So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

No'mon Hasanov: "Maqsadimiz O'zbekiston kubogida g'olib chiqish" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Maqsadimiz O'zbekiston kubogida g'olib chiqish"

Superliga 26-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor"(1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"CHempionat yakuni bilan barchani tabriklayman. Oldinda kubok o'yinlari bor. Unga tayyorgarlik davom etadi. O'yinni ko'rdinglar, chiroyli va tomoshabop tarzda o'tdi. Darvozalarga ikkita ajoyib gol urildi. Qo'lni tushirmaslik kerak, oldinda bizni kubok bahslari kutmoqda. Bunda har bir o'yinda kuchlilar aniqlab boriladi. Xatolar ham bo'ldi, buni ustida shlashda davom etamiz. Maydon holati ham yaxshi holatda. Futbolchilar pas oshirib, bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi", - deydi No'mon Hasanov.

- "Nabahor" mavsumni sakkizinchi o'rinda yakunladi. Endilikda maqsad kubokda g'alaba qozonib, OCHLga yo'llanma olishmi?

- Albatta, bu yilni boshida jamoa oldiga maqsad qilib qo'yilgandi. Maqsadimiz O'zbekiston kubogida g'olib chiqish. Final Namanganda bo'lib o'tadi. Kubok musobaqasi bunday qisqa bo'lmagan, shu bois imkoniyatdan foydalanishimiz kerak. 

- Klubda bosh murabbiy bo'lib qolsangiz, keyingi mavsumda jamoani yanada kuchaytirasizmi?

- Ha, kuchaytirish rejada bor. CHunki hali hamma narsani futbolchilarga o'rgatib bo'lganim yo'q. Birdaniga besh-oltita narsani o'yinchiga aytsam, o'zlashtira olmaydi. Vaziyatlardan samara chiqara olmayapmiz. Meni qiynayotgan jihat shu. Hammasini vaqti-soati bor. Bilasizlar, bu erda o'z vaqtida faoliyat olib borganman. Bu narsalar shu zaxoti kelmagan. Bazilar 2-3 yil vaqt oladi. Menga uch oylik tanaffus ham etadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика