So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

No'mon Hasanov oliy liga tarixidagi eng kuchli hujumchilarni sanab berdi Yangiliklar

No'mon Hasanov oliy liga tarixidagi eng kuchli hujumchilarni sanab berdi

Teglar :  No'mon Hasanov
Kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov bir qator savollarga javob qaytardi.

No'mon Hasanov hozirgi futbolchilar haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"Biz paytimizda futbolni o'ylab o'ynardik. Hozir esa ko'p o'yinchilar robotga o'xshab qolgan. To'p ketidan doim behudaga yugurish shart emas. Futbolni kerak bo'lsa bir joyda turib aql bilan o'ynasa ham bo'ladi. Men hozirgi jamoani yiqqanimda boshida ko'p qiynalganman".

"Lekin o'zbek futbolining asosiy muammosi hujumchilarda deb o'ylamayman. Ko'proq darvozabonlar muammosi bor degan fikrdaman. Bizda yaxshi darvozabonlar faqat uch-to'rtta klubda bor, xolos. Masalan, Ignatiy Nesterovni olaylik. U haqiqatdan kuchli darvozabon va unga o'xshashini topish qiyin".

SHuningdek, "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi eng kuchli hujumchilarga to'xtalib o'tdi: 

"Oliy liga tarixidagi eng kuchli hujumchilarmi? Biz paytimizda kuchli hujumchilar juda ko'p edi. Ketma-ket sanaydigan bo'lsam, Igor SHkvirin, Jafar Irismetov, Oleg SHackix, Farid Xabibulin... bu ro'yxatni istalgancha davom ettirish mumkin. Ular nima uchun zo'r bo'lgan? CHunki ular vaqtida "ochilishni" va vaziyatlardan unumli foydalanishni bilardi". 

"Biz o'ynagan paytda bir-birimizga ko'p gapirib o'tirmasdik, qo'l harakati yordamida darrov bir-birimizni tushunib olardik. Afsuski, hozirgi hujumchilar bunaqa narsalarni bilishmaydi. O'z vaqtida bizga murabbiylar nimadir o'rgatsa tez qabul qilib olardik, lekin hozirgilar bir soat tushuntirsangiz ham xo'p-xo'p degani bilan ko'p narsani tushunmaydi. Agar bugungi oliy liga haqida gapiradigan bo'lsam, eng kuchli hujumchi Marat Bikmaev bo'lsa kerak". 

X.Xoliqov.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика