So’nggi yangiliklar

11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  3 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  14 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  2 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  23 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3

Nodirxo'ja Yuldashev: "Hozirgi translyaciyalarga ko'nikishga majburmiz" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Hozirgi translyaciyalarga ko'nikishga majburmiz"

Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev VAR masalasiga to'xtalib o'tdi.

"Ko'pchilik tushunmasligi mumkin, nima uchun VAR bazi o'yinlarda yo'q bo'lib qolyapti. 

Avvalo, VAR bevosita Sport TVga o'yinni to'g'ridan-to'g'ri uzatib beradigan ko'chma stanciyaga ulanadigan texnologiya. U erdan signalni oladi va qonun qoidaga asosan uni hakamga taqdim etadi. 

Aslida bizdagi VAR sifatsiz emas, shunchaki MTRKning bugungi futbol o'yinlariga chiqayotgan ko'chma stanciyasining imkoniyati bu. SHuning uchun bizda chetda bo'lgani kabi turli nuqtalardan "povtor" bera olmaymiz. Mana shu ko'plab etirozlarga sabab bo'lyapti. Kamiga MTRKning yil davomida tadbirlari bisyor, bu yilni olsak, Navro'z bayrami, Mustaqillik, shu kunlarda Samarqanddagi SHOS. Bu erda ham, aynan Superliga o'yinlarida ishlaydigan KTS (PTS) ishlaydi. SHuning uchun ayrim tur o'yinlarida VAR yoki to'g'ridan-to'g'ri efir yo'q. 

Masalan, Rossiyada Match TV chempionatning egasi, ammo KTSlar Match TVniki emas. Ular buyurtma asosida translyaciya qilib beradilar. OFK yaqinda O'zbekistonda o'tkazgan Osiyo chempionatiga Turkiya kompaniyalaridan birini yolladi. U erlarda raqobat juda katta, nafaqat TVlar o'rtasida, balki KTSlar ham raqobat qiladilar. 

Bizda hozircha hech kim, hech bo'lmasa 8 ta kamerali shaxsiy 2 ta KTSga ega emas. Aslida shaxsiy kompaniyaning xizmatidan foydalanish uchun nafaqat 2 ta, kamida 3 ta KTS kerak bo'ladi. Sababi qaysidir kun bizda 3 ta o'yin bo'ladi. 2 ta PTSni deb, chempionatni 4 kunga bo'lish mantiqsiz. 

3 ta KTSning har birida 15 kishidan xodim ishlasa, 45 kishi degani. O'rtacha 6 mln maosh deylik, yana kompaniyada 10 nafar xodim. Oyiga maoshning o'ziga 330.000.000 so'm. 1 yilga deyarli 4 mlrd pul. Bu faqat maosh. 3 ta KTS ishchilarini safarga yuborish, masofasiga qarab mehmonxona Xarajati bor yana. 

Bu tizim ishlashi uchun Sport TV yoki Futbol TV kamida 1 yilga 12-15 mlrd pulga tadbirkorga buyurtma berishi kerak (yuqoridagi kompaniya faqat xodimlar maoshini hisoblamaydi, texnika, "komandirovka" va o'zining foydasi ham bo'lishi kerak).

Lekin bizning reklama bozorimizdan kelib chiqsa, hech bir kanal hozir bu "risk"ka qo'l urmaydi. SHuning uchun hozirgi translyaciyalarga ko'nikishga majburmiz", – deydi Yuldashev.

Coca Cola Superligasi 18-tur uchrashuvlarida VAR ishlatilmasligi mumkin

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика