So’nggi yangiliklar

19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   9 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  3 18:27"Қўқон-1912" навбатдаги йиғин учун Тожикистонга етиб борди  0 18:05"Наполи" "Ювентус" сардорини ўз сафига қўшиб олади  0 17:28Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Хоразм" нурсиз дурангга имзо чекди  2 16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  1 16:25Маъносиз йиғин  26 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  1 15:34"Зенит" Бразилия термаси ҳужумчисини ўз сафига қўшиб олади  1 15:15Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритган учрашув галереяси   0 14:29ПСЖ Доннаруммага ўринбосар топди  4 14:12Эшитдик-да! Сречко Катанец қандай касаллиги маълум  74 13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  3 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  10

Nodirxo'ja Yuldashev. “Paxtakor” – “Navbahor”. O'yin va o'yindan keyin. (VIDEO) Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev. “Paxtakor” – “Navbahor”. O'yin va o'yindan keyin. (VIDEO)

Kecha o'yinni yakuniga etkazib uyga qaytdim. Matbuot anjumani ham birinchilardan bo'lib, birinchilardan emas, to'g'ridan-to'g'ri (live) shaklida saytimizdan o'rin oldi.
Baxtiyor Ashurmatovning hakam manzili tomon aytgan har bir gapi tezkorlik bilan saytdan o'rin oldi. Ashurmatovning matbuot anjumani saytdan o'rin olib bo'lingan paytda, o'yinga oid fikrlarga ko'z yugurtirdim. Mening shanimga shunaqangi gaplar bo'lyapti-ki, vaholangki qolgan saytlarga qaraganda tezkorlik bilan matbuot anjumanini joylab bo'lgandik. Kechirasizlar-ku, o'yin tugashi bilan 2 daqiqa ichida Utkin ham tezkor tahliliy maqola yozib tugata olmaydi. Mayli, bu haqda keyinroq batafsil to'xtalaman.

O'yin. O'yinni hamma ham ko'rmadi.TVdan ko'rganlar bor, ammo TVda ham ko'rmasdan urush o'chog'iga “bomba” tashlab turgan o'quvchilarimiz ham bor ekan. O'yin tezkor gollar bilan boshlandi. Keyin “Navbahor” bor etiborini himoyaga qaratdi. Ko'plab vaziyatlarda maxsus o'yinni cho'zish operaciyasi boshlandi. Bunga hech qanday etiroz yo'q. CHunki Ashurmatov aytganidek, har kim futbolni kuchi etganicha o'ynaydi. Aksiga olib “Navbahor” klubi bugungi kunga kelib moliyalashtirilmayapti. Ashurmatovning kuchli psixolog va futbolchilarga avvalo do'st ekanligi “Navbahor”ning yaxshi o'yiniga sabab bo'lyapti.

Balki Ashurmatovning jamoasi yaxshi moliyaviy holatga ega bo'lganida yaxshi ijrochilarni olib hujumga ko'proq etibor berar, ammo hozirgi ijrochilarning psixologik holatidan kelib chiqib bu ishni uddalay olmaydi.

Avvalo o'yinga SHerzod Qosimovning bosh hakam etib tayinlanishi katta xato bo'ldi. Endi-endi hakamlikni boshlayotgan kishi uchun turning markaziy o'yinlaridan birini boshqarish katta bosim edi. Qizil kartochkalarga kelsak, birinchisida futbolchi sariq kartochka olganidan keyin hakamni so'kdi. Ikkinchisida esa kerak bo'lmagan paytda Rijko Krimecga tirsagi bilan tushirdi. Reglament bo'yicha ikki holatda ham qizil kartochka berilishi shart. Ko'pchilikda ikkinchi qizil kartochka etirozga sabab bo'lyapti. Garchand to'p Krimec va Rijko o'rtasida bo'lmasa-da, hakamlar qoidasiga ko'ra, jarima maydonchasi ichidagi har qanday to'qnashuv, agar u erda to'p bo'lmasa ham penalti bilan jazolanadi. Ammo, lekin, biroq...

Ammosi shundaki, birinchi vaziyatda u jiddiy o'yinda o'zi tomon ishlatilgan so'kinishni katta hakamlar darajasida qabul qildi. Bunday murosasiz o'yinda etibor bermasa ham bo'lardi. Ikkinchisida esa u to'p o'ynalayotgan nuqtaga etibor qaratganligi va Krimec/Rijko juftligini etiborsiz qoldirishi ham mumkin edi. Aslini olganda o'zbek futbolida hamma narsa mumkindek. Agar shunday bo'lganida, jabrdiyda “Paxtakor” bo'lib, hakamga “Navbahor” emas, hozir “Paxtakor” muxlislari tashlanishayotgan bo'lardi. CHunki VIDEO fakt ular tomonda! Videoni ko'rmaganlar shu gaplarimga qarshi gap yozishmasin. Rijko bir emas, ketma-ket ikki marotaba Krimecni tirsagi bilan urayapti. Bu erda na hakam, na Ashurmatov, na Babayani aybdor. Rijko so'nggi, 94-daqiqada extiroslarini jilovlay olishi kerak edi.






Men hakamlar borasida nima deyishim mumkin, hakamlar allaqachon oliy va birinchi ligani o'z qo'llariga olib bo'lganlar. Bunday bo'lishiga ko'proq favoritlar emas, quyi o'rinda yuradigan klublarning hotamtoyligi sabab bo'lgan. Bir klub rahbariga aytgan gapim esimda. “SHu pullarni "yaxshi bir  legionerga sarf qilsangiz bo'ladi-ku?”. Savolim javobsiz qolgan.

Mirabror Usmonov O'FF postiga kelganida birinchi bo'lib ishni hakamlarni tozalashdan boshlagan. Faxriylar ketib, maydonga yoshlar kirib keldi. Boshida chakki bo'lmadi, lekin 10 yil avval kelgan o'sha yoshlar bugun faxriy bo'lib ulgurdilar. Yana bitta tozalash ishlarini amalga  oshirib yuborsak chakki bo'lmasdi.

Odatda TV Toshentda bo'lib o'tadigan o'yinlarni efirga uzatyapti. Boshqa viloyatlarda shunaqangi “o'ldirish”lar bo'ladiki... Ammo bugun saytni qoralab, fisqu fasod tashlayotgan o'quvchi o'sha o'yinlarda jamoasi g'alaba qozonganida hech nima demaydi. Bizdan adolat talab qilishni biladilar. Men avval ham aytganman, hozir ham aytaman. Toki, har bir o'yinda betaraf fikrlay oladigan xodimga ega bo'lmas ekanmiz, biri qolib ikkinchisini to'liq tanqid qilmaymiz. CHunki futbolimizdagi asosiy qalloblik asosan viloyat klublarida bo'ladi. Boshqa viloyat jamoasida faoliyat olib borganimda shu narsaga to'liq amin bo'lganman. U erlarda na Magometov, na klub prezidenti, na boshqa bir mansabdorning gapi gap, u erda o'yinni hakam boshqaradi. Lekin hakamlar ham o'zlaridan-o'zlari bunday bo'lib qolmaydilar. Buning bariga klublar aybdor, ortiqcha mulozamat bilan erkalatgan aynan shu klublar bo'ladi. Hattoki o'zi chekadigan tamakisini olib bermasangiz, basharasi tirishadigan nazoratchilar bor. 

Bir amallab Bahrom Davlatovni futboldan badarg'a “qildik”. Bundan futbol nima yutdi? Futbol yutmadi, aksincha yutqazdi. OCHLda ishtirok etgan “Mashal”ning bugungi “Mashal”dan er bilan osmonchalik farqi bor hozir. Sarkisyanni to'ntargan “Neftchi” nimaga erishdi?
SA jurnalistlari toshkentlik deb kecha rosa men tomon mag'zava ag'darganlarga aytadigan gaplarim yig'ilib qolgan edi, bugun yorilmasam bo'lmaydi. Demak:

Komentni muxlis bazan o'ylamay, bazan tuhmat, bazan ehtiros bilan yozadi. Lekin yoshi katta, aqli joyida bo'lganlarning gapi odamni shunchalik xafa qilib yubordiki... ayniqsa, farg'onalik o'quvchilar dilni og'ritdilar. Kechaginia Fyodorov va Saidov uchun rahmat aytayoganlar, bugun o'zlarining jamoasi bo'lmagan va saytimizga bir tiyinlik aloqasi bo'lmagan kishilarni deb shaxsiyatimga tegdilar.

SHu erda bir narsani yodga olib o'tmasam bo'lmaydi.
9 fevral kuni “Lokomotiv” o'z maydonida “Quvayt SK”ga mag'lub bo'ldi. Rosa achingan edim. CHunki “Loko” safida ko'plab tanishlarim bor. Umuman olganda tanishim yo'q jamoaning o'zi yo'q. O'yin tugadi, uyga qaytar ekanman, “ertaga albatta buvimni ko'rib kelaman” dedim. Xudo dilimga solgan edi. Buvim 82 yoshga kirganlar, ancha tetik edilar. SHu yoshga kilib hassa tayanmaganlar. Uyga kelib suratlarni qo'ydim. Bir payt tvitterda he yo'q, be yo'q bir bola men tomon “qiliq” gap qildi. To'g'risi hech kimga, hech nima demagan edim. Keyin unga yana bir sherigi qo'shildi. Dilim xira bo'ldi. Kun bo'yi o'ylab yotdim. Faqat menda shunaqami desam, boshqalarda ham shunday bo'lar ekan. Yuragi bor kishi borki, noo'rin urush chiqsa ancha vaqtgacha yuragi g'ash bo'lib yuradi. Xullas yurak g'ash, buvimni ko'rish uchun borishga kayfiyat yo'q. Bormadim ham. Va ertasi kuni hayotimdagi eng nafratli kun bo'ldi. Buvim og'ir ahvolda kasalxonaga tushdilar. Mahallada bir oilaning uyiga tinchlantirish uchun chaqirilgan ekanlar. Qaytib chiqib, birovning oilasini tinchlantiraman deb o'zlariga qattiq olib yuborgan ekanlar. Kechqurun “infarkt” bo'ldilar. Agar o'sha tvitter bo'lmaganida, o'sha tvitterdagi koment bo'lmaganida men ertasi kuni buvimnikiga borishim mumkin edimi? Ha, mumkin edi. Nabirasi kelgan buvim men bilan chalg'ib qo'shni xonadonga chiqmasligi mumkin edimi, mumkin edi va nihoyat so'nggi jumlam, buvim hozir hayot bo'lishlari mumkin edimi? Albatta, mumkin edi. To'g'ri har bir o'limga biron narsa sabab bo'ladi, lekin 10 kun avval bizning uyimizda otam va onamning tug'ilgan kunlari mehmon bo'lib ketgan buvimni men aynan shu tvitterdagi fisqu fasodni deb ko'ra olmadim, armon bo'ldi menga buvimning so'nggi marotaba chehrasini ko'rish.

Bir so'z bilan borsan, bir so'z bilan yo'qsan deb bejizga aytishmaydi. Bitta gap bilan kishi bilmasdan sheriginining yuragiga nayza sanchishi mumkin. Komentlardagi kechagi urishni eslasam, yaqindagina yo'qotgan buvimni xotirlayman. Men hayotimni shu futbolga ko'ndalang tikib bo'lgan kishiman. Birovga tuhmat yozmasam, birovni bekorga haqorat qilmasam. Futbolchi va murabbiylar tomonidan tahqirlansam-da, shu sayt uchun jonimni bersam, men aybdormanmi? Yoki kechagi o'yinni men boshqardimmi? Hakamlarga eshikni men ochib berdimmi?

Balki ishonmassiz, qashqadaryoliklardan ham kecha kishi xafa bo'lib ketdi. “Nasaf” muxlislari nimalar deyishmadi. Ziyodulla Safarovdan so'rang tanisangiz. “Voha.uz” saytining tashkilotchilaridan biri. Buxorodan qaytib, ertasi kuni Qarshiga yo'l olishim kerak edi. Ammo ayolim og'ir holatga tushib qolib zudlik bilan kasalxonaga yotqizdik. Meni Qarshida kutib olishni reja qilgan Ziyodulla akaga bora olmasligimni aytdim. Ammo ayolim kasalxonaga yotgan bo'lishiga qaramay, uning yonida turishim kerak bo'lmasin, Qarshi tomon yo'lga chiqdim. Maqsadim faqatgina “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvini tomosha qilish emas, Yakkabog'ga borib Kamoliddin Kenjaev bilan uchrashish va unga yordam qilish maqsadida tadbir o'tkazish dasturini ishlab chiqish edi. O'zimning ayolim dard bilan olishayotgan paytda men, menga butunlay begona bo'lgan kishining dardi bilan yo'lga chiqqan men aybdormanmi kechagi o'yinga? O'chirsang o'chir, nima qilsang qil, sen “paxtachisan” degan faxriy yuzerlar oldida kechagi o'yinga men aybdor bo'ldimmi hali? Qarshiga kelganimni ko'rib Ziyodulla aka hayron bo'ldi, “Axir ayolingiz kasal edi-ku”, - deya meni qarshi oldilar.

Yana bir voqeani yod olaymi? Bobomni ham so'nggi marotaba ko'rish 29 nabira ichida aynan menga armon bo'lgan. CHet eldagi musobaqalardan biriga ketishdan avval meni ilk marta stadionga olib kirgan bobom og'ir ahvolda edilar. Lekin, xalq oldidagi masuliyat bor edi. Har kuni uy bilan bog'lanaman. “Bobom tuzukmilar?”... Qaytib kelgan kunim kechagidek yodimda, buvim rahmatli, bobong seni so'rayaptilar deb qoldilar. Meni bobomning oldilariga olib kirishdi. Buvim esa, “dodasi, ana Nodirni so'ragan edingiz keldi” deb yig'lar edilar. Oradan ko'p o'tmadi, meni ikki hafta kutgan bobom 8 soat o'tmay jon taslim qildi. Meni kutdi bobom, men bilan yoshlikdan futbol ko'rgan bobomni, men aynan shu futbol deb so'nggi suhbatini ololmadim.

Xizmat tufayli yaqinlarim menga armon bo'lyapti. Yana men yomonmi? Boshqalarga o'xshab o'yinni TVdan ko'rib sharh yozsam yaxshi bo'ladimi? Internetdan malumot qidirib maqola yozaymi? SHunda men yaxshi bo'lamanmi? Hozirgi o'quvchi haqiqatni yozsang, “paxtachi”, aksincha tuhmatni bo'rttirib yozsang “haqiqat” deb tarif beradi. Yo'q, futbol siz kuzatayotgandek rost emas.

Keyin saytimizdagi xatolarni aytishadi? Qani bironta mard bormi “kel, men tekinga yordam beraman” deydigan. SHu ikki hafta ichida Qo'qon, Buxoro, Farg'ona, Qarshi shaharlarida bo'ldim. Qaerga bormay taklif bildiraman. Bir oyda bir 100 nafar muxlis 10 000 so'mdan yig'sa o'sha viloyatini tubdan yoritib bera oladigan shogirdlarni tayyorlashimiz mumkin. Biz klublarga o'xshab moliyalashtirilmaymiz. Sayt o'quvchilari ichida birr nechta mashinasiga egalari bor. Lekin hech kim bizga yordam qo'lini shu kungacha cho'zmadi, nega bizdan natija talab qilishadi? Biz qo'limizdan kelganicha ishlayapmiz. Bundan ortig'iga mablag'imiz ham, kuchimiz ham etmaydi.

Sizni onangiz qanday qiyinchilik bilan tuqqanini tasavvur ham qila olmaysiz. Faqatgina ayolingiz homilador bo'lib, so'nggi oylari yaqinlashayotganida sal pal tushunasiz. Kecha komentlarda o'quvchilar ota-onalarimiz tomon shunday gaplarni yozishdi. Ularga shu maydonni yaratib berganligim uchun o'zimni koyidim. Yuragim hamon g'ash. Qo'rqqanim uchun emas, ona-onalarimiz arzimagan bir futbolni deb yosh bolalalardan haqoratli gaplarni o'zlarining manzillari tomon qabul qilib olayotganlari uchun yuragim g'ash. Kecha yoppasiga qadrdon yuzerlarni o'chirar ekanman, xuddi biron bir erim uzilayotgandek bo'ldi. SHunaqangi alam qilar ekan. Yopib yuboray shu saytni deysan. Buvim vafot etganlaridan keyin qaytib tvitterda yozmayman deb o'zimga vada berdi va vadamni bajaryapman.

Siz ham koment yozib birov va o'zingizning yuragingizni g'ash qilmang, keyin bir umr armonga sabab bo'ladigan holatlarni boshingizdan kechirishingiz mumkin.

Yana bir narsa, futbolchilar maydonda qanchalik tortishishmasin, murabbiylar. Ammo ular echinish xonasiga kirib bo'lganidan keyin quchoqlashib chiqib kelishadi. Kecha ham Baxtiyor Ashurmatov o'yindan keyin Babayan bilan borib ilq xayrlashdi. Biz esa bu erda tarbiyasizlarcha saytni bulg'aymiz. Inson insonga do'st. Meni shaxsiyatimga teginmang! Borib o'sha hakamga murojaat qiling.

Kecha soxta yuzerlar ham paydo bo'ldi. Hattoki bazi klub xodimlari ham shunday iflos ishga qo'l urishganini ko'rdim. SHu fursatdan foydalanib tvitterida biz tomon xotin kishi kabi munosabatda bo'layotgan futbol kishilariga so'nggi gapim, Futbol erkaklar o'yini!



Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика