No'mon Hasanov: "Penalti qo'yilgan vaziyatga etirozim bor"
27 apr 2019 22:48
Yangiliklar


No'mon Hasanov: "Penalti qo'yilgan vaziyatga etirozim bor"
“Metallurg” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi No'mon Hasanov quyidagicha fikr bildirdi:
- Avvalo, “Metallurg” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Penalti qo'yilgan vaziyatga etirozim bor. Menimcha, bu vaziyatda qoida buzilmagan edi. Ikki jamoa o'yinchilari ham to'p uchun kurash olib borayotgan edi. Harakatda bo'lgan bizning futbolchi birdan to'xtab olmaydiku, axir.
SHogirdlarim bugun yaxshi o'ynashdi. Hisobni ochganimizdan keyin ularning kayfiyati ko'tarildi. Penalti bo'lmaganida ehtimol boshqacha hisob bo'larmidi, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
13:37
"Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda kambek qayd etgan o'yindan FOTOGALEREYA 3

Fikrlar