So’nggi yangiliklar

14:58"Барселона" собиқ дарвозабони "Арсенал"га ўтмоқда  0 14:38Англия термаси ҳужумчиси "Челси" ва МЮ таклифини рад этиб, Саудия Арабистонига йўл олмоқда  0 13:58"Рома" машғулотида тўполон: мураббий ва футболчи катта жанжал келтириб чиқарди  2 13:28Ана холос! "Ланс" етакчиси "Рома"да тиббий кўрикдан ўтолмади  0 13:00КХДР Ўзбекистонга қандай таркиб билан келаётгани маълум  8 12:40Ҳусниддин Нишонов: "Терма жамоадаги муҳит ва кайфият аъло даражада. Мундиалга тайёргарлик яхши кетмоқда"  0 12:12Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Иордания билан навбатдаги ўртоқлик ўйинида майдонга тушди  0 11:55"GOAT" машғулотларга қайтди. У қачон майдонга тушиши маълум  30 11:37"Камтар" Роналду ўзини дунёдаги энг машҳур инсон деб атади  19 11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0 10:42Янгиланган EЧЛ ғолиби қанча пул ишлаб олиши маълум  16 10:10Хосе Венансио Лопес: "Португалиядаги йиғинда биз Европа терма жамоалари билан даражамиз қанчалик фарқ қилишини билиб олдик. Мундиалда реалист бўлишимиз ва имкониятларимизни тўғри баҳолашимиз керак"  4 09:50"Арсенал" яна бир юлдуз футболчи билан шартнома тузмоқчи  3 09:23«Барселона» «Nike» сабабли Нико Уильямс ва Рафаэл Леау билан шартнома туза олмади. Нега?  3 08:54Гвардиола "Ман Сити" xодимларига катта миқдорда пул совға қилди  1

Nodirxo'ja Yuldashev: "Bayram muborak, aziz ustozlar!" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Bayram muborak, aziz ustozlar!"

Har doim aytib kelganman, ustozlar bo'yicha omadim chopgan. Eng yaxshi ustozlar qo'l ostida hayotga qadam qo'ydim va faoliyat olib borib kelyapman.

Ustozlarim ko'p, agar bu ro'yxatdan kimdir tushib qolgan bo'lsa ming bor uzr so'rayman. Bugun ularni taktik uslubda yod olaman va tabriklayman!


Murabbiy: Bobom, Zabixullo ota.

Men ilk marta 1997 yil Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston - Qozog'iston milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga olib borgan inson bu - bobom Zabixullo ota! 7 nafar farzandni oq yuvib, oq taradilar. Urushda akalarini yo'qotdilar. Qiyinchilikda katta bo'ldilar. Zabixullo aka, keling siz mashinaga qiziqmaysiz-ku, bering shu mashinani, mening navbatimda olarsiz deb yap-yangi "Moskvich"ni bepul berib yuborgan halol inson edilar. 1997 yil 25 noyabr kuni, kechagidek esimda. Uyimiz CUM magazinining oldida, tepalik. Mahalla raisi 2ta chipta bergan. Bobom men va ukamni olib stadion tomon yo'lga tushdik. SHu pallada, tepalikdan yiqilib tushdilar. 10 yosh bola emasmanmi, bobom turib kiyimlarini qoqsalar, xayolimdan endi futbolga bormasak kerak degan fikr o'tdi, yo'q futbolga bordik. O'zbekiston qo'shnilarimizni 4:0 hisobida mag'lubiyaga uchratdi. Birinchi marotaba "Paxtakor" markaziy stadioniga kirishim edi.

Darvozabon: Buvim, Mahfuza aya.

Buvim 4 o'g'il, 3 qizni katta qildilar. Qiz tomondan katta nabira bo'lganim uchun meni boshqacha parvarish qilganlar. Katta tog'alarim allaqachon uy-joy qilib chiqib ketishgan. Uydagi yolg'iz nabira ko'p hollarda men bo'lardim. 110-maktabda ancha yil xizmat qildilar. 1999 yil meni ham shu maktabga ko'chirdilar. Futbol desa tomdan tashlashimni bilardilar. Dars qilganimdan keyin stadionga borishga ruxsat berardilar. Bobom esa kichkina bog'imizdagi tomorqani parvarish qilib bersam chiptaga pul berardilar. 2014 yil buvim fevral oyida vafot etdilar, men esa iyul oyida qiz farzandli bo'ldim va ikkilanmay kenjamga Mahfuzaxon ismini berdim.

Nozimxo'ja va Dilfuzaxon.

Vatan va ota-ona tanlanmaydi! Agar yana qayta tug'ilish imkoni bo'lganimda, ikkilanmay shu oilamni tanlayman, bundan boshqasi bo'lishi mumkin emas.
Otam - zavodda oddiy ishchi. Aviazavodimiz 1996-yillarga kelib orqaga keta boshladi. Onam - o'qituvchi. 2000-yillarda o'qituvchilarning maoshi juda past. Otam 8-9 oylab maosh olmaydilar. 4 nafar farzandmiz. Kenjamiz hali 4 yosh emasmi, vaziyat qandayligini bilmaydi-ku, yana bugun mastavami deb savol berardi. Yaxshi ham otamning akalari ko'p yordam qilgan. Xullas qiyin davrlar. Bir kuni onam shkaflarni ochib tanga qidiryaptilar. Nonga pul etmayotgan edi. Yig'lagim keldi. Qo'limdan hech nima kelmaydi. SHunday vaziyatda 4 nafar farzand ham universitetga kirishi uchun sharoit qilishdi. Barchamiz o'z bilimimiz bilan o'qishga kirdik. Uchinchimiz o'qishga kirganida men ishlab oyoqqa tura boshladik. Mana shunday qiyin pallada farzandlarini ko'chaga pul topgani chiqarib yubormay, sabr qilib o'qitgan ota-onam, hayotdagi eng katta ustozlarim!

Muqaddam va Gulnora opa!

1993 yil 287-maktabning, 1-"G" sinfiga chiqdim. Ustozimni o'sha kuni ko'rdim, Muqaddam opa! Maktabda qitmirchilik odatim yo'q emasdi. SHunga rosa gap eshitardim. Boshqa sinflarda boshlang'ich talimdan keyin sinf rahbari o'zgarsa, Muqaddam opaning bizga mehri shunchalik baland ediki, 6-sinfgacha o'zlari o'qitganlar. 1999 yil buvimning istaklari bilan 110-maktabning 7-"J" sinfiga qabul qilindim. Sinf rahbarimiz informatika fanidan dars berardilar. 2000 yil Ukrainaning o'sha paytdagi Prezidenti Leonid Kuchma Islom Abdug'anievich bilan maktabimizga tashrif buyurib, 10ta zamonaviy kompyuter sovg'a qiladi. O'shanda maqtanib yurardik, bizda sichqonli kompyuter bor deb. Boshqa maktablarda "Provec 8"dan foydalanar edilar. 7-sinfdan qo'lim klaviaturaga tushgan, shuning uchun ham keyinchalik internet jurnalistikasida katta bir loyihaning muvaffaqiyat qozonishida xizmat qila oldim. Buning uchun ikki ustozimga ham rahmat!


Anvar Ilyosov

Bu odamni o'zbek sport fotogrofiyasining metri deb ayta olaman. Bunga shubham yo'q. 2006 yil ustoz bilan tanishdim, 2008 yil Nikon D3 apparatlarini menga berdilar. Bu apparat bilan fotojurnalistikada ozmi-ko'p mehnat qildim. Yaxshi inson, saxiy va o'z maslahatini hech qachon ayamaydigan ustoz bilan Osiyo o'yinlari va Jahon chempionatida birga ishladim.


Baxtiyor SHirinov va Ulug'bek Mirzaev

2003 yil "Kamolot" qoshida "Bunyodkor" yoshlar klubi faoliyat yuritardi. O'sha erda "Paxtakor" jamoasining OCHL matbuot anjumanlari tashkil qilinardi. Bu ikki inson klubning juda ko'p ishlarini birgalikda bajarar edilar. 2004 yil Universitetga kirganimdan keyin birinchi qilgan ishim "Paxtakor" matbuot xizmatiga amaliyotga borish bo'lgan. 2006 yil sport.myp.uz portali ochiladi. Hozirgidek texnika rivojlanmagan. O'yinlardan keyin O'FFga borib kechgacha o'yin qaydnomalarini yozib keyin saytga qo'yardim. O'shanda Baxtiyor va Ulug'bek akamgilar natijalarni yozib o'tirardilar. Keyin jurnalistikaning sir-asrorlarini o'rgatishdi. Mana oradan 15 yil o'tibdiki, hamon aka-ukadekmiz.


Mirzahakim To'xtamirzaev

Ustoz bilan 2006 yil "Paxtakor"da, "Paxtakor Online" haftalik gazetasini chiqarish jarayonida tanishganmiz. Ular gazetaning bosh muharriri, men amaliyotchi. SHu kungacha faqat TVda ko'rgan mashhur inson bilan yonma-yon o'tirishning o'ziga yarasha salobati bor. 2008 yil 3 yil bir xonada, bir bo'limda faoliyat olib bordik. Paytida yoshlik qilib hafa qilganman, uzr ham so'raganman. Ular menga hayot yo'lini ko'rsatdilar, buni qarang, oradan yillar o'tib ularning farzandi menga shogird bo'lib keldi.

Kamoliddin Alimov

2007 yil Norbek aka Niyozovning taklifiga ko'ra "Yoshlar" radiokanaliga keldim. Bu erda Kamoliddin Alimov o'zining shonli davrini o'tkazayotgan edi. Uning kanaldagi "Spartak SHOU" loyihasini butun Respublika tinglardi desam adashmayman. "Million"dagi Mirkomil aka bilan birga ularning qo'l ostida faoliyat olib bordik. Keyinchalik yo'limiz saytda kesishdi. Bugun "Olamsport.com" saytini birga rivojlantiryapmiz.


Oybek Kasimov

Bugun Sport vazirining birinchi o'rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Oybek Omilovich bilan 2007 yil tanishganmiz. 2010 yil Toshkent shahar futbol federaciyasiga rahbar etib tayinlandilar va meni ommaviy futbol bo'limiga qabul qildilar. Bolalar futboliga kirib kelishimga shu lavozim ham sabab bo'ldi. Bu insonni hayotdagi ustoz deb bilaman. Qanchadan-qancha qing'irliklarni ko'rsalar-da, sabr bilan engadilar, meni ham shunga o'rgatdilar. U kishini Mirabror Usmonovning shogirdi sifatida ustozga bo'lgan munosabat qanday bo'lishi kerakligini o'rgandim.

Yana juda ko'plab ustozlarim bor. Hayotda uning yoshi mendan kichkina yoki katta farqi yo'q, bironta yangilik o'rgatsa, men u kishini o'zim uchun ustoz deb bilaman. Ustozlarimni yana bir bor tabriklayman va biz ham ulardek, qadrli ustoz bo'lib yurish uchun ustozlarimizning duolarini olib yuraylik.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика