So’nggi yangiliklar

01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  1 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  1 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:43"Челси" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  7 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11

No'mon Hasanov: “Birinchi galda o'z oldimizga qo'yilgan maqsad va vazifalarimiz bor” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Birinchi galda o'z oldimizga qo'yilgan maqsad va vazifalarimiz bor”

Endi joriy futbol mavsumini sarhisob qilib, qo'lga kiritilgan yutuqlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni muhokama qilish mumkin.
Biz yaqin o'tmish o'zbek futbolining ko'zga ko'ringan yulduzlaridan biri, ayni paytda “Paxtakor-2” jamoasiga murabbiylik qilayotgan Numon Hasanov bilan ayni mavsum yakunlari, 1-ligadagi vaziyat, umuman, futbolimiz haqida suhbatlashdik.

- No'mon aka, bu yilgi futbol mavsumi shaxsan sizda qanday taassurotlar qoldirdi?
- O'ylashimcha, bu yilgi oliy liga bahslari avvalgilaridan farq qildi. Mavsum boshida ko'pchilik “Lokomotiv” klubining chempion bo'lishini taxmin qilgan edi. Tarkib bo'yicha olib qarasak, bugungi kunda haqiqatan ham “temiryo'lchilar” juda ham kuchli ko'rinyapti. Lekin hamisha ham yulduz futbolchilardan iborat jamoa chempion bo'lmasligi yana bir bor oydinlashdi. Bir yili Madridning “Real” klubida ham shunga o'xshash holat kuzatilgan edi. Ayniqsa, “Lokomotiv” jamoasining hal qiluvchi o'yinda “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergani alamli bo'ldi. O'sha “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv ko'pchilikka manzur bo'ldi. Afsuski, bunday yuqori saviyali o'yinlarimiz soni juda ham kam. Bu esa hamon futbolimizning salbiy ko'rinishlaridan biri bo'lib qolyapti. SHaxsiy fikrim, “Paxtakor” futbolchilari o'sha o'yinda kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozonishdi. Futbolchilar g'alabaga chanqoq, ko'zlari esa yonib turgandi. Yakunda ular haqli ravishda zafar quchishdi. Maydon egalariga aynan shu xislatlar etishmadi. Bu yilgi mavsumni umumiy olib qaraydigan bo'lsak, “Paxtakor” jamoasi haqiqiy chempionga xos o'yin namoyish etdi. Tarkibda yulduz futbolchilar bo'lmasligi mumkin, lekin bu jamoaning asl kuchini uning inoqligi, g'alabaga chanqoqligi, bir maromda o'ynashi va murabbiy ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishida, deb bilaman. Keyin chempionlikda Samvel Babayanning ham xissasi katta bo'ldi. Samvelni yaqindan bilganim uchun shunday deyapman. U bilan bir paytlar Respublika olimpiya zaxiralari kollejida birga tahsil olgan edik. Samvel futbolchilarni ruhiy jihatdan o'yinlarga tayyorlashni juda yaxshi biladi. O'tgan yilning dekabr oyidan boshlab futbolchilar ongiga chempionlik haqida singdirib keldi. Juda ko'p vaqti jamoa bilan birga o'tdi. Ko'rib turganingizdek, bu harakatlar o'z samarasini berdi. -

- Mabodo, oliy liga jamoasi murabbiylar shtabiga taklif etishsa, bunga rozilik berarmidingiz?

- Bu haqda ham o'ylab ham ko'rganim yo'q. Menga kelsak, bir necha oy avval “Paxtakor-2” jamoasini qabul qilib olgandim. Jamoamiz ikkinchi bosqich o'yinlarida yomon natija qayd etmadi, deb o'ylayman. O'yinlarimiz “CHilonzor” stadionida o'tkaziladi. Mashg'ulotlarimiz ham shu erning o'zida tashkil etiladi. So'nggi paytlarda mashg'ulotimizda ko'proq hujumchilar bilan ham ishlayapmiz. Jarima maydonchasi tashqarisidan boshlangan hujumni 6 soniya ichida yakunlash ustida ishlayapmiz. Hujumchilar masalasida muammolar bo'layotgani uchun ko'proq shunga etibor qaratyapmiz. Bizning asosiy vazifamiz o'rinbosarlar va asosiy tarkibga istedodli futbolchilarni etkazib berishdan iborat. SHu maqsad yo'lida ish olib boramiz. Tarkibimiz asosan yosh o'yinchilardan iborat. Birinchi liga bahslarida xatto 1999 yilda tug'ilgan o'smirlarni ham asosiy tarkibda maydonga tushirdik. Birinchi galda o'z oldimizga qo'yilgan maqsad va vazifalarimiz bor. Ulardan og'ishmagan holda harakat qilishimiz kerak. Qolaversa, o'rinbosarlar tarkibida ham futbolchilar tanqisligi kuzatildi. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining Osiyo chempionatida ishtirok etishi va bu jamoalarga “Paxtakor”dan bir necha nafar futbolchining taklif etilishi o'rinbosarlarimiz o'yiniga ham salbiy tasir o'tkazdi. Yakunda “Paxtakor” o'rinbosarlari o'zaro o'yindagi natijaga ko'ra, mavsumni 4-o'rinda yakunlashdi. Biz yosh futbolchilarni 1-ligadagi o'yinlar orqali pishitib boramiz. O'zi “Paxtakor-2” jamoasi shu maqsadda ham tashkil etilgan.

- Sizga murabbiylar shtabida kimlar yordam beryapti?

- Jasur Abduraimov katta murabbiy. Artem Petrosyan darvozabonlar bilan ishlayapti. SHuhrat Rahmonqulov esa jamoa boshlig'i lavozimida ishlayapti.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qachondan boshlanadi? Rejalarni tuzib oldingizmi?

- Hali yangi mavsumda qaysi lavozimda ishlashim aniq emas. CHunki, o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi sifatida mavsumni boshlagan edim. Keyin chempionat yakunlanishigan 7-8 tur qolgan bir paytda 1-ligadagi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandim. SHu bois, klub rahbariyatining qarorini kutishimga to'g'ri keladi. Agar qolgan taqdirimda 20 dekabr kunidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Aynan shu kuni o'rinbosarlar jamoasi ham tayyorgarlikka kirishadi. Asosiy chempion tarkibning mavsumga taraddudi 14 dekabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика