So’nggi yangiliklar

14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  12 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0

No'mon Hasanov: “Qo'qon-1912”da moliyaviy tomondan kamchilik yo'q" Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Qo'qon-1912”da moliyaviy tomondan kamchilik yo'q"

“Dinamo” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Bugungi o'yinni ko'rdingiz. Har ikki jamoa shiddatli o'yin ko'rsatshga intilishdi.  Biz har doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. SHuning uchun bugun ikki ochko yo'qotdik deyishim mumkin. Bugun har ikki jamoa ham borini berib o'ynadi.

Uchrashuv durangga mos ravishda kechdi. Har ikki jamoada bittadan golga tortadigan vaziyatlar sodir bo'ldi, xolos. Maqsadimiz to'p o'tkazib yubormasdan bitta gol urish edi. Ammo biroz o'xshamay qoldi. O'zi negadir futbolchilarimiz o'z maydonimizda boshqacha, mehmonda boshqacha o'yin ko'rsatishmoqda. Mana, “Dinamo” ham o'z uyida yaxshi to'p suryapti.

Moliyaviy tomondan kamchiliklarimiz yo'q. Klub rahbariyatiga bu borada o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Mavsum boshida jamoa oldiga yaxshi o'yin ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilish maqsadi qo'yilgan edi. Hamon o'sha maqsadimiz o'zgarishsiz qoldi.
Ikkinchi davra arafasida jamoamizga to'rt nafar yangi futbolchilarni olgandik. Ularning barchasi mening ishonchlarimni oqlashmoqda. Yangi o'yinchilarimiz bizning oilamizga kirishib ketishdi. “Qo'qon-1912” jamoasini bir oila deb atash mumkin.

Vaqt o'tgani sari o'yinimiz yanada kuchayib borishiga shubham yo'q. “Dinamo”ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика