So’nggi yangiliklar

17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  0 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  0 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  6 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  11 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  6 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  9 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0

No'mon Hasanov Turkiyadagi yig'in va jamoadagi kamchiliklar haqida nimalar dedi? Yangiliklar

No'mon Hasanov Turkiyadagi yig'in va jamoadagi kamchiliklar haqida nimalar dedi?

"Navbahor" bosh murabbiyi No'mon Hasanovning Turkiya yig'ini va jamoadagi kamchiliklar haqidagi saytimizga bildirgan fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

"Avvalambor klub rahbarlariga shunday sharoitlab yaratib berishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoaning bu yilgi tarkibini o'zim tanladim. Tarkibning o'zagi saqlanib qolinishida, yangi futbolchilarni jalb qilishda klub vice-prezidenti Otabek Samatovning ko'magi katta bo'ldi. 

Tarkib haqida fikr bildiradigan bo'lsam, qishki transferlar vaqtida ko'p yangi futbolchilar qo'shildi. Ayrimlari ko'rikdan o'tkazildi. O'ylaymanki, yaxshi jamoa shakllanmoqda. Endilikda ularni bitta oila sifatida birlashtirish, jismoniy tomondan yaxshi holatga keltirish ustida ish olib bormoqdamiz. To'g'ri, bu oson emas. Umid qilamanki, yangi kelgan futbolchilar jamoaga tezda moslashishadi. 

Futbolchilarga ko'proq ishlash kerakligini tushuntiryapman. CHunki, oldimizga katta maqsad qo'yilgan. Buni ular anglashi va his qilishi kerak. Meni berilayotgan ko'rsatmalarim barcha o'yinchilarga tegishlidir. Futbolchilarning bir-birlarini o'zaro tushunishlarini so'rab qolardim. SHunda bizga bir muncha osonroq bo'ladi.

Turkiyadagi yig'inimiz samarali bo'lishi shubhasiz. Bunda barcha jamoada, birga yoningizda. Umumiy qilib aytganda futbolchilarning yaxshi va yomon tomonlarini, xarakterini bilib olishim uchun yaxshi imkoniyat yuazaga keldi, deya olaman. O'zim uchun ko'p narsalarni bilib oldim. 

Mashg'ulotlarni yordamchilarimning qo'liga topshirib o'zim bir chekkada kuzatib turganim rost. Boisi, Toshkentdayoq nimalardir bo'layotganini payqagandim. Hozir shu kamchiliklarni ko'rib olganim yaxshi bo'ldi, chempionat boshlanganida esa kech bo'lardi. 

Bundan buyon mashg'ulotlarda ko'proq to'p bilan ishlashga etibor qaratamiz. Qilinadigan ishlarimiz ko'p. Mavsum startiga esa 25 kun vaqt qoldi. Menimcha kamchiliklarni bartaraf etishim uchun bu fursat etarli. Mening maqsadim bitta - jamoam aqlli va chiroyli o'yin ko'rsatib, bizga ishonayotgan viloyat rahbarlari, muxlislarni xursand qilish. 

Futbolchilar bilan o'tgan yig'ilishda mashg'ulotlarda ularga bergan ko'rsatmalarim asosida xatolarni, xarakterini yaxshi tomonga o'zgartirishlarini takidladim. Bu borada gaplashib oldik. Umid qilamanki hammasi yaxshi bo'ladi",- deydi No'mon Hasanov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика