So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Nodirxo'ja Yuldashev va "CA" o'quvchilari bilan bo'lib o'tgan konferenciya savol javoblari Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev va "CA" o'quvchilari bilan bo'lib o'tgan konferenciya savol javoblari

"Championat.asia" sayti o'quvchilari tomonidan, loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev tomon berilgan savol javoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.


galaktikos: Assalomu aleykum Nodirxo‘ja aka!
Savolim shundan iboratki Ufa hamda Vadim Abramov o‘rtasida qandaydir kelishmovchilik bormi?
Agar yo‘q bo‘lsa nega bironta yosh toifadagi terma jamoalarimiz taklif qilinmayapti?Axir hamma yaxshi biladiku Abramov qanday saviyadagi murabbiy ekanligini.Agar shunga oz bo‘lsada izoh berolsez juda xursand bo‘lar edik.Javob uchun oldindan rahmat!!!

- Ayni paytda yo'q. MTJ o'z "egasini"ni topdi, OTJ ham. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarini boshqarish uchun bolalar futbolini yaxshi bilish kerak. Menimcha Abramov yana o'z so'zini aytadi.

SHURTANNEFTEGAZ: Assalomu alaykum Nodirxuja aka, Man kashkadaryo farzandi SHaxboz Begamovni makolalarini ukib borardim. Kuni kecha esa ...Sergeev... degan makolangizni ukib sizni kanday jurnalist ekanizni tushindim. Siz bn goyibona yozishayatganim yaxshi buldi. SHu savolimga keladigan bulsam kuyidagicha,2019 yildan etiboran Superliga 2-boskichda ochkolarni xisoblab emas,aksincha noldan boshlasa bulmasmidi? Xar xolda barcha jamoalar bunga rozi bulishardi.SHuni uz vazifangiz doirasidan kelib chikkan xolda PFL ga taklif kiritsangiz nima deysiz?

- O'sha kommentingizni o'qigan edim. To'g'risi xursand bo'ldim, saytimizdagi xodimlani o'sayotganini yuzerlardan eshitib. O'zimga kelsak, yana katta maqolalarga qaytamanmi yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi. Lekin endi yana sayt bilan birga bo'laman. Ko'p narsa insonni charchatar ekan. Superliganing keyingi taqdirini 2-3 kishi emas, o'sha ligada qatnashayotgan barcha murabbiy, sardorlar, va rahbarlar hal qilsa adolatli bo'ladi!

Nurbek: - Salom Nodirxo'ja Yo'ldoshev. Men sizni O'zbekistondagi eng kuchli jurnalistlardan biri deb xisoblayman. Oxirgi paytlarda saytda PIAR sarlavxali maqolalar ko'payib ketdi. Ichiga kirib o'qisangiz, shunchaki chalg'ituvchi sarlavxaligini ko'rib asabingiz buziladi. Menimcha bu saytning obro'yini pasaytirib yuborayapti. Buni kommentlarni o'qib ham bilib olish mumkin. Sizning bu haqida fikringiz menga judayam qiziq. Javobingiz uchun oldindan raxmat. Kelgusidagi ishlarizga rivoj tilayman.

-Afsuski, futbol saytlari (qolganlar ham) ishlayotgan bir paytda, unda reklama kam. Katta kompaniyani reklama bilangina saqlash mumkin. Hozircha bizning futbol mahalliy tadbirkorlarni qiziqtirmayapti. Siz aytayotgan uslub marketing deyiladi. Xullas yaxshi bo'lib ketadi... SHaxsiy etirof uchuchn sizga katta rahmat. Sizni ham eski yuzerlardan biri sifatida hurmat qilaman. 

fc Surxon: - Assalomy aleykun nodirxoja
Savol: nega federatsiya vakillari va siz surxon vohasiga kelmaysilar shu kungacha federatsiyadan biror kishi surxondaryoga kelmadi surxon futboliga qachon federatsiya tomonidan qiziqish boladi ozbek futboli vodiy futbolidan iboratmasmku?

- Va alaykum assalom. Ro'za oyida Surxondaryoga tashrif buyurdim. Bu haqda hudud futbol vice-prezidentiga xabar berdim. Yaxshi hamki Boysunda Fazliddin ukamiz bor. O'zi aylantirib chiqdi katta viloyatni. Deyarli barcha tumanlarda bo'ldim. Yig'laganim shunda bo'ldiki, Sizlarda Toshkentda yo'q tabiiy maydonlar to'lib yotibdi. Ammo murabbiylarning saviyasi, musobaqalarning kamligi juda katta muammo. Aynan shu muammoni echishimiz kerak. "Evropaga yo'l" loyihasi 2019 yil 5ta viloyatda sinaladi. Bular, vodiy, Samarqand va Surxondaryo. Qolganlarida ham bo'ladi. Keling, avval sinov tariqasida ishni boshlab yuboraylik. Uyog'iga xudo poshsho.

Fanat Barselona: Assalomu aleykum Nodirxoja aka. Savolim bu mavsum chempionatimiz saviyasi ancha oshdi deb bemalol ayta olaman. Bo‘lajak chempionlar ligasida jamoalarimizning ishtirokini qanday bo‘ladi deb o‘ylaysiz? Natijalarimiz yaxshilanarmikan? Yana bir taklif namanganda Navbahor ishtirokidagi o‘yinlarga tushkanligiz aniq Terma jamoamizning biror bir o‘rtoqlik uchrashuvini namanganda tashkil qilish fikriga qanday qaraysiz?

- Va alaykum assalom. Bu mavsum chempionatni ko'p ham kuzatmadim. Kecha "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yiniga bordim. "Bunyodkor" uchun bu chempionlik yo'lidagi so'nggi imkoniyat edi, "Lokomotiv" esa "Paxtakor"ni yaqinlashtirib qo'yardi. SHuning uchun ham bu o'yindan rohat oldim. Namanganga kelsam, shahar juda ko'zal, ajoyib stadion. Faqat katta terma jamoalarni qabul qiladigan dahshat mehmonxona etishmayapti. Yaqinda borganimda "Mashrab" bog'ida boshlangan qurilish ishlarini ko'rdim. Aytishdi-ki, u erda bir nechta 5 yulduzlik mehmonxonalar bunyod etiladi. Hozir MTJlar juda injiq bo'lib ketgan. SHuning uchun ularni viloyatlarga taklif qilish muammo. O'FAga qolsa, barcha o'yinlarni viloyatlarda o'tkazardi.

ziyodulla: savol nodir hoja aka assalomu alekum sevimli futbol jamoagiz va futbolchingiz

- Va alaykum assalom. "Barselona", lekin bugungisi emas. Bugungi "Barselona" - "Real" bu marketing. Menga Klyuvert va Rivaldo paytidagi "Barsa", Ronaldo davridagi "Inter", Anrining "Arsenali" yoqardi. O'zimizga kelsak, "Paxtakor" orqali men shakillandim. SHu jamoada ancha yil ishladim va ko'p narsa o'rgandim. Bolalar futboliga mexrim ham aynan shu klub akademisida tushdi. O'zbek futbolchilardan Odil, Geynrix, Kapadze va Qosimovni ham futbolchi, ham shaxs sifatida juda qattiq hurmat qilaman.

Tulqin Hayitov: Salom Nodirxuja. Saytda chet el futboliga oid yangiliklar kup, uzimizni futbol xakida kuprok malumotlar berishni iloji bormi?

- CHunki klublar matbuot xizmatiga, so'nggi shaxs sifatida qaraydi. G'isht zavodga ham. cement zavodiga ham, loy qorishga ham MKlar. Qachon klublar matbuot kotibiga ODAM sifatida qarab, maoshlarini yaxshilab, huddi o'zi uyga nima bozor qilayotgan bo'lsa, MKsi ham oilasiga shunday bozor o'char qiladigan darajaga chiqadi, shunda mahalliy klublarga oid xabarlar ko'payadi. Biz asosan xorij yangiliklaridan foydalanamiz. Buning bariga sabab, xorijda matbuot kotiblariga SHAXS sifatida munosabatda bo'lishi rahbarlarni. Afsuski, hozircha bizda unday emas.

UZFOOTBOL: Salom Nodirxuja . Menda bir taklif bor . Uzbekiston da turta terma jamoa tuzib yani Poytaxt , Voxa , Vodiy va x.k uzaro uyinlar utkazib keyinchalik shu termalardan milliy terma jamoasi tuzilsa xar bir chizikda kamida 2-3 tadan tanlovga uyinchi bulardi. Buni minus tomonlari xam bor lekin bu xam bir fikir.

- Bu tizimni ishlab chiqqan edim. Aslida eng to'g'ri yo'l ham shu. Hozir yoshlar va o'smirlar terma jamoasi bor o'yinchidan tanlanadi. Siz aytayotgan tizim orqali esa, tanlanganlar ichidan tanlaymiz. Bu sifatli bo'ladi. Aynan shuning uchun 2001 va 2004 yillarda tavallud topgan jamoalar musobaqasining aksar harajatlarini O'FAda o'z bo'ynimizga olishimiz kerakligini aytdim. Sababi puli bor emas, o'yini bor bola musobaqaga kelishi kerak edi. Natija chakki bo'lmadi. Xorazmdan bir yigitcha terma jamoaga tushdi. Bu bola uchun 1 hafta avval tema jamoa orzu edi. Agar bu ishni biz 9-10 yoshdan amalga oshirsak, terma jamomiz qiyinchiliksiz JCHga chiqadi.

JAXLING chiqganda AQLING ketmasin: Taklif: Xar bir viloyatda akademiyalar tashkil etishi ko'zda tutildi. shu akademiyalar 12 viloyatda 1 tadan dib xisoblasek tabiyki 12 ta jamoa. Kelgusi yillarda yani 2020-2022 yilgacha ushbu akademiyalarda xar bir yosh toifasida U10 U12 U14 U16 yoshlilar terma jamoalarini tashkil etib o'zaro O'ZBEKISTON LIGASI tashkil etish taklifiga kanday karaysiz. Agar shunakangi LIGA tashkil etilsa bizda kamida ushbu terma jamoalardan 2ta Milliy terma jamoaga etarli nomzod futbolistlar etishib chikadi. SHaffoflik bulsa bas.

Maqsad ham shu aslida.

johart: ASsalom aleykum.Aka ufadan nega ketganingizning aniq sababini ayta olasizmi

- Erkin ishlay olmadim. Qolaversa, saytda biron narsa chiqsa menga boshqacha ko'z bilan qarashlar ko'paydi. Bir paytlar saytga shogird bo'lib kelganlarni gapi esa oshib tusharkan. Keyin bir inson juda qattiq dilimni og'ritdi (U.A emas). U bilan qiyomatda hisob kitob qilaman.

OYBEK REAL FANATI: Assalomu alaykum. Nodirxo'ja yaxshimisiz. Bir taklifim bor edi. Iloji bo'lsa REAL///BARSA xaqidagi xabarlarni aniq bo'lgandan keyin chiqarsalaring. Nixoyatda janjal ko'payib ketyabdi. O'zaro xurmat qolmayabdi. Keyin "admin"larga xam aytib qo'ysangiz imlo xatolariga etibor bersinlar besh minut kech chiqsa xam xabarlar xatosiz chiqsin. Bu shunchaki taklif va iltimos xolos. Ishlaringga omad tilayman.

Ishoning, "admin"larni maqsadi jan-jal boshlash emas. Lekin aksar o'quvchilar o'z vatandoshini ajnabiylarni deb dilini xira qiladi. Barcha davlatlarda ular haqidagi xabarlar ko'p, lekin bizni oldimizga birontasi tusha olmasa kerak bahslashishda.

Navbahor chortoq: Nodirho'ja aka Namangandagi iqtidorli bolalarni ko'zingiz bn ko'rdingiz,bizda bunday talantli bolalar judayam ko'p ayniqsa bizni tumanimizda, mening savolim shuki, oilaviy sharoti cheklangan bolalarga alohida e'tibor berish borasida qanday rejalar bor futbol assotsiatsiyasida.

Ulug'bek haqidagi maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak. Namanganda Ulug'bekdakalar to'lib toshib yotibdi! Ishoning, shu uchun ham 2019 yil Vodiyga katta yurish qilamiz. O'ylaymanki, buni vodiydagi uch hokim qo'llab-quvvatlaydilar. Vodiyni o'zidan bitta terma shakillanadigan darajaga chiqa olishimizga ishonaman.

CSRJ: Assalomu Aleykum! Siz yosh fudbolchilarimizni xorijiy klublarga (Yevropa) jo'natish loyihalarini ham qila olasizmi? Shart emas Real Madrid yoki Barselonaga.

- O'zbekistonlik futbolchini kuchli beshlikda ko'rishni barchamiz orzu qilamiz. Lekin, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Franciyaga qilgan safarlarim va u erdagi tizimni ko'rib amin bo'ldimki, bu juda qiyin. 14 yoshgacha biz zo'rmiz, rostan! Keyin ulanish bosqichi ishlamayapti. SHuni ishga tushirib yuborishimiz kerak. Hozir Xayrulla Xoliqov Latviyada bo'lib turibdi. Hamkorlarimiz bilan birga. Sekin sekin asta Evropaga yo'l ochib olamiz. Bu borada, "EVROPAGA YO'L" loyihasi haqida yaqinda tanishasiz. O'ylaymanki, uni hamma qo'lla-quvvatlaydi.

Sherzod Bek Man Utd: Championat.asia sayiti mobil ilvasini chikarish niyatilar bormi

- Albatta, hozir shuni harakatidamiz.

Muxlis: Nodirxuja akaga xurmat saklagan xolda shuni takidlash lozimki bu inson yoki federaciyada ishlashi kerak yoki klubda ishlashi kerak. Bu ikki lavozimda faoliyat yuritish mantikka tugri kelmay koladi. Xozirgi kunda federaciya ning ishi bilan Odil junior klubining ishi aralashib ketdi

SHahar chempionati davom etayapti. Odil Junior esa o'z homiylari yordamida boshqa musobaqalarni ko'paytirayapti. Buni nimasi yomon? Federaciyada ishlayman deb, xalqaro aloqalarni to'xtatib qo'yishim kerakmi? Yo'q albatta. Klub faqat men tomonimdan nazorat qilinmaydi. U erda katta guruh ishlaydi. Qolgan klublar ham o'z tarbiyalanuvchilari uchun musobaqalar tashkil qilib turishi kerak. Lekin Siz buni ko'rayapsizmi? Ko'plab murabbiylarga aytaman va vaqtim yo'q degan javobni olaman. Yaxshi bitta jamoani shakillanishi yomonmi? Yo'q albatta. SHahar federaciyasidan esa istagan paytim ketishim mumkin. Oson deb o'ylamang. SHahar federaciyasi joylashgan binoni ko'rsangiz, u erda ishlayotganlarga rahmat aytasiz.

Like: Assalomu alaykum Nodirxoja siz yana chm. asiaga, qayttingizmi? Shunday bolsa sizdan yana super maqolalar kutamiz. Bolalar fudbolichi u nima boladi Kim shugullanadi endi?

- Ha. Lekin bolalar futbolidagi faoliyatim davom etadi. Menga ertalab 9da kelib, kechasi 18:00da ketadigan ish yoqmaydi. Bolalar futboli bu erkinlik degani, stadionlarda yurish, selekciya, musobaqa, chang to'zon degani. Viloyatlarga borib bitta kubok va medalni bersangiz, o'shanda tushunib etasiz nimalarni his etishni. Bolalar futboli bilan aynan bir tashkilotniki emas. U hammamizniki, kuni kecha Prezident aynan viloyatlarda ommaviy musobaqalarni ko'paytirishni aytib o'tdi va men bu ishni jon dilim bilan qilaman.

Buxorolik: - Achik bulsa xam xakikat bir savol bor edi Kachongacha Paxtakor kamandasiga yon bosasizlar S.A xodimlari?

- Agar kommentlarni o'chirish haqida aytayotgan bo'lsangiz, hech kimni, hech qaerda haqorat qilishga haqqi yo'q. Agar biron maqolada "Buxoro"ni yomonlab, "Paxtakor" olqishlansa to'g'ri, shunday fikr bildirishingiz mumkin. Biz barcha klublarga aytamiz hamkorlik qilish bo'yicha. Masalan "Buxoro"ga umuman qiziq emas matbuot bilan ishlash. Bu yilar davomida bo'lib kelgan. Qancha kam axborot, shuncha kam tanqid qabilada ish qiladigan klublar aslida bisyor. 2 yildan beri viloyatlardan muxbir izlaymiz, sidqidildan ishlaydiganlari yo'q. 

MDoniyorov: Savol:nega superliga klublarning transfer siyosati sir tutiladi. Futbolchilarning shartnomasi summalari

Biz biladigan Ronaldu va Messining summasi. Yoki transfer narxlar ham aslida matbuot tomonidan o'ylab topilan summalar yoki mish-mish. SHu paytgacha biron futbolchining shartnomasini ko'rmadim, xorijdan. Summalarni berkitish, xalqdan oylikni yashirish emas. Topiladigan pul bu avvalo olloxning rizqi. Summani yashirishdan maqsad futbolchilar o'rtasidagi munosabatni buzilmasligi. Masalan Eshmat 1 mln so'm oladi, Toshman 600 ming. 5 ta turdan keyin Toshmatni o'yini chiqdi, Eshmatniki yo'q. Nega men, undan kam maosh olaman degan gap so'zlar boshlanadi. Xullas, ishonavering, 10 yil klubda ishlagan xodim sifatida aytaman, bu to'g'ri emas.

Aziz Rahmon: Salom hurmatli sayt xodimlari hamda yuzerlar. Hormang Nodirxo'ja. Oilangiz,sogligingiz, kayfiyatlaringiz yaxshimi. Bilasiz salkam shu sayt yulga quyilganidan buyon sizlarning oquvchilaringizdan birimiz. Har doim saytni kuzatib boramiz. Ushbu loyihani amalga oshiranlariz yaxshi bulibdi. Bilasizmi dustim xafa bulmangu saytni nufuzi u yerda berilayotgan maqolalarni sifati oldingiga qaraganda biroz pastlagandek. Negadir oldingi Championatasia yuqolib qolgandek. Ilgarilari yuzerlar bilan onlayn tarzida kuplab loyihalar amalga oshirishlar, faol yuzerlarni ofislarizga taklif etib ular bilan suhbatlar utkazishlar va hokazolar bular edi. Bundan tashqari uzbek futboliga oid tahliliy tanqidiy maqolalar muntazam berilar edi. Taklifim yurtimizda o'z qalamiga ishongan qalami o'tkir jurnalistlar bor. Shular bilan ham ijodiy hamkorlikni yulga quysalaringiz. Ishlaringizga omad. Biz doim goyibona bulsada sizlar bilanmiz.

- Balki shundaydir. To'g'ri, avvalgiga qaraganda sifat tushgandek. CHunki futbol qanday bo'lsa, ijod ham shunday bo'ladi. Avvallari yoshlar va o'smirlar terma jamoamiz muntazam JCHda o'ynab kelayotgan edilar. Jamoalarimiz OCHLda hech bo'lmasa guruhdan chiqardilar. Futzal chempionati bo'lardi. Bularni bari ijod qilishga undardi. Hozir faqat Superliga qolgan va terma jamoa. Tabiiyki bunday paytlarda bo'lar bo'lmas xabar va maqolalar bilan saytni to'ldirishga majbur bo'lamiz. Xullas, Osiyo Kubogi va unga bo'ladigan tayyorgarlik jarayoni saytimiz tomonidan Sizlarga yoqadigan holatda yoritib borilishiga harakat qilamiz.

Hell Reds: Nodirxo'ja Yuldashev UFA da ish boshlaganizdan keyin nima o'zgarishla bo'ldi. Qanaqadir o'zgarishlar, yengilala qildizmi? Manga UFAdagi ishizdan qisqacha gapirib berin?

Buni viloyatdagi murabbiylardan so'raganingiz maqul. O'zimga baho bera olmayman. Lekin viloyatdagilar juda xursand. Ayniqsa Vodiydagi "Oltin vodiy" loyihasi. Vodiyliklar bilan hamkorlikda yoshi katta futbolchilarga qarshi kurash olib borganimiz.

baribir bu biz: Uzbek klublariga 4+1 legionenrlar (aslidaku 95% uyinchilar fakat familiyasi legioner) urniga shet ellik murabbiylarni taklif kilish fikriga kanday karaysiz? Xar xolda kelgan murabbiylarning yarmi futbolchilarimizga biror nima bera olsa, usha legionerlardan kura 1000 karra foydalirok bulardi. 4 ta shet ellikga falon pul tulaguncha, usha pullarga yaxshi murabbiyni bemalol topsa buladi. ILTIMOS FIKRIMNI UFA GA yetkazing,,,

- Qo'shilaman. Bizdagi klublarimizga xorijiy murabbiylar etishmayapti.

gm_buhgalter: savol. fotoapparat ko'z oldingizga kelsa nimalarni o'ylaysiz. sababi adashmasam asl kasbingiz fotograf edi

Asl kasbim fotogrof emas. Bu men uchun xobbi edi va keyin professionallashdi. Ko'rganimda hech nima bo'lmaydi, shunchaki kechagi kunimni hech qachon unutmayman ))

IMRONBEK..RM.. SAVOL VA ILTMOS: Superliga, kubok, MTJ dagi fudbolchilarning to'liq va haqiqatga yaqin statistikalari va eng ko'p o'yin o'tkazgan eng ko'p gol urganlar to'g'rsidagi malumolarni sizlarning saytingizga yortishning imkoni bormi

Bor albatta. Buni xabar tarzida berib boramiz. Lekin maxsus saxifa yo'q.

Valijon Tuychiev: - Assalomu alaykum. savolim Nega Miiliy teima jamoalar atrofidagi xaqiqiy voqealar, faktlar muxlislardan sir tutiladi. xammasi o'tib ketib bo'lgandan so'ng ommaga elon qiladi. ikkinchi savolim. Terma jamoamiz ximoyaviy taktika bilan natijaga erisha oladimi? SHaxsan men ishonmayman. CHunki Osiyoning o'rtamiyona jamoalari xujumkor futbol orqali natijaga erishgan. masalan:Maxdi Alining BAAsi J. Vieyraning Iroqi kabilar

- Va alaykum assalom. Aramov, Qosimov paytida terma jamoamizning mashg'ulotlarida ishtirok etish bemalol edi. Babayan paytiga kelib yopiq eshiklar orasida o'ta boshladi. Lekin Sanjar Rizaev boshchiligida mashg'ulotdan keyin inetrvyular olishimiz mumkin edi. Kuper davriga kelib esa ko'p narsa yana yopildi. Ishoning, OAV topadigan narsani raqib murabbiyi o'yinni boshlanishiga qaraboq bilib oladi. Bu berkitadigan ish emas. To'g'ri, OAV halaqit qilishi kerak emas. Lekin hammasi professional bo'lsa yomon bo'lmasdi. Ikkinchi savolizga kelsam, bizda Marselo, Ramos, Pike kabi o'yinchilar yo'q, agar faqat himoyaga tayanadigan bo'lsak, demoqchimanki, raqib kuchli bo'lsa gol o'tkazib yuboramiz. SHuning uchun o'z o'yinimizni qilganimiz maqul.

Anvar Raximov: - Assalomu alaykum Nodirxo'ja aka. Savolim; sport jurnalistikasi UFA qarorlariga o'zgartirish kirita oladimi? Futbolimizda korrupciya yoki mahalliychilik kuzatilmayaptimi?:

- Ha albatta, aynan shuning uchun ko'plab qarorlar chiqdi. Lekin buni yomon tomoni ham bo'ldi, kerak bo'lmagan takliflar o'rtasida ham o'ylay boshlandi.

Alixon: Assalomualaykum avvalombor qilayotgan ulkan hajmdagi ishlarizga omad va kottakon rahmat. Odinlari sayt o'quvchilari hamda sayt hodimlari qatnashgan holda fudbol o'yinlari tashkil etilardi hozirda ham shu loyiha bormi bor bo'lsa qayerda o'tkazilmoqda oldinlari paxtakor yonidagi suniy maydonda bo'lardi... pflmanager.uz ham ochkolarni sekin hisoblaydi tezroq chiqarishning iloji bormi? Super liganing keyingi bosqichida loyiha davom etmayapdi nega? Shaxsiy fikringiz hozirgi kunda UZBEKISTON termasida eng kuchli hujumchi kim?

- To'g'ri taklif. Harakat qilamiz bu ishni boshlashga yana. PFLmenejerga keladigan bo'lsak, bu yil sifati bo'lmadi. 5 yil avval FIFA.uzni ishga tushirganimizda, ligamiz ham bugungidan kuchliroq edi.

FutbolN1: Salom Nodirxuja,omonmisiz? SA ga yana kaytganizdan xursandman. Uylaymanki yana ilgarigidek saytni gurkirashiga xissangizni kushasiz. Savolim kuyidagicha : Buxoro viloyatiga bolalar futbolini rivojlantirishga safar kilish niyatingiz bormi? Kelib kuzdan kechirsangiz Buxoro viloyatini SHofirkon,Korakul,Jondor,Vobkent va barcha tuman kishloklarida iktidorli bolalar talaygina ekanligiga guvoxiga aylanasiz. Javob un oldindan raxmat. Ishlarizga ulkan rivoj tilab kolaman

- Katta rahmat. Buxoroga safar qilib keldim. Afsuski u erda hali hamon Vice-prezident tayinlanmagan. Bu ko'p tomondan ishni jadal ketishiga tasir qilayapti. Siz aytayotgan gaplarni klub vakillariga ham aytgan edim. Lekin qiziqish bo'lmadi. Bugungi kun natijasi bilan qachongacha yashaymiz, hayronman.

acmilanfan: Assalomu Aalykum. Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ ning Osiyo Kubogidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Bu ko'proq Kuperni terma jamoamizni qanday tayinlay olishiga bog'liq. JCHda Rossiya va Xorvatiya ko'proq tayyor edi. Balki biz ham shunday ishni qila olarmiz. Lekin Suriya va Eronga qarshi kechgan o'yinlar kishini o'ylantirib qo'ydi.

master_class: savol: Avvalroq bolalar futbolini rivojlantirish uchun O'zbekistonni 5 ta minataqaga bo'lib har qaysi mintaqaga chetdan murabbiy javobgar qilib olib kelinadi degan xabarlar chiqqandi shu davom etyaptimi yoki to'xtatildimi?

- Hozircha bu ish amalga oshmay turibdi. Lekin to'xtamagan, xalqaro bo'lim vakillari mutaxassislar bilan muzokara olib borishayapti.

javohir&nasaf&samarqand: Assalomu Alaykum Savolim Nega respublika bo'ylab turnirlar davomiy bo'lib qolmadi? Bu turnirlarni tashkil qilishga kimlar yoki qaysi jihat to'sqinlik qildi

- Ananaviy musobaqalar davom etayapti. Bizdagi muammo boya aytib o'tdim. 

Farrux Sayfiev: Nodirxuja salom mening savolimga shaffoflik bilan javob bersangiz iltimos. Yakinda xar bir viloyatda fudbol akademyalar ochildi mening uglim uz kuchi bilan imtixonlardan utdi lekin xozirda shoroitlari bironta envertarlari yuk akademyani nima deb uylaysiz farzandim juda istedodli bunaka sharoitda bola sinib kolmaydimi.muddoga utsam akademya nomiga ochildimi federatsiya tomondan etibor karatiladimi.

- Hozirgi akademiyalarga keladigan bo'lsam, avvalo farzandingizni o'qishga kirgani bilan tabriklayman. Tizimni yanada sifatli ko'rinish olishi uchun akademiyadagi murabbiylar saviyasini oshirishimiz kerak. Siz aytayotgan inventarlar har bir mashg'ulotga mos bo'lishi kerak. Bunga bosqichma bosqich erishiladi deb o'ylayman. Buning uchun akademiyalar o'rtasidagi musobaqalar ham sifatli bo'lishi kerak. Undan tashqari ularda moliyaviy qiyinchilik bo'lmasligi kerak.

Farruhf. Nodirxo'jaga savol.
Bolalarni boshqa shaharga musobaqaga borib kelish xarajatlarini (yo'l kira, yotoqxona, oziq ovqat) doim ota onalar to'layapti. Bazi o'rtahol ota onalar safar xarajatlariga pul topib berolmayapti. Natijada bolasi o'ta iqtidorli bo'lsa ham musobaqaga borolmay qolib ketayapti. SHu masalaga ham echim izlab ko'rish vaqti kelmadimikan?

Eng og'riqli nuqtamiz! Masalan bu yil juda ko'p musobaqalar o'tkazdik. 2 oycha avval O'FA Vice-prezidentiga Respublika musobaqasini 5ta yosh toifasini Toshkentda qabul qilish va 2001 hamda 2004 yillarda tavallud topgan jamoalarni harajatini ko'tarishni aytdim. Mana U-17 Musobaqasi juda yuqori sharoitda o'tdi va bundan hamma xursand bo'ldi. Sizni savolingizga kelsak, viloyatlarda asosan BO'SMlar faoliyat yuritadi. Hududiy ligalarni mavjud emasligi natijasida ular faqat kuboklarda qatnashib kelishayapti. Bu harajat talab qiladi. CHunki boradigan joyingizda kamida 5-6 "sutka" tunab qolishingiz kerak bo'ladi. Bularning bari harajat. Agar biz vazirlik va O'FA o'rtasida kelishgan holda BO'SMlarni rivojlantirib olsak, viloyat associaciyalarini moliyasini to'g'irlab har bir viloyatda muqim chempionatni yo'lga qo'yib olsak shunda ortiqcha harajatlar bo'lmaydi.

18-Sektor AND. Raxmat sizlarga CHempionat aziya xodimlari #1 sizlar shunafangi uchrashuvlardan ko'proq tashkil qililar Nodirxo'ja Yuldashevga omad tilemiz

Rahmat! Menimcha bu loyiha davomiy bo'lad va Siz aytganingizdek ko'proq tashkil qilinishi uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. Faqat o'z ofisimizda emas, balki bizning xodimlar safarlarga chiqib ham shu loyihani davom ettirishlari mumkin bo'ladi. Bu bilan biz futbol va o'quvchi o'rtasida ko'prik bo'lamiz deb o'ylayman.

Nosirjon Marasulov. Assolomu alekum.savolim. Nega hardoim loyhalaringiz boshida juda yaxshi yoritilib zor loyihadek korinadida lekin vaqt otgan sari malumot deyarli berilme qoyadi bardavomlik yoqdek

- To'g'ri, bu bizning kamchiligimiz. Bu borada ishlashimiz kerak. Har bir loyiha kamida 6 oy davom etishi kerak. Masalan, o'zimni "Kecha, bugun, ertaga" loyiham. Bu loyiha ancha tilga tushgandi, futbol olamida o'z o'rniga ega shaxslar bilan kechagi va bugungi kuni, kelajakdagi rejalari haqida gaplashar edik. Nasib qilsa shu loyihani yana davom ettiraman. Undan tashqari, "Penalti" ham yomon loyiha bo'lmagan edi. Faqat SHahbozning "Goli" ofsaydda qolib ketdi. "Kichkina kamera", suratli fotomaqolalar esa davom etayapti. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика