So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

No'mon Hasanov "Paxtakor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Yangiliklar

No'mon Hasanov "Paxtakor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi

Teglar :  Paxtakor
Murabbiylar shtabida mehnat qilib kelgan No'mon Hasanov bugundan boshlab "Paxtakor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Futbolchilik faoliyatida 4 karra O'zbekiston chempioni va 2 marta O'zbekiston Kubogi sohibiga aylangan Hasanov mamlakatimizdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sanalardi. Futbolchilikni tamomlagach, u faoliyatini murabbiy sifatida davom ettirishga qaror qildi. 2012 yil "Paxtakor"ning birinchi ligadagi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Hasanov o'sha yilning yozida yoshlar tarkibi ustozligini qo'lga oldi va yakunda jamoani mamlakat chempioniga aylantirdi. Keyin esa asosiy tarkib murabbiylar shtabiga jalb etilib, o'tgan yili chempionlik qo'lga kiritilishida hissa qo'shdi. Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishga kirishgani bois endi No'mon Hasanov "Paxtakor"ni boshqaradigan bo'ldi. Hozircha u bu lavozimda vaqtinchalik faoliyat yuritadi.

Biz No'mon Nurmatovichga asosiy jamoa ustozi sifatida faoliyati muvaffaqiyatli chiqishini tilab qolamiz.


No'mon HASANOV
Tug'ilgan sanasi: 10.02.1971
O'ynagan jamoalari:
1989-1990 "Avtomobilist" 34 (6)
1990 "Sohibkor" 7 (0)
1990-1993 "Paxtakor" 85 (25)
1995-1997 MHSK 101 (54)
1998 "Rubin" 8 (0)
1998 "Avtomobilist" 16 (2)
1999-2000 "Do'stlik" 47 (15)
2001-2002 "Nasaf" 36 (11)
2002-2003 "Do'stlik" 21 (0)
2003 "Qo'qon-1912" 12 (3)
2004-2005 "Traktor" 43 (13)
2006-2007 "SHo'rtan" 42 (5)
2007 "Traktor" 12 (2)
2008 "So'g'diyona" 17 (1)
2009 "Lokomotiv" 14 (0)
O'zbekiston terma jamoasida 23 uchrashuvda 4 to'p kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика