So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

No'mon Hasanov: "Dastlabki 20 daqiqadagi o'yinni ko'rib 2-3ta gol uramiz deb o'ylagandim" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Dastlabki 20 daqiqadagi o'yinni ko'rib 2-3ta gol uramiz deb o'ylagandim"

Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan Navbahor – “Metallurg” (1:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi No'mon Hasanov jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O'yinni dastlabki daqiqalarini ajoyib tarzda o'tkazdik. SHu tarzda davom etib, 2-3ta gol uramiz deb o'ylagandim. Lekin "Metallurg" bitta vaziyatdan foydalanib, gol urib ketdi. Undan so'ng bekobodliklarda golga tortadigan vaziyat bo'lmadi.

Yana qaytaraman jamoa bir oila bo'lmasa, natija bo'lishi qiyin. SHaxsan o'zim harakat qilyapman barchasini yaxshi tarafga o'girishga. Men yangiman, vaqt kerak.

O'z asli o'zgarishlar boshqacha bo'lishi kerak edi. Biroq Ahmedovni majburan almashtirdik va rejalar o'zgarib ketdi. Menimcha bugun Azim yaxshi harakat qildi. Uni markaziy himoyada o'ynatib ko'rdim va o'yinidan qoniqdim. O'yin davomida olgan jarohati ham unga biroz halal berdi. Bolov mashg'ulotlarda jarohat oldi. Ibrohimov endi-endi tiklanyapti. Javlonni ham keyingi o'yinlarga tushiramiz.

Mashg'ulotlarda jarima zarbalarini qanday amalga oshirish borasida o'zgacha yondashyapmiz va sekin-sekin o'yinda ham sinab ko'ryapmiz", - deydi No'mon Hasanov.

Ergashev Asadbek yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика