So’nggi yangiliklar

22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  0 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  2 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  13 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  4 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  116 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5

No'mon Hasanov: "Lokomotiv" inqiroz holatida" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Lokomotiv" inqiroz holatida"

O'zbekiston Superligasi 5-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov hamda darvozabon O'tkir Yusupov o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun chempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushdik. O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv"da yaxshi jamoa shakllangan, ular buni uchrashuv davomida isbotlay olishdi. SHuni bilgan holda biz ochiq futboldan voz kechdik. Bir hafta davomida uchrashuvga qarshi hujum uslubida tayyorgarlik ko'rdik. Biz ko'proq dam oldik, "Lokomotiv" esa chempionlar ligasida qatnashdi. Biz ham yutsak bo'lardi, "Lokomotiv" ham g'alaba qozonishga yaqin keldi. O'z navbatida ikki jamoa ham ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. "Lokomotiv" ayni damda inqiroz holatiga tushib qolgan, bir necha uchrashuvdan beri g'alaba qozona olishmayapti. SHunday bo'lsa ham ular kuchli jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilayman.

Jamoamiz ham anchagina shakllandi. Birinchi bo'limda futbolchilarim qo'rqib o'ynashdi. Mashg'ulotlarda ishlagan kabi o'yinlarda ham shunday harakat qilish juda qiyin bo'lmoqda. SHuning uchun ham tanaffusda yigitlarga qo'rqmaslikni aytdim. Qilingan harakatlar zoe ketmadi, ikkinchi bo'limda yigitlar qo'rqmasdan o'ynashdi. Juda zo'r o'yin namoyish etishdi. Yana aytaman, ochiq futbol o'ynamadik. "Lokomotiv" bilan bunday futbol o'ynash juda qiyin. Ularning AGMK bilan o'yinini ko'rdim, bemalol 7-8ta gol kiritsa bo'lardi. Ularning omadi kelmadi. Jamoaning ko'plab futbolchilarini bilaman, ular juda kuchli.

O'tkir Yusupov: "Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. SHu boisdan jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiyning ko'rsatmalarini yaxshi bajargan holda durangga erishdik"

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика