni inobatga olsak, u erda aprelda ham taxminan 0 gradus bo'ladi, bunday maydonlar juda zarur. 2007 yildan boshlab Norvegiyada o'rtacha har yili 100dan ziyod suniy qoplamali maydonlar ochiladi, ulardan 15 tasi — yopiq stadionlardir.

Muhimi Grettlan eng uzoq va kichik nuqtalarga ham etib borishga harakat qilardi. Uning fikriga ko'ra, har bir shahar, qishloqda bolalar uchun maydon ham, murabbiy ham etarli bo'lishi kerak edi. Va bu ish berdi. Xoland "sarguzashtini" 12 ming aholisi bor Bryune shaharchasida boshlagan. Avvallari bu kabi hududlarda na sifatli maydon, na malakali murabbiylar bo'lardi. "Biz katta hududga ega, ammo aholisi bir muncha kam mamlakatda yashaymiz va hududlardagi imkoniyatlarimizdan maksimal ravishda foydalanishimiz zarur", — tushuntiradi Grettlan.

Buning natijasida futbol nihoyat milliy sport turiga aylanadi. 2020 yildagi ko'rsatkichlarga ko'ra, Norvegiyada 325 ming futbolchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Mamlakat aholisiga nisbatan olinsa, bu borada Norvegiya Evropada etakchilik qilmoqda. Mamlakatda murabbiylik licenziyasiga ega 20 ming inson bor. Mahalliy musobaqalarda umumiy 1800 klubdan 20 ming jamoa ishtirok etadi.


Avvallari norvegiyaliklar Angliyadan o'rnak olardi, endi etibor Ispaniyaga qaratilgan: ispancha uslubdagi aqlli futbolchilar etishtirish ustuvor vazifa

Futbolga oshno millatlarning qarama-qarshi guruh vakillaridan asosiy farqi — tizimli ravishda rivojlanish. Buning uchun esa ko'plab tahlillar, kamchiliklarni izlash va xatolarni tan olish zarur. Evro-2000dagi omadsizlikdan keyin Germaniya va Belgiya shu yo'ldan ketdi.

Norvegiyaliklar nima uchun futbol bu kabi achinarli holatga kelib qolgani borasida uzoq o'ylashdi. Infratuzilma — tushunarli, biroq muammo faqat undami? Associaciyadagilar o'tgan vaqt davomida yosh futbolchilarga eng maqul futbol o'rgatilmaganini tushunib etishdi.

O'tgan asrning 90 yillarida Norvegiya termasi Angliyadan o'rnak olar va ularning kuchga tayangan, jismoniy tayyorgarlik muhim bo'lgan, futbolini o'rganardi. Murabbiylar iqtidorli atletik jihatdan kuchli maktab o'quvchilarini saralab, ularning jismoniy imkoniyatlari hisobiga vaziyatdan chiqardilar. Terma jamoaning o'yin uslubi ham o'ziga xos edi: zich himoya, to'psiz katta hajmdagi ish, hujumda bo'ydor futbolchining "ikkinchi qavatda" omadli harakatiga umid bog'lash va tezkor qanotlar. 90 yillarda bu samarali edi (FIFA reytingidagi ikkinchi pog'onani yodga olamiz) va Norvegiya o'z uslubiga ishonardi. Tayyorlash tizimi chidamli, ammo individual ravishda u qadar kuchli bo'lmagan futbolchilarni etishtirishga qaratilgandi. Vaqt o'tib, futbol o'zgardi va Norvegiya usuli ish bermay qoldi.

"Biz xonasiga berkinib olgan va uxlab qolgan insondek edik. Biz o'zimizdan shu qadar mamnun edikki, dunyoning qolgan 200 termasi bizdan o'rnak olishadi deb o'ylardik. Aynan shu hayollar sabab biz bir necha yil va butun boshli avlodni boy berdik", — deb yozgandi norvegiyalik jurnalist Lars Ternas.

Taxminan 2010 yildan buyon Norvegiyada boshqa tizim bo'yicha ish olib borilmoqda. Bu safar o'rnak Ispaniya bo'ldi. Urg'u texnika va to'pga egalik qilishga qaratilgandi. "Biz 80-yillar Angliyada katta bo'ldik, hozir esa norvegiyalik bolalar "Barselona", "Real" va boshqa ancha texnik tomondan kuchli o'yin ko'rsatuvchi jamoalarni ko'rib, o'smoqda — deydi "Monako"ning norvegiyalik sobiq-skauti Tor-Kristian Karlsen "The Athletic" nashriga. So'nggi o'n yilda Norvegiyada murabbiylarning zamonaviy o'qitilishi, to'pga egalik qilish va o'yinni o'qiy olishga ko'proq etibor qaratilmoqda".

13 yoshgacha bolalar 11x11 formatda harakat qilishmaydi va faqatgina olti-etti nafar bo'lib o'ynashadi. Maydon ham mos ravishda kichikroq bo'ladi (Belgiyada o'xshash tizim yo'lga qo'yilgan). Taqqoslash uchun: Angliyada 10 yoshdan boshlab to'liq tarkiblarda uchrashuvlar o'tkaziladi va angliyaliklarning texnikasiga savollar yo'q emas. Norvegiya tizimi individual ishlashga mo'ljallangan: bolalar bir necha soat davomida to'p bilan muomala, uni nazorat qilish, uzatmalar, zarba ustida ishlash, dribling, joy tanlash va o'yinni o'qiy olish ustida ishlashadi.

"Murabbiylar nafaqat futbolni o'rgatishlari, balki shogirdlariga savollar berishlari, vazifa berish va to'g'ri yo'naltirishlari zarur", — tushuntiradi Grettlan Moldedagi universitetdagi maruza vaqtida. 14 yoshda eng yaxshi futbolchilar klublar akademiyalariga yo'l olishadi: u erda 11x11 formatdagi o'yinlar va futbolchining kuchli jihatlarini kashf qilish yo'lidagi mehnat boshlanadi.

Metodikaga rioya qilinishini supervayzer-murabbiylar nazorat qiladi. Ular Associaciyada faoliyat olib boradi, lekin muntazam ravishda mamlakat bo'ylab "sayohat qiladi". Supervayzerning vazifasi — hududdagi barcha futbol maktablari mashg'ulotlariga tashrif buyurish va  mahalliy murabbiylar metodikaga to'liq rioya qilishlarini nazorat qilishdir.

16 yoshda eng iqtidorlilar "National Team School"ga bora boshlashadi (Grettlanning yana bir "ixtirosi"). Bu lager 2014 yil Norvegiya termasi bazasida ochilgan. Bu erda futbolchilarni yirik musobaqalarga maxsus tayyorlashadi va kuchli jihatlarini yuzaga chiqarishda yordam berishadi. Yana bir qulaylik, bu lagerda barcha yoshdagi iqtidorlar birga mashq qiladi: ularga futbolning umumiy qadriyatlari o'rgatiladi va turli yosh toifalaridagi termalarga o'tishi osonlashtiriladi.

Norvegiyada futbol — zavq olish uchun. Yutqazayotganlar qo'shimcha futbolchiga ega bo'ladi, yigitlar qizlarga qarshi ham bellashadi

Ha, tan olish lozim: maydonlarni ko'paytirish va kreativ futbolni o'rgatish yaxshi, lekin katta farqsiz bu yo'ldan barcha top mamlakatlar o'tgan. Norvegiya futbolining o'ziga xosligi boshqa bir jihatida (va bu endi Grettlan bilan bevosita bog'liq emas). Norvegiyada futbol odamlar va ayniqsa bolalar zavq olishi uchun mavjud. Norvegiya sportining rasmiy shiori — "Joy of Sport for All" ("Sport quvonchi — barcha uchun"). 

"Bolalarning sportdagi xuquqlarini himoya qilish" nomli hujjat o'sha zavqni nazorat qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi. U 1987 yil qabul qilingan va 2007 yil bazi tuzatish, o'zgartirishlar kiritilgan. U bolalarning sport bilan aloqasini mustahkamlaydi: xavfsiz maydonchalardan tortib, mashg'ulot uchun qulay shart-sharoitlargacha (va bu eng qizig'i). Maqsad tanish — bolalarni sport bilan shug'ullanishini taminlash.

"Bizning fikrimizcha, bolalarni sportga qiziqtirish ularning ota-onalari yoki murabbiy qiziqish, istaklarini qondirishdan muhimroq. Biz kichik mamlakatmiz va bolalarni faqatgina ular sportga qiziqmaganliklari uchun yo'qotishga haqqimiz yo'q, — tushuntiradi Inge Andersen "The New York Times" nashriga.

•  Bolalar elkasidan natija haqida bosh qotirish va tashvishlanish muammosi butkul olingan. 13 yoshgacha milliy chempionatlar to'liq taqiqlangan, 11 yoshgacha — regional musobaqalar. Uchrashuvlar natijalari chop etilmaydi. 13 yoshgacha futbolchilardan iborat jamoalar o'yinlari maxsus qoidalar asosida o'tkaziladi: misol uchun agar jamoa to'rt yoki undan kattaroq farq bilan ortda qolayotgan bo'lsa, maydonga qo'shimcha futbolchi tushirish imkoniyatiga ega — shunchaki "vau"!

•  Qizlarni bolalar bilan birgalikda maktablarga qabul qilishadi. Ular 16 yoshgacha birga o'ynashadi. Akademiyada Xoland bilan bir guruhda "Bryune"da 2018 yil Pitea IF safida SHveciya chempioni bo'lgan Andrea Nordxeym ham shug'ullangandi. 

• Norvegiyada superyulduzlar va kuchsizlar deb ajratilmaydi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi jamoalar bor, lekin hech kim "yulduzlik kasaliga" chalinmagan: hamma birga shug'ullanadi, birga dam oladi va bir-birining o'yinini tomosha qilgani boradi. 

"Katta akademiyalarda iqtidorlarga alohida munosabat bo'ladi, — deb tushintiradi Xolandning birinchi murabbiyi Alf Berntsen "Sky Sports"ga bergan intervyusida. — Biz boshqacharoq ish olib boramiz. 40 o'yinchi mavjud bu guruhda bazilar juda yaxshi, bazilar esa unchalik emasdi, lekin ularning hammasi birga 10 yil davomida shug'ullanadi".

"Jamoamizda o'zgacha atmosfera hukum surardi, — xotirlaydi Erling Xoland. — SHu sababli men qolganlardan boshqachaman degan fikrdan xalos bo'lganman".

"Bolalarning sportdagi xuquqlari"ni Norvegiyaning 54 sport federaciyasi qo'llab ovoz bergan va unga qatiy rioya qilinadi. 


Sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика