So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

No'mon Hasanov: “Navbahor” OCHLda ham bemalol o'ynay oladi” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Navbahor” OCHLda ham bemalol o'ynay oladi”

Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan Navbahor – “Metallurg” (1:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi No'mon Hasanov jurnalistlar savollariga javob berdi.

"O'zinglar guvoh bo'ldinglar, futbolchilarimiz ancha chiroyli va  hujumkor o'yin namoyish etishdi. Raqib bilan bo'lgan yakkakurashlarda ham ustun kelishdi. Ammo yaratilgan ko'plab vaziyatlardan foydalana olishmadi. “Metallurg”da esa adashmasam, deyarli xavfli vaziyat ham bo'lmadi. Gol urilgan holatda esa bekobodliklar darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga kiritishdi. O'yinning dastlabki 20 daqiqasidagi jamoamizning hujumini ko'rib, 2-3 ta gol uramiz, deb o'ylagandim.Biroq bu – futbol. Futbolda esa kutilmagan holatlar bo'lib turadi. SHunday bo'lsa-da, bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Vaziyatlardan samarali tarzda foydalanish borasida futbolchilar bilan ish olib borish lozim.

Men bir yo'nalishga amal qilaman. Ko'rdinglar, “Andijon” bilan o'ynadik, raqib jamoaning xatolari va yaxshi tomonlarini yigitlarga ko'rsatdim. “Metallurg”ning o'yinini ko'rib chiqdik, himoyadan hujumga o'tishlarini o'rgandik, bunga qarshi qanday yo'l tutish kerakligi bo'yicha ko'rsatmalar berdik. Avvallari jamoaga shu narsa etishmagan. 

Mabodo, futbolchi mashg'ulotga 5 daqiqaga kech qolsa, uni mashg'ulotga qo'ymayman. Futbolchilar bilan ko'p gaplashaman, ular hech qachon menga yomon munosabatda bo'lishmaydi. Buni bugungi o'yinda ham ko'rish mumkin edi. Birinchi 20 daqiqada juda chiroyli futbol ko'rsatishdi, maza qilib kuzatdim. SHunchaki, gol urolmayapmiz. “Metallurg” esa gol urilgan vaziyatdan boshqasida durustroq imkoniyatga ega bo'lolmadi, shuning uchun hozir futbolchilarimizni yomonlashga asos yo'q, ular yaxshi o'ynashdi.

Azizbek Turg'unboev va Igor Golban yaqinda terma jamoada o'ynab qaytishdi. SHunga qaramay, hozir bu futbolchilarni zaxiraga o'tqazib qo'yolmayman. Azizbekni zaxiraga olmoqchi bo'lib turganimda, Azimjon Ahmedov almashtirishni so'radi, shuning uchun rejalar o'zgardi. 

Turg'unboev yaxshi o'yinchi, shunchaki, himoyaga qaytishga ulgurmayapti. Uning poziciyasi bo'yicha ham ishlaymiz, uni hujumchi ortida o'ynatib ko'rishni rejalashtiryapman. Bugungi o'yinda esa tavakkal qilgim kelmadi.

Har doim standartlar vaziyatlar amalga oshirilganda 5-6 xil variantimiz bo'ladi, lekin ularni futbolchilarga aytsam, faqat 2-3 tasi esida qolgan bo'ladi. 

Jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi, vaziyatni o'zgartirish uchun vaqt kerak. Muntazamlikni taminlasak, yaxshi bo'ladi.

 Ruslan Bolov mashg'ulotlarda jarohat oldi, shuning uchun bugun qaydnomaga ham kiritilmadi. Javlon Ibrohimovning oilasida ro'y bergan voqeadan xabardor bo'lsanglar kerak, u ko'plab mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Uning holatidan kelib chiqsak, bunaqa vaqtda futbol o'ynamay turgani maqul. Javlonning nimalarga qodirligini bilaman, ayni paytda astoydil harakat qilyapti. Mashg'ulotlarda ishlashni to'xtatmasa, tez orada o'ziga kelib oladi, unga imkon beramiz. “Metallurg” bilan uchrashuvdan o'yinga tayyorligini aytdi, lekin men futbolchining ahvolini yaxshi bilaman. SHunga yarasha ish tutdim. 

Azizbek Turg'unboevning o'rniga SHohruh Mahmudhojievni maydonga tushirmoqchi edim, lekin Ahmedov boshi og'riyotganini aytib, almashtirishimni so'radi. Rejalar o'zgardi. 

Bugungi bahsda “Metallurg” safida jarima zarbasini yo'llagan Evgeniy CHumakning o'yini yoqdi. “Navbahor”dan esa Azimjon Ahmedov yaxshi o'ynadi. U poziciyasi almashganiga qaramay, juda yaxshi to'p surdi. Agar jarohat olmaganida, yaxshi bo'lardi.

“Navbahor” hozirgi tarkibi bilan kamida 2-3-o'rinlarda yurishi kerak edi. Mana, bir-ikki hafta astoydil ishladik, samarasini bugungi bahsda ko'rdinglar, ijobiy o'zgarishlar bor. Agar 1-2 oy avvalroq shu ish boshlanganda, bu jamoaning yanada kuchliroq futbol namoyish eta olishiga ishonchim komil edi. 

Mening o'zimga yarasha uslubim bor. Masalan, ayrim murabbiylar futbolchi to'pni qabul qilganida raqibni aldamaslikni so'rashadi. Mening bu boradagi fikrim o'zgacha. To'g'ri, o'z yarim maydonimizda aldash noto'g'ri, lekin oldingi chiziqlarda bunga to'sqinlik qilmayman. Ko'plab futbolchilarni aldab, jarima maydonchasiga kirsin, shunday mahorati bo'lsa, yomonmi? 

“Navbahor”da mahoratli o'yinchilar jamlangan, bu jamoa CHempionlar Ligasida ham bemalol o'ynay oladi. Kubok bellashuvlari boshlanguncha hali vaqtimiz ham, o'yinlarimiz ham bor. Har bir bahsda futbolchilar kuchayib borishadi va O'zbekiston kubogida munosib qatnashib, CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashamiz.

Ko'rasizlar, o'yin taraflama “Navbahor”da hali katta o'zgarishlar bo'ladi",- deydi No'mon Hasanov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика