So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  2 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Norqul Daminov: "Kelgusida bizda ham jahonga mashhur futbolchilar etishib chiqadi" Yangiliklar

Norqul Daminov: "Kelgusida bizda ham jahonga mashhur futbolchilar etishib chiqadi"

Teglar :  Norqul DaminovNasaf
Tan olish kerak, bugungi kunda yurtimizda Qashqadaryo futboli o'z o'rnini topib bo'ldi. Vohaliklarning futbolga bo'lgan mehri ham baland.

Bu erda amalga oshirilgan va oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar evaziga bugun yutuqlarga ham erishilmoqda.

Biz voha futbolida ko'p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan Norqul aka Daminov bilan viloyatimiz bosh jamoasi “Nasaf”ning O'zbekiston Kubogi sohibiga aylangan bir pallada qisqacha suhbat uyushtirdik.

N.Daminov 1995-1996 yillarda “Mashal” PFKda ijrochi direktor, 1998 – 2008 yillarda “Nasaf” PFKda o'n yil davomida ijrochi direktor lavozimida, so'ng viloyat hokimligida sport maslahatchisi bo'lib faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda u kishi Qashqadaryo viloyati Futbol Federaciyasi vice prezidenti bo'lib ishlamoqdalar.

– Norqul Murodovich, “Nasaf” jamoasining o'z tarixida ilk marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganligi bilan sizni ham samimiy tabriklaymiz

– Rahmat bu shonli g'alaba bilan “Nasaf”ning barcha muxlislarini tabriklayman, bu Qashqadaryo halqining yutug'idir.

– Sizningcha ”Nasaf” klubining bunday yutuqqa erishganligining siri nimada?

– Jamoaning birinchi navbatda ichki muhiti alo darajada, ahillik yaxshi shakllangan, klubda tartib intizom birinchi navbatda tursa va har bir xodim o'z ishiga sidqidildan yondoshsa ana shunday yutuqlarga erishiladi. “Nasaf” klubi bugun ana shunday haqiqiy manodagi professional klubga aylangan. Klubda o'z ishiga fidoiy insonlar mehnat qilishmoqda. Ayniqsa, shaxsan o'zim “Nasaf” jamoasining bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida bu yutuqqa erishganligidan juda xursandman. CHunki, bu insonning qanday futbol o'ynaganiyu, qanday bu darjaga etib kelganicha bo'lgan davrdan xabardorman.

Men baralla ayta olaman, Berdiev o'ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqladi. Ro'ziqul nimaga erishgan bo'lsa, barchasiga o'zining kuchi bilan erishdi. Bu orqali u ko'plarga namuna ham bo'la oladi.

– Qashqadaryo futbol federaciyasining hozirgi kundagi faoliyati haqida qisqacha so'zlab bersangiz

-Muhtaram Yurtboshimizning barcha sport turlari kabi futbolni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari yuzasidan viloyatimizda ko'plab samarali ishlar olib borilmoqda. SHuni takidlash kerakki, istiqbolli rejalar asosida bolalar va o'smirlar futbolini yuqori darajaga ko'tarish chora- tadbirlari ko'rilib, barcha tumanlarimizda futbolni targ'ib etish maqsadida, suniy qoplamali futbol maydonlari barpo etilmoqda. Bunaqa futbol maydonlarida yilning to'rt faslida ham bolalarni futbol o'ynashiga imkoniyat paydo bo'lmoqda. Etibor bersangiz, vohaning qay go'shasiga bormang futbol maydonlarida yosh o'smirlarimiz bilan gavjum. Albatta viloyat federaciyasi bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida mahalla, bog'cha, maktab, kollej yoshlari o'rtasida har yili muntazam ravishda futbol bo'yicha turli musobaqalar o'tkazilib kelinadi. Yoshlar o'rtasidagi o'tkazilayotgan turli musobaqalar orqali iqtidorli bolalar kashf qilinmoqda va ular futbol maktablariga jalb etilmoqda. Ana shunday iqtidorli bolalarni izlab topish va ularni viloyatimiz futbol klublariga tavsiya etish asosiy vazifalarimizdan biridir.

– Viloyat ikkinchi ligasida bazi bir tumanlardan ikkitadan jamoalar ishtiroki bizni hayron qoldirdi

– Qarshi shahrining o'zidan to'rta jamoa Muborak, G'uzor, CHiroqchi tumanlaridan ikkitadan jamoa viloyat ikkinchi ligasida faol ishtirok etishadi. Boisi, bu shahar va tumanlarda futbol maktablari mavjud bo'lib, tarbiyalanuvchilar o'zlarining o'yin amaliyotini ikkinchi ligada oshirib borishmoqda. Bilasizmi, 1995-1996 yillarda Qashqadaryoga katta futbol kirib kelganida, vohamizda ancha muammolar bor edi. Hozir esa ko'rib turganingizdek, ijobiy tomonga qarab borayapmiz. Tan olish kerak, homiy tashkilotlarning futbolimiz rivojiga qo'shayotgan hissalari ham beqiyosdir. Keyingi yillarda aynan ularning sai-harakatlari evaziga viloyatimiz futbol infrastrukturasi ancha rivojlandi. Biz bugun bu yutuqlarimiz bilan bemalol g'ururlana olamiz. Faqat bu imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalana olsak bo'ldi. SHu maqsadda mini va katta futbol qatori, sohil (plyaj) futbolini rivojlantirish borasida ham tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Umid qilamanki, bu futbol turi ham viloyatimizda ommalashadi.

– Viloyatning har bir tumanida futbol federaciyalari bor, bu qanday samara berayapti?

– Viloyat Futbol Federaciyasiga qarashli tuman bo'limlari mavjud.Tuman federaciyalari bizlarga ko'maklashadi. Ular oldiga ham tumanda futbolni keng targ'ib qilish, iloji boricha barcha yoshdagi farzandlarimizni futbolga keng jalb qilish vazifasi qo'yilgan. Hattoki bog'cha yoshidan jajji farzandlarimizni futbolga qiziqtirish maqsadida keyingi yillarda bolalar bog'chalarida kichik sohil (plyaj) futboli maydonchalari barpo qilishga etibor qaratayapmiz. Nazarimizda, bu futbol sohasini viloyatimiz buylab rivojlantirishda bolalar bog'chalaridan boshlash maquldek. CHunki, ana shunday kichik maydonchalar barpo qilishda birinchidan unchalik kuch ham, mablag' ham talab qilinmaydi, ikkinchidan bu kichik maydonchalarda yosh bolakaylarni to'p tepishlariga sharoit yaratiladi. Agar sohil futboli qanchalik oyoq mushaklarining to'g'ri rivojlanishiga, qolaversa tanamizdagi ko'rinmas kichik kasalliklar ham bu futbol o'yini orqali chiqib ketishini hisobga olsak. Buni rivojlantirish farzandlarimiz sog'ligi uchun ham foydadan holi emas. O'zingizga malum, qum ustida ko'p futbol o'ynaydigan Braziliyadan qanday futbol yulduzlari etishib chiqqan, bizga endi malumki aynan mana shunday futbol yulduzlari ham yoshlikda futbolni ana shunday o'ynashib, voyaga etishgan.

-Norqul Murodovich, Qashqadaryo futboli rivojlanish yo'lida ekan, ammo sizni tashvishga solayotgan muammolar ham bormi?

– Hayot tashvishsiz yoki muammosiz bo'lmaydi. SHuningdek hayotda doimo biz istagandek ham bo'lavermaydi. Demoqchimanki, oldimizga maqsad qo'ydikmi, oldinga intilamiz, o'z maqsadimiz sari qo'limizdan kelgan barcha qiyinchiliklarni engib o'tishimiz kerak bo'ladi. Agar buni ilojisi yuq deyaversak, o'zimizni aldagan bo'lamiz. Viloyatimiz futbolining rivojlanishi o'z-o'zidan bo'lgani yuq. Rivojlanish yulida viloyat hokimi ham bizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu yo'lda bizga homiylik qilayotgan tashkilot va korxonalarning yordamlari ham katta etirofga sazovor.

Oldimizda rejalarimiz juda ko'p. Hozir bir muammoni echish uchun bel bog'laganmiz, bu ham bo'lsa, futbol maktablaridan tashqari viloyatimizdagi o'quv yurtlari bilan futbol klublari o'rtasidagi bog'liqni yuzaga keltirish. Bu nima degani, shu narsaga aminmanki bizda iqtidorli bolalar juda ko'p, ammo ular nazarimizdan chetda qolib ketayotgandek. Masalan bir iqtidorli, kelajagi bor bola futbol maktabida tahsil olmaydi, ammo unda iqtidor bor. Bu iqtidorni futbol klubi mutasaddisi borib ko'rishga vaqti yo'q yoki bundan bexabar. SHunaqa iqtidorlar nazardan qolib ketmasligi uchun bir tizim to'zib chiqqanmiz, bu tizim haqida hozir batafsil gapirishga fursatimiz etmaydi. Umid qilamanki, agar shu tizimni ro'yobga chiqara olsak, kelgusida biz chetdan futbolchi qidirishimizga hojat qolmaydi. Kerak bo'lsa, chetdan bizga kelib o'yinchi qidirishadi. Muhtaram yurtboshimiz takidlaganlaridek, bizni hech kimdan kamlik joyimiz yo'q. Bizning tanamizda o'tmishda o'z salohiyati va saviyasi bilan dunyoni lol qoldirgan bobolarimiz qoni oqmoqda. SHunday ekan, vaqti kelib farzandlarimiz orasidan jahonga mashhur charm to'p ustalari etishib chiqishiga hech shubha qilmasak ham bo'ladi. Faqatgina buning uchun o'z ishimizga vijdonan yondoshishimiz va halqimizga, ona yurtimizga sodiq holda mehnat qilsak, nasib etsa bu maqsadimizga ham erishamiz.

-Suhbatingiz uchun tashakkur bildiramiz.

Faxriddin CHoriev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика