So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  1 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

No'mon Hasanov: "Aslida 5-6 oyda o'rgatiladigan narsani bir oyda o'rgatdim" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Aslida 5-6 oyda o'rgatiladigan narsani bir oyda o'rgatdim"

O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "Navbahor"(0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uzoq masofa bosib kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Menimcha bugungi g'alaba ularniki bo'ldi. Pro liga vakili "Oq-tepa"ning o'yini yoqdi, qo'rqmasdan bir-biriga pas oshirib o'ynashdi. Biz ham shunday o'ynashni paslar bilan harakat qilishni yaxshi ko'ramiz. Yigitlarga rahmat aytaman. Raqibdan ustun keldik. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. SHu bizning kamchiligimiz bo'lib qolmoqda. "Oq-tepa"ga ham tashkilotchilik va ajoyib maydon tanlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman. 

Ko'rayotgan bo'lsangiz ko'p o'yinlarda shunday vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hamma narsani bittada o'rgata olmayman. Ular ham futbolchi, men ham insonman. Jamoa ko'ryapsizlar chiroyli o'ynamoqda, pressinglar qilmoqda. Yana o'rgatadigan narsalarim bor. Sekin asta men istagan o'yin yuzaga keladi. Aslida 5-6 oyda o'rgatadigan narsani bir oyda o'rgatdim. Futbolchilarning aqli ham bor, texnikasi kuchli. SHu bois tezda o'zlashtirishmoqda. 

Azim Ahmedovni jamoaga kelganimdan beri markaziy himoyada o'ynatmoqdaman. Birinchi bor 2013 yil jamoaga kelganimda ham o'shanda Azimni markaziy himoyadagi o'yinini ko'rgandim, jamoani Superligada olib qolgandik. Hozirgi vaqtda jamoa boshqaruvimga o'tganimdan so'ng birinchi o'yindanoq uni mudofaa chizig'iga o'tkazdim. 

Bu kubok musobaqasi. "Oq-tepa"ning "Xorazm" va "Turon" bilan o'yinlarini ko'rib o'rganib chiqdik. Ular yaxshi o'yin o'tkazmoqda. Biz bugun pressing qo'llab raqibga imkoniyat bermadik",- deydi No'mon Hasanov.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика