Noyer: “Bavariya” yanada yaxshiroq o'ynashi kerak edi”
06 noy 2013 11:23
Yangiliklar


Noyer: “Bavariya” yanada yaxshiroq o'ynashi kerak edi”
Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer, CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Viktoriya Plzen” klubiga qarshi o'yindan so'ng, uning jamoasi ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmaganligini aytib o'tdi, deb xabar beradi nemis OAV.
“Biz o'yinni ko'ngildagidek boshlay olmadik. Bu kabi jamoalarga qarshi o'yinda o'yinni boshqarib turib, erkin zonalar yaratish zarur. Bundan tashqari qanotlarni ham ishga solish kerak. Aynan qanotlardan gol urishimiz osonroq bo'ladi. Ushbu holatda Mario Manjukichni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi”, - deydi Noyer.

Fikrlar